Zog’ora baliq ayrim jinsli;urg’ochilarining jinsiy organlari tana bo’shlig’ida joy-lashgan yirik tuxumdondan iborat.Unda tuxum hujayralari yetiladi.Erkaklarida esa bir juft uzun urug’donlar bo’ladi.Urchish davrida urug’donlar quyuq oq suyuqlik –”sut” bilan to’ladi.”Sut” tarkibida millionlab urug’ hujayralari (spermotozoidlar) bo’ladi.
Tuxum qo’yishi
Jinsiy hujayralarning yetila boshlashi bilan baliqlarda ko’payish instinkti paydo bo’ladi.(64-rasm).Instinkt ularni tuxum qo’yish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga undaydi.Ba’zi baliqlar suv havzalarining oq-maydigan joylarini,boshqalari esa suvi oqib turadigan joylarni tanlaydi. O’tkinchi baliqlardan ba’zilari chuchuk suv havzalaridan dengizga,boshqa lari,aksincha,dengizdan chuchuk suv havzalariga ko’chadi.Ayrim o’tkinchi baliqlar,masalan,Uzoq Sharq losossimonlaridan keta va bukri baliq uvul-diriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o’tadi.Ugor balig’i Yevropa daryolaridan minglab kilometr uzoqda joylashgan Atlantika oke-anining Sargass dengiziga borib tuxum qo’yadi.Zog’ora baliq suv havza-larining tinch oqadigan sayoz joylariga,suvomborlari va ko’llarga tuxum qo’yadi.Urg’ochi baliq suv o’simliklari ustiga uvildiriq tashlaydi.Erkagi esa tuxumlar ustiga o’zining “suti” sepib ketadi.”Sut”dagi spermatozoidlar tuxum hujayralarini urug’lantiradi.
Rivojlanishi
Zog’ora baliqning urug’langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda 4-6 kun ichida juda mayda baliqchalar (chavoqlar) rivojlanib chiqadi.Chavoqlar dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar,keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi.Yilning oxiriga kelib,ularning uzunligi 5-10 santimetrga yetadi.
Naslga g’amxo’rlik qilish
Zog’ora baliqning nasliga g’amxo’rlik qilishi tuxum qo’yish uchun joy tanlashdan iborat.Tuxum qo’ygan baliq bu joyni tark etadi.Nasli to’g’risi-da g’amxo’rlik qilmaydigan baliqlar,odatda,juda ko’p tuxum qo’yadi.Masa lan,okun 300.000 gacha,treska bir necha million tuxum qo’yadi.Chunki tuxumlari va lichinkalarining juda ko’p qismi oshqa hayvonlarga yem bo’ladi.
Ayrim baliqlarning nasli to’g’risida ga’mxo’rlik qilish instinkti kuchli ri-vojlangan.Chuchuk suv tikanbalig’ining erkagi urchish davrida suv o’tlari-ni so’lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan yopishtirib,urg’ochilari uchun qulay uya yasaydi.Bu uyaga bir necha urg’ochi baliq tuxum qo’yadi. Erkak baliqlar uyaga qo’yilgan tuxumlarni urug’lantiradi va tuxumdan chiqqan baliqchalarni mustaqil oziqlana oladigan bo’lguncha himoya qili-shadi (65-rasm).Dengiz otchasi erkaklari tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi.Afrika tilyapiya balig’ining erkaklari urg’ochilari tashlagan tuxumlarni og’iz bo’shlig’ida olib yuradi.Biror xavf tug’ulgudek bo’lsa,hatto yosh baliqchalari ham erkak baliqning og’ziga kirib yashirinib oladi.
O’tilgan mavzu bo’yicha mustahkamlash
1.Baliqlarning jinsiy hujayralari qayerda yetiladi ?
2.Baliqlarning ko’payish instinkti qanday namoyon bo’ladi ?
5.Naslga ko’p g’amxo’rlik qilish qanday namoyon bo’ladi ?
6.Naslga kam g’amxo’rlik qilish nimadan iborat ?
3.Baliqlar tuxumi qnaday urug’lanadi ?
4.O’tkinchi baliqlarda ko’payish instinkti qanday namoyon bo’ladi ?