a) professional taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash:
professional taʼlim muassasalarini taʼlimning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, mutaxassilik fanlarning o‘qitilishiga alohida eʼtibor qaratish;
professional taʼlim berishning zamonaviy nazariyalarini o‘zlashtirishni, pedagogik psixologiyani tushunish, taʼlim berishga kompetentlik hamda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashni ko‘zda tutgan holda pedagoglarni o‘z vaqtida malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlariga jalb etib borish;
o‘qituvchi pedagoglar uchun pedagogik faoliyatga moyillik va ijodkorlik qobiliyatlarini aniqlab baholab borish va moddiy rag‘batlantirib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
professional taʼlim muassasalarida o‘qituvchilarning sifat tarkibini, xususan magistrlik darajasiga ega bo‘lgan toifali va ilmiy darajali pedagoglar sonini bosqichma-bosqich oshirish;
professional taʼlimi tizimi uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, ularning tajribasini oshirish tizimini, shu jumladan professional taʼlim sohasiga yosh kadrlar kirib kelishini rag‘batlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
chekka hududlarda joylashgan, o‘quvchilar soni kam bo‘lgan professional taʼlim muassasalarini tuman, shahar markazlariga ko‘chirish, o‘quvchi yoshlarga qo‘shimcha yangi ixtisosliklar va mutaxassiliklarni o‘zlashtirishga imkon beradigan taʼlim infratuzilmasini shakllantirish;
professional taʼlimi sohasida rahbar kadrlar tayyorlash bo‘yicha standartlashtirilgan dastur ishlab chiqish hamda «Professional taʼlimi sohasida boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish va uni tugatib, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha tinglovchilarga taʼlim muassasalari rahbarlari lavozimlarini egallash imkonini beruvchi uch yil muddatli maxsus sertifikat berish tizimini yaratish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritish;
professional taʼlim muassasalari rahbar xodimlari lavozimiga nomzodlar o‘rtasida tanlov asosida saralash amaliyotini joriy qilish va ularni rag‘batlantirishni kuchaytirish;
professional taʼlim muassasalari pedagoglarining masofadan malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirish, o‘z vaqtida malaka oshirmagan va qayta tayyorlovdan o‘tmagan pedagoglarni navbatdagi o‘quv yilidan dars soatlari bilan taʼminlamaslik choralarini ko‘rish;
professional taʼlim muassasalarining sirtqi va kechki taʼlim yo‘nalishlari uchun qabul kvotalarini oshirish, sertifikatlarga ega bo‘lmagan ish bilan band bo‘lgan abituriyentlar uchun imtiyozli qabul kvotalarini belgilash mexanizmini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
professional taʼlim muassasalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, texnik ijodkorlik va innovatsion tashabbuskorlik ishlarini joriy etish;
Worldskills standartlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish, Worldskills standartlariga muvofiq baholash tartibini bosqichma-bosqich joriy qilib borish, “Worldskills Uzbekistan” musoboqalariga o‘quvchilar ishtirokini taʼminlash;
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida taʼlim olayotgan o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘qitishini davom ettirish va ular safini oshirib borish;
professional taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyalashgan Germaniya tajribasiga asoslangan o‘qitishning dual tizimiga o‘tish, kasbiy maktabdagi o‘qish korxonalardagi o‘qish bilan bir vaqtni o‘zida o‘tkazilishini taʼminlash;
har qanday sharoitda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradigan pandemiya singari epidemik holatlarga tayyor turgan holda taʼlim tizimini masofaviy onlayn va anʼanviy oflayn shaklda dars o‘tilishi uchun doimiy tayyor bo‘lish mexanizmini yaratish, o‘quvchilarni platformada bog‘langan holda darslarning o‘tilishi taʼminlashga erishish;
taʼlim jarayoniga ilg‘or pedagogik va innvatsion-kommunikativ texnologiyalarni, interfaol taʼlimning shakl va uslublarini keng joriy etishga yo‘naltirish;
tizimda yoshlarning xuquqiy savodxonligini oshirish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida siyosiy-mafkuraviy, huquqiy tarbiyani ko‘chaytirish maqsadida turli mavzularda ko‘rik-tanlovlar, xuquq-tartibot xodimlari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib borish;
professional taʼlim muassasalar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimga doir kursatgichlar reyting tahlilini o‘tkazib borish va uning natijasiga ko‘ra ilg‘orlarni rag‘batlantirish va qoloqlarga chora ko‘rish mexanizmini joriy etish;
korxona, tashkilot va xo‘jaliklarning ishchi xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlariga qarab professional taʼlim tizimi moddiy bazasini shakllantirib borish va yangi professional taʼlim muassalari tashkil etish;
yosh o‘qituvchilarni, ularning xizmat mavqei o‘sishini hisobga olgan holda, kasbiy qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikda ishlash mexanizmini takomillashtirish;
professional taʼlim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchi-pedagoglari va boshqa xizmatchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli uylar va avtomashinalar olish va boshqa imkoniyatlarni yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |