e-qaror.gov.uz
12.05.2022
1
2021 - yil 19 - iyul
45-9-125-Q/21
Mirzaobod
tuman hokimligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyuldagi “Respublikada
mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni
qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi PQ-5178-sonli qarori hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2021
yil 15 iyuldagi 41-9-0-Q/21-sonli qarori ijrosini ta’minlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyuldagi “Respublikada
mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab -
quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5178-sonli
qarori hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2021 yil 15 iyuldagi 41-9-0-Q/21-sonli
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimyat toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyuldagi
“Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta
ishlashni qoʻllab - quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PQ-5178-sonli qarori hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2021 yil 15 iyuldagi
41-9-0-Q/21-sonli qarori raxbarlik ijro uchun qabul qilinsin.
2. Ijrosini ta’minlashda Prezident qarori bilan:
a) 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar: har yili
etishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming. soʻm
miqdorida xonadonlarda pilla etishtiruvchi jismoniy shaxslarga respublika byudjeti
e-qaror.gov.uz
12.05.2022
2
hisobidan
subsidiya ajratilishi;
tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllanilanilishi;
b) oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratilgan
mablagʻlar jun yoʻnalishidagi qoʻylarni, shuningdek, qoʻlda
jun yigirish, ipak
matolari, gilam va kiygiz toʻqish uskunalarini sotib olishga ham yoʻnaltirilishi;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi
“Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandida
nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibi, istisno tariqasida, qoʻlda jun yigiruvchi,
gilam va kigiz toʻquvchi hamda qoʻy va echki terilaridan tayyor mahsulotlarni
ishlab chiqaruvchi hunarmandlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilanganligi;
Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasini Ipakchilik va jun
sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (bundan buyon-Qoʻmita)
deb qayta nomlanishi;
Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasini “Yaylov xoʻjaligini
rivojlantirish” uyushmasi (bundan buyon-Uyushma) deb qayta nomlash
toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullanganligi;
2022 yil 1 yanvardan boshlab: qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan
etishtirilib, eksportga sotilgan har bir dona qorakoʻl va qorakoʻlcha terilari uchun;
etishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun Davlat
byudjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya Qoʻmita
tomonidan berilishi
belgilanganligi;
2022 yildan boshlab byudjet parametrlarini shakllantirishda tegishli
mablagʻlarning Qoʻmitaga ajratib borilishini ta’minlash topshirilganligi nazarda
tutilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi
“Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha
chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarori bilan Moliya vazirligi tomonidan
qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 200 mlrd. soʻm mablagʻ
ajratilganligi;
2022 yilda etishtiriladigan pilla (tirik pilla) xarid narxini 10 foizga oshirish
toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.