VARIANT N_11
1. Qaysi organlar embrionning mezodenna qavatidan rivojlanmagan?
A) jigar, sezgi organlari
B) tog'ay, suyak
C) qon, limfa
D) ayirish, jinsiy organlar
2. Urug'langan tuxum hujayra maydalanishi natijasida hosil bo'ladigan hujayralar qanday ataladi?
A) blastomera B) blastula
C) gastrula D) zigota
3. Mitoxondriya kristalarida nima joylashgan?
A) fermentlar B) ribosomalar
C) DNK D) sentrosomalar
4. Krossingover jarayoni meyozning qaysi fazasida amalga oshadi?
A) profaza I B) profaza II
C) metafaza I D) metafaza II
5. Qaysi o'simlik ajratuvchi kurtaklar yordamida ko'payadi?
A) elodeya B) molodilo
C) binafsha D) shoyigul
6. Quyidagi o'simliklarni ko'payish usullari bo'yicha juftlab ko'rsating.
1) xilol; 2) molodilo; 3) elodeya; 4) g'umay;
a) ildizpoya; b) ajratuvchi kurtaklar; c) novda;
d) piyozbosh
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-a
7. Akrosoma qaysi hujayraning xususiy organoidi hisoblanadi?
A) tuxum hujayra B) spermatozoid
C) nostok D) bakteriya
8. Quyidagilardan qaysilari shakllangan spermatozoid tarkibiga kiradi?
1) yadro; 2) lizosoma; 3) akrosoma; 4) ribosoma; 5) mitoxondriya; 6) sentriol; 7) golji majmuasi
A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 1, 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6
9. Telofaza I bilan profaza II orasidagi hodisaga nima deyiladi?
A) ovogenez B) interkinez
C) kariokinez D) sitokinez
10. Gomologik xromosomalarning bir-biriga yopishib yonma-yon joylashish hodisasi nima deyiladi?
A) konyugatsiya B) krossingover
C) gomologiya D) avtomatiya
11. Hujayra bo'linishining qaysi bosqichida bo'linish urchug'i sentromeraga birikadi?
A) profaza B) anafaza
C) metafaza D) telofaza
12. Meyozning qaysi bosqichida gomologik xromosomalarning yelkalaxi bir-biridan aniq ajraladi, lekin xromatidlarga ajralmagan holda qutblarga tarqaladi?
A) profaza I B) anafaza I
C) anafaza II D) telofaza I
13. Gulli o'simlikaraing rivojlanish jarayonini tushunish va o'rganish uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan kashfiyotlarni aniqlang.
A) qo'sh urug'lanish, endospermaning triploidligi
B) fotosintez, qo'sh urug'lanish
C) xemosintez, fotosintez
D) fotoperiodizm, qo'sh urug'lanish
14. Noto'g'ri fikrni toping.
A) Maydalanish ko'p hujayrali embrion — blastulaning bosil bo'hshi bilan tugallanadi.
B) Umurtqali hayvonlaming hammasida embrion varaqlar bir-biriga o'xshamaydi.
C) Mezoderma ekto- va endodermaning o'rtasida joylasbadi.
D) Umurtqali hayvonlaming hammasida murtak varaqlari bir-birga o'xshaydi.
15. Qaysi organizmlarda gastrulyatsiya hujayralarning migratsiyasi natijasida hosil bo'ladi?
A) lansetnik
B) amfibiyalar
C) kovakichlilar
D) qushlar, sudrahb yuruvchilar
16. Lansetnikda gastrula qanday hosil bo'ladi?
A) blastula devorining ichkariga botib kirishi hisobiga
B) blastida devorining qat-qat bo'lib joylashishi natijasida
C) blastula hujayralarining migratsiyasi natijasida
D) blastula devorining bo'rtib chiqishi hisobiga
17. Qaysi organizmlarda gastrulyatsiya blastula devorining qat-qat bo'lib joylashishi natijasida hosil bo'ladi?
A) lansetnik
B) amfibiyalar
C) kovakichlilar
D) qushlar, sudralib yuruvchilar
18. Akseleratsiya so'zining ma'nosi nima?
A) o'sish B) rivojlanish
C) jadallashish D) o'zgarish
19. DNK replikatsiyasi hujayra siklining qaysi davrida kuzatiladi?
A) interfazaning sintezdan oldingi davrida
B) interfazaning sintezdan keyingi davrida
C) interfazaning sintez davrida
D) mitozning profaza davrida
20. DNK replikatsiyasi hujayralarning qaysi bo'linishlari oldidan kuzatiladi?
A) mitoz, meyoz B) faqat mitoz
C) faqat meyoz D) interkinez, meyoz
21. Spora ichida hujayra qaysi usul bilan bo'linadi?
A) meyoz B) mitoz
C) kopulyatsiya D) shizogoniya
22. Spermatozoidning qaysi qismida hujayra markazi va mitoxondriya joylashgan?
A) bo'yin B) bosh C) dum D) akrosoma
23. Ovogenez nima?
A) urug' hujayraning rivojlanishi
B) ko'payishning turi
C) ontogenezning turi
D) tuxum hujayraning rivojlanishi
24. Bargi va ildiz tugunaklari yordamida ko'payadigan o'simlikni ko'rsating.
A) gulsafsar B) terak
C) begoniya D) binafsha
25. Qaysi o'simlik qalamchalar va ildiz bachkilari yordamida ko'payadi?
A) gulsafsar B) terak
C) begoniya D) binafsha
26. Embrional rivojlanish davri tugagandan keyin bo'finmaydigan (I), butun umri davomida bo'linib ko'payadigan (II) hujayralarni aniqlang. a) suyak iligi; b) nerv; c) epidermis; d) ichak epiteliysi; e) eritrotsitlar
A) I a,b; II c, d, e B) I a,c,d; II b,e
C) Ia,b,c; II d, e D) I b, e; II a, c,d
27. Mitozning qaysi bosqichida har bir xromosomaning xromatidalari bir-biridan itarilib, faqat birlamchi belbog' bilangina birikkan bo’ladi?
A) metafaza B) profaza
C) anafaza D) telofaza
28. Mitozning qaysi bosqichida xromosomaning xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog' uziladi, xromatidalari mustaqil xromosomaga aylanadi?
A) profaza B) anafaza
C) telofaza D) metafaza
29. Hayoti davomida tinmasdan bo'linish xususiyatiga ega hujayralarni aniqlang.
A) suyak iligi, epidermis B) nerv, muskul
C) nerv, epidermis D) teri, muskul
30. Hujayraning bo'linishga tayyorgarlik davri qanday nomlanadi?
A) hayot sikli B) mitotik sikl
C) interfaza D) sitokinez
P