e) professional taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning taʼsirchan mexanizmini yaratish:
professional taʼlim tizimiga xodimlarni ishga (tanlov asosida), qabul qilishning shaffofligini taʼminlash, kadrlar zahirasini shakllantirish, odob-axloq normalariga rioya etilishini taʼminlash;
professional taʼlim tizimida korrupsiyaning yuzaga kelish xavfi va mansab suiisteʼmolchiligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazib borish, faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish;
boshqarma va professional taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
ish vaqti va moddiy ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish hisobiga professional taʼlimi tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirish.
j) professional taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni budjet va budjetdan tashqari moliyalashtirish samaradorligini oshirish:
professional taʼlim muassasalarining holatini eʼtiborga olgan holda bosqichma-bosqich qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash uchun investitsiya dasturiga kiritib borish;
davlat dasturi doirasida professional taʼlim muassasalari uchun xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda yangi turdagi professional taʼlim muassasalari barpo etish va muqaddam qurilgan binolarni zamonaviy taʼlim muassasasiga aylantirish;
professional taʼlim muassasalarining o‘quv xonalari, ustaxonalari va laboratoriyalarini zamonaviy mebel, jihozlar, o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikalari, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashni taʼminlash;
professional taʼlim muassasalarida pullik xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish, qo‘shimcha korxonalar yaratib foydalai mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek homiylik va xayriya mablag‘lari orqali budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish.
z) professional taʼlimini boshqarishda strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllarini yaratish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, sohada xalqaro tajribadan kelib chiqib ilg‘or yutuqlardan foydalanish amaliyotini kengaytirish:
professional taʼlim tizimini innovatsion rivojlantirishning kelajak modelini shakllantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini ko‘tarishga yordam beruvchi uzoq muddatli ishchi kadrlarni tayyorlash strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
konferensiya, ko‘rgazma va boshqa tadbirlar yordamida viloyat professional taʼlimi sohasidagi yutuqlarini Respublika darajasida keng yoritish, hamkorlik aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;
professional taʼlimi boshqaruvi sohasiga ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
professional taʼlim tizimiga budjetdan tashqari manbalardan, homiylardan mablag‘lar tushishi va taqsimlanishini nazorat qilish maqsadida raqamli onlayn-platformalarni yaratish;
zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda virtual taʼlim metodlarini joriy etish;
maʼmuriy va taʼlim jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy blokcheyn texnologiyalarini joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |