Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni nazorat qilishni tashkil etish



Download 26,75 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi26,75 Kb.
#649244
Bog'liq
usmonova

Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni nazorat qilishni tashkil etish.


Reja:
Kirish.

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qilish.

  2. Pedagogik kengashi faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni.

  3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori faoliyati

Xulosa.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayon ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’iladigan davlar talablari asosida tashkil etiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilib boriladi.
O’yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish juda murakkab ish. Bu o’yinning maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirishdagi alohida ahamiyati, maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida olib boriladigan o’rni, o’yin turlarining xilma-xilligi va ularni rivojlantirish xususiyatlari bilan bog’liqligi tufaylidir. Bu xususiyatlarni yaxshi bilish o’yin faoliyatini chuqur tahlil qilishni va mudira tomonidan tarbiyachilarga o’z vaqtida yordam ko’rsatishni ta’minlaydi. Bolalarning o’yinlari xilma-xilligi bilan farqlanadi. U maktabgacha bo’lgan butun bolalik davrida mazmuni, uyushtirilishi, o’yinda bolaning faolligini namoyon qilish xarakteriga ko’ra, ularning bolalarga ko’rsatadigan tasiri va nihoyat kelib chikishiga ko’ra katta o’zgarishlarni boshidan kechiradi: Rahbar ishni o’yin turlarini tanlashga qaratadi. Faoliyatdagidagi didiktik o’yinlar syujetli-rolli, qoidali, harakatli, musiqaviy didaktik o’yinlari, stol ustida o’ynaladigan o’yinlar, tinch o’yinlar va ijodiy o’yinlar tarbiyachi tomonidan rejalashtirishning maqsadliligiga, ularga rahbarlik darajasini nazorat qilib borib, tajriba asosida tarbiyachiga metodik-amaliy maslahatlar beradi. Turli yosh guruhlardagi o’yin tizimini “Ilk qadam” dastur asosida ishlab chiqadi va o’yin jarayonini kuzatish jadvalini tuzadi. O’yin faoliyatining paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun sharoitlarning ta’minlanganligi (o’yin uchun berilgan vaqtning yetarliligi, o’yin faoliyatini kengaytirish uchun joyning, zarur o’yinchoq va qolanmalarning mavjudligi va kabinetda ularni to’g’ri joylashtirilishi, bolalarni taassurotlar bilan boyitish va yaxshi kayfiyatlari); O’yin faoliyatiga rahbarlik metodikasi – bolalarning emotsional ijobiy holatlarini qo’llab-quvvatlash va yaxshilashga yo’llangan metod va usullar, o’ynovchilarning faolligini ta’minlash, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o’z vaqtida o’tish, bunga qanday metod va usullar bilan erishiladi? O’yin faoliyatini uzaytirish va murakkablashtirish, bolaning ilk yoshida o’yindan uning nutqini tushunishni rivojiantirish va faolligini tarkib toptirish maqsadlarida foydalanish, ijobiy o’zaro munosabatlar va boshqa axloqiy sifatlarni tarbiyalash. Mudira o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi. O’yinni faoliyat tarzida rivojiantirish; O’yindan bolalarga ta’lim-tarbiya berishda foydalanish. Guruhda to’laqonli o’yinlarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishiga: a) tarbiyachining o’yin qobiliyatlariga rahbarlik qilishi; b) o’yin muhitini yaratish; v) kundalik kun tartibida o’yin uchun vaqtning yetarliligiga alohida e’tibor berib bordi. Tajriba shuni ko’rsatdiki, bolalarning o’yin jarayonidagi xatti-harakatlari, ularning katta yoshlilarga taqlid qilish istagidan dalolat beradi. Bolaning o’yini odamlarning xattiharakatlari, xulq-atvori, o’zaro munosabatlarini o’yin roli vositasida ijodiy aks ettirishdan iborat bo’ldi. g) ota-onalar jamoatchiligi bilan ish uslublari. Direktorning jamoatchilik va mahalla qo’mitasi bilan ish metodlari quyidagi tarzda amalga oshiriladi: 1. Ota-onalar va jamoatchilik uchun anjumanlar. 2. Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, maktabgacha ta’lim bo’limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar universitetning asosiy maqsadi Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat. Direktor hududiga tegishli maktab bilan aloqa o’rnatib bir yilga mo’ljallangan reja asosida ish ko’radi. Ushbu reja asosida muassasaning asosiy vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbiriy choralar, bolani maktab ta’limiga tayyorlash, lotin alifbosida o’qish, yozishni mukammal o’rganish va bunda mudira hamda maktab direktorining vazifalari belgilanadi. a) ma’muriy xo’jalik faoliyat - bunda reja kontingenti bo’yicha bolalarni joylashtirish, maktabgacha ta’lim muassasasi dasturining maktabgacha ta’lim tizimida belgilangan xarajatlarni o’z vaqtida joy-joyiga qo’yib ishlatishni tashkil etish, bolalarni ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etish, yozgi sog’lomlashtirish mezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to’g’ri joylashtirish va ishlash malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat. b) dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi va nazorati. O’quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsiya shakllarini rivojiantirish maqsadida maktabgacha ta’lim muassasasida Pedagoglar kengashi faoliyat ko’rsatadi. Pedagoglar kengashi a’zolarini saylas tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish mudira tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
- Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi direktori bilan mehnat lozimnomasi bir yil muddatga tuziladi.
- Maktabgacha ta’lim muassasasi direktori lavozimiga O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Kengashning raisi hisoblanadi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogika kengashi kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi. Kengash yig’ilishlari o’quv yili avvalidan boshlanib, har chorakda bir marta o’tkaziladi. Zaruriyat bo’lgan hollarda navbatdan tashqari Pedagogika kengashi o’tkazilishi mumkin. Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko’pchiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo’lgan taqdirda, Kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi. Navbatdan tashqari chaqirilgan yig’ilishda esa kengash a’zolarining kamida uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak. Ovoz berish tartibi kengash yig’ilishida ochiq ovoz berish yo’li bilan belgilanadi. Pedagogika kengashi tarkibiga muassasa shifokori va hamshira, kasaba uyushma raisi, ota-onalar (vasiylik kengashi) qo’mitasi raisi, mahalla fuqarolar yig’ini a’zolari kirishi mumkin. Kengashni o'tkazish vaqti, joyi va kun tartibi muassasada bir oy oldin e’lon qilinadi. Kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy hamda vaqtinchalik tashkil topgan guruhlar yoki muassasa ma’muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi. Kengashda tashkilotning ish rejasi, malaka oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari bo’yicha o’rganish xulosalari, xodimlarning hisobotlari, tarbiyalanuvchilarning o’zlashtirishi, muassasaning sanitar-gigiyenik ahvoli va tarbiyalanuvchilarning sog’lig’i va muassasa faoliyatining boshqa masalalari ko’rib chiqiladi. Kengash pedagoglarning ilg'or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam uyushtirish ishlarini amalga oshirish yo’llarini belgilaydi. Kengashda mashg’ulot ishlanmalari, tarbiya jarayonining shakl va metodlarini amalga oshirish yo’llari muhokama qilinadi, tarbiyalashning ilg’or usullarini joriy etish bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, oliy ta’lim institutlari, jamoat va nodavlat tashkilotlari, maktab, mahalla bilan hamkorlik qilish yo’nalishlarini belgilaydi. Kengash ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul lozim-sharoitlar yaratishga oid yakuniy xulosa chiqaradi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka oshirish kursidan qaytgan pedagoglarning hisobotlarini tinglaydi. Kengashda kun tartibidagi masalalarni ko'rishdan oldin avvalgi kengashda qabul qilingan qarorlarning ijrosi haqidagi masala eshitiladi va ijrosi ta’minlangan har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar nazoratdan olinadi. Kengash kun tartibida ko'rilayotgan har bir masala aniq ifodalangan bo’lishi, masalalar o’quv yilining asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda kiritilishi lozim. Kengashda ko’riladigan masalalar soni uchtadan oshmasligi zarur. Kengash qarori ijrosini nazorat qilish muassasa rahbari zimmasiga yuklatiladi. Pedagogik kengashi huquqlari. Pedagogika kengashi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini rivojiantirish yo’nalishining istiqbol rejasini belgilaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarning bajarilish yo’llarini belgilab beradi va ijrosini ta’minlaydi.
Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va metodlarni ishlab chiqadi. O’z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish rejasini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti Ustaviga muvofiq pedagog xodimlarni rag’batlantirish va jazolash bo’yicha masalalarni hal qiladi. Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining yuritilishi. Kengash bayonnomasi yoziladigan daftarning kirish qismida kengash o’tkaziladigan sana, bayonnoma tartib raqami, qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi, sharifi yoziladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha olmaslik sabablari ko’rsatilgan holda familiyalari tartib bo’yicha yozib chiqiladi. Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a’zolari kiritgan taklif va mulohazalar hamda kun tartibidagi har bir masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi. Kun tartibiga “Turli masalalar” yoki “Boshqa masalalar” ning kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi. Bayonnomalarda yo’l qo’yilgan xatoliklar izohlanadi va kengash raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. Bayonnomalar aniq, ozoda, ravon husnixat bilan yoziladi, daftarning har bir sahifasi raqamlanadi, tikiladi. Bayonnomalar daftari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun muassis tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Kengash bayonnomasi Pedagogik kengashi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi va muhrlanadi. Pedagogik kengashi bayonnomasi har o’quv yili boshida yangidan raqamlanadi.
Pedagogik kengashi hujjatlari. Pedagogik kengashi hujjatlari ta’lim muassasasining ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogika kengashi hujjatlari quyidagilardan iborat: bayonnoma va pedagogika kengashi kun tartibida muhokama qilingan masalalarga oid materiallar. Pedagogika kengashi hujjatlari muassasada uch yil davomida saqlanadi.
Ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish. Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o’rganish, barcha ilg’or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim muassasasi metodik ishining asosi bo’lishi kerak. Tajribani o’rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimli tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o’rganishning asosiy yo’llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xattiharakatlari va xilma-xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Pedagogik kabinetning ishi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetdir. Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o’qishlarini tashkil qilishdatarbiyachilarga amaliy yordam ko’rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir. Pedagogik kabineti maktabgacha ta’lim tashkilotlari an’analari jamg’ariladigan joydir. Pedagogik kabinetida to’g’ri yo’lga qo’yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayyorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojiantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi. Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalariga metodik yordam ko’rsatish, ularning g’oyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogic mahoratlarining o’sishi uchun sharoit yaratishdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilg’or pedagogik tajriba to’planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang’ich markaz hamdir. Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o’z mehnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko’rsatishdir. Pedagogik kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun metodist kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo’yishi, uni tizimilashtirish va puxta o’ylab chikishi kerak. Pedagogik kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot qilish va yoyish maqsadida “axborot xizmati” uyushtiriladi. Axborot xizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar ta’limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo’yicha “axborot kunlari”, yangi kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan “Metodik adabiyotlar yangiliklari”, “Tajriba, muammo, amaliyot”, “Metodik burchak” stendlari va hokazolar bo’lishi mumkin. Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o’rin oladi. Pedagogik kabinetning butun ishi u maktabgacha ta’lim tashkiloti metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet xizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishi, o’rganish kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko’rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi. Ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo’yishni amalga oshiradi, rag’batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko’radi va ular bilan tuzilgan mehnat lozimnomalarini to'xtatadi, o’z vakolati doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi. Maktabgacha ta’lim muassasasining ishini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun maktabgacha ta’limni boshqarish yuqori organiga kiritadi. Bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o’quv-tarbiya jarayoni, moliya-xo’jalik faoliyati ahvoli, moddiy-texnik bazasining mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o’z-o’zini boshqaruv asosida bolalarni tarbiyalashda yuksak natijalarga erishishga qodir bo’lgan turg’un mehnat jamoasini shakllantiradi. Kadrlarni muntazam takomillashtirib borish, pedagogik va xizmat ko’rsatish, mehnat samaradorligini oshirish ruhida tarbiyalaydi, o’z jamoasi, tanlagan kasbi uchun faxrlanish hissini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o’stirib borishga g’amxo’rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va o’z vaqtida joydan-joyga ko’chirib turilishini ta’minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma’muriyat ruhiy pedagogik o’quvchining huquqiy va iqtisodiy o’quv bilan organik uyg’unlanishini ta’minlaydi; xodimlar malakasini bevosita maktabgacha ta’lim muassasasida oshirish uchun lozim-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa aralash fanlardan erishgan yutuqlar haqida axborot beradi. Ma’muriyat jamoat tashkilotlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish uchun optimal lozim-sharoitlarni ta’minlaydi, ularga o’z vaqtida zarur metodik yordam ko’rsatadi. mudiraning maktabgacha ta’lim bo’limlari, ota-onalar, jamoat oldidagi hisobdorligi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari amaldagi qonunchilik doirasidagi pedagog xodimlari va ma’muriyatini, ularning kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuviga chek qo’yuvchi zarur choralar ko’radi. Shuningdek, jamoaga nisbatan ma’muriy-buyruqbozlik urinishlariga, uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo’yadi, shu masalalar bo’yicha tegishli organlarga murojaat qiladi. Direktor ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan harakat qiladi, barcha shirkat va jamoat korkabinetlari, muassasalar va tashkilotlarida uning manfaatini himoya qiladi, kreditlar tarqatadi, lozimnomalar tuzadi, ishonch qog’ozlarini beradi, banklarda va boshqa hisoblarini ochadi, maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun zarur bo’lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korkabinetlardan, tashkilotlardan, shirkatlardan va ayrim shaxslardan naqd pulga yoki pul o’tkazish yo’li bilan ijaraga olish va buyurtma berish huquqiga ega. Direktor maktabgacha ta’lim tashkiloti huquqi doirasida buyruq chiqaradi, ko’rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta tibbiy yordam hamshirasi, xo’jalik mudirining o’z huquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat: Ma'muriy guruh (mudir, tarbiyachimetodist, xo’jalik mudiri, katta tibbiy yordam hamshirasi), pedagogik, tibbiy yordam, xizmat ko’rsatish tarmoqlari xodimlari. Maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli moddiy resurslarni berkitadi. Mehnat jamoasi vakolatini amalga oshirishning asosiy shakli umumiy yig’ilishidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy yig’ilishi:
- maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavini ko’rib chiqadi va qabul qiladi;
- maktabgacha ta’lim muassasasi kengashini tuzish zarurini aniqlaydi, kengash tarkibini va uning raisini saylaydi;
- yillik va istiqbol rejalarni muhokama qiladi, tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida ma’muriyat hisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko’rsatish mehnatining samaradorligini oshirish yo’llarini belgilaydi; Jamoa lozimnomasini muhokama qiladi va kasaba uy ushmasi qo’mitasiga taqdim etadi.
Direktor ishini rejalashtirish. Direktor ishida qiyosiy tekshiruv ham muhim o’rin egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati tarbiyachining pedagogik jarayonini boshqa pedagogning ish tajribasi bilan solishtirish, tahlil qilish va baholashdir. Parellel guruhlar tarbiyachilar ishlarini solishtirish mumkin. Qiyosiy tekshiruvni dasturning ayrim bo’limlarini bajarilishini tekshirishda turli tarbiyachilar bolalardagi bilim, ko’nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Solishtirma natijalari pedagoglar kengashida muhokoma materiali bo’lishi mumkin. Qiyosiy tekshiruv - guruhlarga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish, rejalarni, bolalar ishlarini va boshqa hujjatlarni, tahlil qilish shaklida o’tkazilish mumkin. Direktor - kundalik pedagogik jarayonlarni, ish, o’qishlarni va boshqalarni, bilimlar sifatini, bolalarning faoliyatlarini tarbiyachilar bilan birga tahlil qiladi, birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi. Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta’lim-tarbiyaviy jarayonining va barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi. Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina samarali bo’lishi mumkin. Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilmaxil faoliyatlari uchun sharoitlarni yaratilishini kuzatish. Katta guruhda bolalarning o’yin va mehnatdagi o’zaro munosabatlarini kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi). O’rta guruhda nutq o’stirishga doir dasturning o’zlashtirilishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy ko’nikmalar darajasini tekshiradi. Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam” dasturi talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o’rganadi, oldindan tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo’lgan savollarni mo’ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq rejasini ishlab chiqadi.
Guruhlarga kirish mo’ljallanganligi haqida mudira pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo’lsa, oldindan ogohlantiriladi. Guruhga ko’proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma’lum mas’uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo’yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlantiriladi Bunday ogohlantirish pedagoglarni o’z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o’zlashtirishini xolisona baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi.
Xulosa o’rnida tashkilot rahbari pedagogik jarayonni tashkil etishda aniq maqsad asosida tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayon ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’iladigan davlar talablari asosida tashkil etiladi. Tashkilot rahbari tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilib boriladi.
Download 26,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish