Surxondaryo viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining 2022-2026 yillarda professional taʼlimi tizimini rivojlantirish konsepsiyaSI


i) davlat-xususiy sheriklik asosida professional taʼlim tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga professional taʼlimi tizimida raqobat muhitini kengaytirish



Download 41,82 Kb.
bet11/11
Sana06.03.2022
Hajmi41,82 Kb.
#483692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5265140690941122523

i) davlat-xususiy sheriklik asosida professional taʼlim tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga professional taʼlimi tizimida raqobat muhitini kengaytirish:

professional taʼlimi sohasida davlat-xususiy sheriklikning yangi turlarini joriy etish;к) ёшлар таълим-тарбияси учун қўшимча шароитлар яратишга қаратилган комплекс чора-тадбирларни ўз ичига олган бешта ташаббусни амалиётга татбиқ этиш:


yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish;
yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish;
yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish;
o‘quvchi-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish.


4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
1. Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali viloyat professional taʼlimi tizimini 2027 yilgacha rivojlantirishda quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi:
professional taʼlim jarayonini sifatli tashkil qilishga taʼsir qiluvchi bino inshootlari infrastrukturasi, pedagogik va moddiy texnik taʼminot yaxshilanadi, xom ashyo, yoqilg‘i moylash materiallari va o‘quv-meʼyoriy hujjatlar, yangi adabiyot va darsliklar, qo‘llanmalar taʼminoti yaxshilanadi;
professional taʼlim muassasalarda mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimi shakllanadi;
taʼlim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘lami kengayadi;
taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va yangi pedagogik shakllar va usullarni joriy qilinadi;
nodavlat taʼlim sektori uzluksiz davlat taʼlim tizimi bilan samarali integratsiyalashadi;
taʼlim muassasasini zamonaviy moddiy-texnika bazasi shakllanadi, taʼlim oluvchilarga nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar berish, ularda umumtaʼlim va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, bilish qobiliyatini va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli jarayon tashkil etiladi;
taʼlim beruvchi bilan taʼlim oluvchi o‘rtasidagi berilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan va belgilangan natijaga olib keluvchi o‘zaro taʼsir jarayonlari optimallashadi;
pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning bilim, ko‘nikma hamda malakalar sistemalarini ongli ravishda va puxta o‘zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmui yaxlitlanadi;
o‘kuvchilarga bilimlar berish, ularda ko‘nikmalar va malakalar hosil kilish, yangi xaqiqatlarni ocha olish, ijodiy, mantikiy tafakkurni tarbiyalash jarayoni oshadi;
o‘quvchilarga inson hayot-faoliyati sifatini oshirish va aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan, aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmui singdiriladi;
professional taʼlim muassasalari modernizatsiya qilinadi, zamonaviy, ilg‘or, yangilangan, obektning yangi talablar va meʼyorlar, texnik ko‘rsatmalar, sifat ko‘rsatgichlariga mos ravishda yangilanadi;
har bir shaxsning to‘laqonli taʼlim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi va taʼlim olishning ochiqligi taʼminlanadi, taʼlim tizimida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishiladi;
yangi taʼlim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish asosida taʼlim tizimida samarali meʼyoriy-huquqiy va tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlari shakllantiriladi;
taʼlim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga muvofiq taʼlim jarayoni ishtirokchilari – o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar va taʼlim muassasalarining roli oshiriladi;
davlat va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi negizida professional taʼlim tizimi xodimlarining ijtimoiy maqomi va kasbiy kompetentligi rivojlantiriladi, o‘qituvchilarga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida o‘qituvchilar uchun belgilangan huquqlar va majburiyatlar, shu jumladan mehnat huquqlari, ijtimoiy kafolatlar, kompensatsiyalar, cheklovlar va javobgarliklari oshiriladi;
professional taʼlim muassasalari o‘qituvchi pedagoglarining uzluksiz taʼlim tizimidagi pedagogik faoliyati davomida keng jamoatchilik o‘rtasida ega bo‘lgan eʼtibori, nufuzi, mavqei oshiriladi;
professional taʼlim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy mahorat darajasi kasbiy talablarning muayyan darajasiga oshiriladi;
professional taʼlim muassasalari o‘quvchilarining maxsus tayyorgarlik va amaliy tajribasi bilan erishilgan zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlantiriladi;
professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilim, ko‘nikma va amaliy tajriba asosida kasbiga yaqin faoliyat turlarining ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan masalalarni yechishda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish qobiliyatiga ega bo‘ladi;
professional taʼlim muassasalarida o‘qitishning dual tizimiga o‘tiladi – taʼlimning nazariy qismi taʼlim muassasasida va amaliy qismi ish joylarida tashkil etiladigan o‘qitish turi joriy etiladi;
professional taʼlimi tizimining mavqei oshadi, xalqaro regionda raqobat qila oladigan professional mutaxassislar tayyorlash tizimi yaratiladi.
Download 41,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish