Mundarija:
Kirish………………………………….
KIRISH
Ma’lumki, tilning lug’at tarkibi yasama so’zlar, shevalardan so’z olish ( ichki tomondan ), boshqa tillardan so’z qabul qilish ( tashqi tomondan ) orqali kengayib boradi. Demak, so’z yasalishi lug’atni boyituvchi manbalardan biri sanaladi. Mustaqil so’z turkumlarining deyarli hammasida ( son turkumidan boshqa ) yasalish jarayoni kechadi. Bu turkumlar orasida yasama otlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ot turkumi o’rta maktabning 6-sinfida o’tilib, o’quv soatlarining katta qismi bu turkumga ajratilgan.O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimovning “Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishida “…o‘quv jarayoniga yangi kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oily ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish” ko‘zda tutilgan.
I.Badiiy nutqda yasama otlarning qo’llanishi haqida umumiy ma’lumot.
Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).
Birinchi o’rinda o’zbek tiliga bu tushunchaning qanday yuzaga kelganligi uning qanday vazifalarni bajarishiga to’xtaladigan bo’lsak; o’zbek tilida so’zlarning bir qancha tushunchalrni ifodalashi natijasida yuzaga kelgan birlik desak ham mubolag’a bo’lmaydi.
Natijada so’zlarni o’rganishda ikki tushuncha yuzaga keladi, ya’ni so’zlarda o’z ma’nodan tashqari unga betaraf bo’lsa ham, uning uslubiy ma’no ifodalaydigan shakli matnda mavjud bo’ladi.
Yasama otlarhaqida tilshunos olimlarning fikri va qarashlari:
Soz yasovchi affikslar ozbek tilida asosan suffiks tarzida qollanib, soz ozagidan song qoshilib keladi. Ba’zan bunday affikslar ozak oldiga prefiks tarzida qoshilib, yangi ma’nodagi soz yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, begaraz, noorin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.
Ozbek tilida soz yasovchi affikslardan tashqari, oz xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi soz-affikslar ham mavjud. Bunday soz-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli soz yoki soz shakllarining qoshiluvi, birikuvi orqali yangi soz yasash kompozitsiya usuli bilan soz yasash deyiladi. Bu usul bilan qoshma, ayrim juft sozlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixoroz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zor-bazo`r, ketma-ket va b.
"So‘z yasalishi” – sof nutqiy hodisa, nutqiy jarayon. U derivatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq uning lisoniy asosi bor. Shu sababli lison va nutqqa birday daxldor.
So‘z yasalishi lingvistik termin sifatida ikki ma’noli: a) so‘z yasash jarayoni atamasi;
b) ushbu jarayonni o‘rganuvchi soha.
So‘z yasash deganda qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilish tushunilavermaydi. Masalan, so‘z yangi ma’no kasb etishi natijasida yangi so‘z paydo bo‘lishi mumkin. Deylik, [ishbilarmon] so‘zi yangi ma’no kasb etdi. Biroq bu yerda yangi so‘z yasalishi yo‘q.. Demak, so‘z yasalishi, yasama va yangi ma’no kasb etgan so‘zlarning leksemalashuvi hodisasini farqlash lozim.
Kurs ishining maqsadi: Soʻz yasalishi derivatsiyasini ilmiy-nazariy manbalar asosida o’rganish va qiyoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: |