«tasdiqlayman»



Download 32,32 Kb.
Sana18.03.2017
Hajmi32,32 Kb.
#4827

«TASDIQLAYMAN»

132-maktab rahbari
________ Musametov A.D.

“____”___________2015y

Toshkent shahar

Shayxontohur tumani 132-sonli maktabning

o`zbek tili o`qituvchisi Lola Xidoyatovaning

o`zbek tilifanidan 8-sinflar uchun yozgan

“Men sevgan asar qahramoni” mavzusidagi

bir soatlik ochiq dars ishlanmasi

Toshkent sh

8-sinf


O`zbek tili

Mavzu: “Men sevgan asar qahramoni” So`roq gaplar


Maqsadlar:

Ta’limiy: O`quvchilarning bilimini mustahkamlash, ularning dunyoqarashini kengaytirish.

Tarbiyaviy: O`quvchilarda badiiy asarlarga, o`zbek adabiyotiga mehr uyg`otish,

ularni kitobxonlikka tayyorlash.

Rivojlantiruvchi: mavzu orqali o`quvchilarni keng mushohadaga chorlash, asar

qahramonlarining ijobiy va salbiy tomonlarini farqlatishga o`rgatish.


Darsning turi: mustahkamlovchi, noan’anaviy

Darsning usuli: “Muzyorar”, “Yelpig`ich”, “Musiqiy”.

Darsning jihozi: adiblar rasmi, o`nlab badiiy kitoblar, tarqatmalar, audio texnikasi.
Dars bosqichlari:

I – Tashkiliy qism - 2 daqiqa

II – Uy ishini so`rash - 6 daqiqa

III – Yangi mavzu - 15 daqiqa

IV – Musrahkamlash - 20 daqiqa

V - O`quvchilarga ballar qo`yish, uyga vazifa berish - 2 daqiqa.


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish, davomatni aniqlash, suhbat qurish.

Oktabr – o`zbek tili fan oyligi.

1989 yil 21-oktabr kuni Davlar tili to`g`risidagi Qonun qabul qilindi.

1995 yil 21-dekabr kuni esa bu qonun takomillashdi.



  1. Uy ishini so`rash.

Grammatik mavzu:”So`roq gaplar bo`yicha so`raladi.

  1. So`roq gaplar qanday ma’noni bildiradi (so`roq).

  2. So`roq atamalarni ayting (qanday, kim, nima, qancha)

  3. So`roq yuklamaplari (-mi, -chi, -a, -ya).

  4. So`roq ohangi, ritorik so`roq gaplar oxiriga qanday tinish delgi qo’yiladi? (?) va (?!).

20-betdagi 4-mashq Matnni ya’ni “Mehrobdan chayon” romanidan parcha o`qish, so`roq gaplarni aytish.

Tinchlikmi?

…… bugun joy katta solingan?

…… mehmon kelishi aniqmi?

Mehmon keldi?

Qani mehmon?

Men mehmonmi?

Men sizga mehmonmi?




  1. Yangi mavzu

“Men sevgan asar qahramoni” nutqiy mavzuni mustahkamlash maqsadida she’r o`qib eshittiriladi, she’r asosida “Muzyorar” usulida ishlanadi.
Badiiy qahramonlar

“Siz sevgan taom, sevgan mato?

Siz sevgan atir, sevgan patir?”

Nima deb so`rasalar, javob beraman:

“Shunday savol ham bo`larmi axir?

Badiiy qahramonlar haqida qapir!

Bilazizmi, ko`z oldimdan o`tadi har on

Men sevgan badiiy qahramon.

O`qigan kitobdagi qahramonlarim

Tushimda va o`ngimda men bilan doim.

O`tgan kunlar” dagi Otabek, Kumush,

Sevimli qahramonlarim mening.

Mehrobdan chayon” dagi Anvar va Ra’no

Bolalikdan do`st, omadli, biling!

O`zbek romanchiligiga ilk asos slogan,

Juda ko`p hajviya, maqolalar yozgan,

Moziydan so`zlarni to`g`ri deb bilgan

Abdulla Qodiriy, tahallusi Julqunboy.

Romanlarning mazmuni boy,

Kumush, Ra’nolarning yuzi oy.

Lek taqdirdadir qul –

Kumushidan ayrildi butkul.

Qahramoni o`limiga chidolmay zor-zor

Yig`lagan Abdulla Qodiriy ilk bor.

Hikoyanavis Abdulla Qahhor,

Juda qiziqarli asarlari bor.

O`tmishdan ertaklar” da

Bosh qahramon o`zlari.

Unsindek “Dahshat”ga tushmas

O`g`ri”larni xush ko`rmas.

Qirq qizlar” tag`idan

Savriniso xabarin

Kitobdan biz bilamiz

Ayajonlar”ni izlab.

Mahalla” ga boramiz.

Bolalik kunlarida, ko`p ertak eshitganda,

Xo`p asarlar yozishni ko`ngliga tukkan edi.

Sevimli adibimiz – Hoshimov O`tkir akamiz

“Ikki eshik orasi” da qolgan Muzaffarni u,

“Dunyoning ishlari” da mushtipar onani u,

Alvasti ko`prikdan o`tib,

“Gilam paypoq”larni berib,

“Nur borki, soya bor” deb,

“Ikki karra ikki – besh” deb

“Daftar hoshiyasidagi bitik”ni

Bizga yozib qoldirdi,

Qalbimizdan joy oldi.

Sehrli qalpoqcha”ni hamma orzu qiladi,

Lek bizning Hoshimjonga barcha tanbeh beradi.

Shirin qovunlar mamlakati” da

Sariq devni minib” yurgan

Besh bolali yigitcha” deb

Orifjonni bilishadi.



Xudoyberdi To`xtaboyevning

Yangi qahramonlari bilan

Tanishishni xohlashadi.

Abdulla Qodiriy Abdulla Qahhor

“O`tgan kunlar” O`tmishdan ertaklar”

“Mehrobdan chayon” “Dahshat”

hajviya va maqolalar “Mahalla”

O`tkir Hoshimov Xudoyberdi To`xtaboyev

Ikki eshik orasi” “Sariq devni minib”

Dunyoning ishlari” “Besh bolali yigitcha”

“Nur borki, soya bor” “Shirin qovunlar mamlakati”

Savollarga javob berish




  1. “Kitob barcha bilimlarning kaliti, eng ulug` ustoz va qadrdon do`stdir” – deb kim aytgan edi? (Quddus Muhammadiy)



  1. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari kimga tegishli?

(Yurtboshimiz Islom Karimovga) 2008 y.




  1. Islom Karimovning 2011-yilda chop etilgan asari qanday nomlanadi?

(O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida) 2011 yil


  1. Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” kitobi qachon nashrdan chiqdi?

(2015-yil avgust oyi)

Yozuv taxtasiga 3 kitob nomlarini osib qo`yish



Islom Karimov

“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

2008 yil

Islom Karimov

O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

2011 yil

Islom Karimov

“Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”

2015 yil



  1. Mustahkamlash.

“Qahramonlar nomlari” she’ri o`qib eshittiriladi.

Tarqatmalar asosida badiiy asarlar aniqlanadi. Eshitish jarayonida “Yelpig`ich” usulida qahramonlar yoziladi. Yelpig`ich chiziladi (doskada).


“Qahramonlar nomlari”
Hamma asar qahramonlarini:

O`g`rigina bola, shum bolani,

Bo`g`irsoq va Zumradni,

Kichkina shahzoda”ni,

To`maris va Shiroqni,

Alpomish, Barchinoyni,

Amir Temur, Boburshohni,

Ibn Sino, Beruniyni,

Shoirlar sultoni Navoiyni,

Farhod va Shirin”larni,

Bahrom va Diloromni,

Orifjon-u Hoshimjonni,

Jimjitlik”da Tolibjonni,

Padarkush” bo’lmagan Sohibni,

Maugli, Tom Soyyerni,

Choliqush” – Feredeni,

Skarlet O`Xarani,

Natasha Rostovani,

Ixtiyandr, Gutyerani,

Doston “Romayana”ni

Jumavoy va Kruzoni,

Monte Kristo grafi”ni

Ya’ni Edmon Dandesni,

Onegin, Tatyanani,

Pechorin va Belani,

O`zbek oyim, Oftob oyimni,

Akbar va Humoyun”ni,

Esdan hech chiqarmaymiz

Mazza qilib o`qiymiz,

Kinolarda ko`ramiz.

Ali Qushchi berkitgan

Ulug`bek xazinasi”ni

Albatta, biz topamiz.

So`ng xazina – kitoblarni

Mutolaa qilamiz.
“Yelpig`ich usuli
Qahramonlar
Shum bola Farhod
Amir Temur Ixtiyandr

Maugli Tatyana

Skarlet Akbarshoh

Robinzon

Kruzo
Quyidagi tarqatmalardan foydalanib so`roq gaplar tuzish.


  1. Oybekning “Navoiy” romanidagi Alisher Navoiy.

  2. Tohir Malikning “Padarkush” hikoyasidagi Sohib.

  3. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” dostonidagi Tatyana.

  4. Margaret Mitchellning “Shamollarda qolgan hislarim” romanida Skarlett.


Adabiy o`qish “Ulug` saltanat” romanining “Shohruh Mirzo”

4-kitobi 22-bobdan parcha.


...Elchilar Keshda bir kungina to`xtalishdi, u ham asosan mahobatli Oqsaroy tomoshasiga ketdi. Balandligi yuz gaz saroyga yaqinlasharkan, Muhammad al-Keshiy eng tepada - peshtoqdagi kun nurida yaraqlab turgan yirik yozuvga diqqatni qaratdi:

-Elchi janoblari! Sizga aytgandim, hov anovi yozuvni ko`ryaptilarmu? Unda shunday ma`no bor: "Bizning qutratimizga shubha qilg`onlar biz qurg`on imoratlarga boqsunlar". Peshtoq ustunining old tomonida cho`ziq oltiburchak ichidagi arabcha yozuv ma`nosi esa bunday: "Adolat - davlat asosi va hukmdorlar shiordir". Hov ro`baro`dagi yaraqlab turgan lavhaga boqingiz: "Podsholar so`zi – so`zlar podshosi", - deb bitilgan. Barini Sohibqironning o`zlari yozdirganlar.

- Esimda, aytgandingiz. Bebaho so`zlar! O, Temurbek hazrati oliylarining qudratlari chindanda-da buyuk! Rostdan ham, ul zotning so`zi- so`zlar podshosi! - dedi Klavixo ulug`vor peshtoqdan ko`z uzmay.
L u g` a t
balandligi yuz gaz - примерно высота 70 метров

peshtoq - портал

kun nurida yaraqlab turgan - блестающий в свете дня

shubha qilg`onlar - сомневавшие

hukmdorlar shiori - девиз правителей

hazrati oliylari - его превосходительство


“Musiqiy usul”

Asar qahramonlari jonlandi:



  1. Kino qahramoni

  2. Teatr qahramoni

  3. Qo`shiq qahramoni

  4. Multfilm qahramoni

  5. Rasm qahramoni

  6. Foto tasvir qahramoni

  7. Raqsdagi qahramon

  8. Haykal qahramon




  • Umidaxonning “Serialda” qo`shig`ini eshittirish

  • Zoirbekning “Do`st” qo`shig`iga jo`r bo`lib, ayttirish

  1. O`quvchilar ishtirokiga ballar qo`yish.

Uyga vazifa: Badiiy asardan parcha ko`cherish, so`zlash.

Jonlangan qahramonlarni yoritish

O`zbek tili o`qituvchisi Xidoyatova L.X.


Islom Karimov

“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”

2008 yil





Islom Karimov

O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

2011 yil



Islom Karimov

“Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”

2015 yil



Badiiy qahramonlar

“Siz sevgan taom, sevgan mato?

Siz sevgan atir, sevgan patir?”

Nima deb so`rasalar, javob beraman:

“Shunday savol ham bo`larmi axir?

Badiiy qahramonlar haqida qapir!

Bilazizmi, ko`z oldimdan o`tadi har on

Men sevgan badiiy qahramon.

O`qigan kitobdagi qahramonlarim

Tushimda va o`ngimda men bilan doim.

O`tgan kunlar” dagi Otabek, Kumush,

Sevimli qahramonlarim mening.

Mehrobdan chayon” dagi Anvar va Ra’no

Bolalikdan do`st, omadli, biling!

O`zbek romanchiligiga ilk asos slogan,

Juda ko`p hajviya, maqolalar yozgan,

Moziydan so`zlarni to`g`ri deb bilgan

Abdulla Qodiriy, tahallusi Julqunboy.

Romanlarning mazmuni boy,

Kumush, Ra’nolarning yuzi oy.

Lek taqdirdadir qul –

Kumushidan ayrildi butkul.

Qahramoni o`limiga chidolmay zor-zor

Yig`lagan Abdulla Qodiriy ilk bor.

Hikoyanavis Abdulla Qahhor,

Juda qiziqarli asarlari bor.

O`tmishdan ertaklar” da

Bosh qahramon o`zlari.

Unsindek “Dahshat”ga tushmas

O`g`ri”larni xush ko`rmas.

Qirq qizlar” tag`idan

Savriniso xabarin

Kitobdan biz bilamiz

Ayajonlar”ni izlab.

Mahalla” ga boramiz.

Bolalik kunlarida, ko`p ertak eshitganda,

Xo`p asarlar yozishni ko`ngliga tukkan edi.

Sevimli adibimiz – Hoshimov O`tkir akamiz

Ikki eshik orasi” da qolgan Muzaffarni u,

Dunyoning ishlari” da mushtipar onani u,

Alvasti ko`prikdan o`tib,

Gilam paypoq”larni berib,

Nur borki, soya bor” deb,

Ikki karra ikki – besh” deb

Daftar hoshiyasidagi bitik”ni

Bizga yozib qoldirdi,

Qalbimizdan joy oldi.

Sehrli qalpoqcha”ni hamma orzu qiladi,

Lek bizning Hoshimjonga barcha tanbeh beradi.

Shirin qovunlar mamlakati” da

Sariq devni minib” yurgan

Besh bolali yigitcha” deb

Orifjonni bilishadi.



Xudoyberdi To`xtaboyevning

Yangi qahramonlari bilan

Tanishishni xohlashadi.

“Qahramonlar nomlari”
Hamma asar qahramonlarini:

O`g`rigina bola, shum bolani,

Bo`g`irsoq va Zumradni,

Kichkina shahzoda”ni,

To`maris va Shiroqni,

Alpomish, Barchinoyni,

Amir Temur, Boburshohni,

Ibn Sino, Beruniyni,

Shoirlar sultoni Navoiyni,

Farhod va Shirin”larni,

Bahrom va Diloromni,

Orifjon-u Hoshimjonni,

Jimjitlik”da Tolibjonni,

Padarkush” bo’lmagan Sohibni,

Maugli, Tom Soyyerni,

Choliqush” – Feredeni,

Skarlet O`Xarani,

Natasha Rostovani,

Ixtiyandr, Gutyerani,

Doston “Romayana”ni

Jumavoy va Kruzoni,

Monte Kristo grafi”ni

Ya’ni Edmon Dandesni,

Onegin, Tatyanani,

Pechorin va Belani,

O`zbek oyim, Oftob oyimni,

Akbar va Humoyun”ni,

Esdan hech chiqarmaymiz

Mazza qilib o`qiymiz,

Kinolarda ko`ramiz.

Ali Qushchi berkitgan

Ulug`bek xazinasi”ni

Albatta, biz topamiz.

So`ng xazina – kitoblarni

Mutolaa qilamiz.

Adabiy o`qish “Ulug` saltanat” romanining “Shohruh Mirzo”

4-kitobi 22-bobdan parcha.


...Elchilar Keshda bir kungina to`xtalishdi, u ham asosan mahobatli Oqsaroy tomoshasiga ketdi. Balandligi yuz gaz saroyga yaqinlasharkan, Muhammad al-Keshiy eng tepada - peshtoqdagi kun nurida yaraqlab turgan yirik yozuvga diqqatni qaratdi:

-Elchi janoblari! Sizga aytgandim, hov anovi yozuvni ko`ryaptilarmu? Unda shunday ma`no bor: "Bizning qutratimizga shubha qilg`onlar biz qurg`on imoratlarga boqsunlar". Peshtoq ustunining old tomonida cho`ziq oltiburchak ichidagi arabcha yozuv ma`nosi esa bunday: "Adolat - davlat asosi va hukmdorlar shiordir". Hov ro`baro`dagi yaraqlab turgan lavhaga boqingiz: "Podsholar so`zi – so`zlar podshosi", - deb bitilgan. Barini Sohibqironning o`zlari yozdirganlar.

- Esimda, aytgandingiz. Bebaho so`zlar! O, Temurbek hazrati oliylarining qudratlari chindanda-da buyuk! Rostdan ham, ul zotning so`zi- so`zlar podshosi! - dedi Klavixo ulug`vor peshtoqdan ko`z uzmay.

L u g` a t


balandligi yuz gaz - примерно высота 70 метров

peshtoq - портал

kun nurida yaraqlab turgan - блестающий в свете дня

shubha qilg`onlar - сомневавшие



hukmdorlar shiori - девиз правителей

hazrati oliylari - его превосходительство
Download 32,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish