Iqtisodiy bilim asoslari fanidan 8-sinflar uchun dars ishlanmalar t o’plami 16-maktab iqtisod fani



Download 12,23 Mb.
bet1/19
Sana25.02.2022
Hajmi12,23 Mb.
#464081
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
iqtisod 8-sinf dars ishlanma.docx kopiya




IQTISODIY BILIM ASOSLARI
fanidan
8-sinflar uchun
dars ishlanmalar
t o’plami


16-maktab iqtisod fani
o’qituvchisi Abduvaxidova M.S


Sana:
Sinf: VIII
Fan: Iqtisodiy bilim asoslari
Mavzu: Iqtisodiyot bilan tanishuv. Cheklanganlik muammosi
Dars maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilar ongida Iqtisodiyot bilan tanishuv mohiyati yuzasidan bilim va malakalar hosil qilish.O’quvchilar ongida Cheklanganlik muammosi mavzusi mohiyati yuzasidan yangi bilim va malakalar hosil qilish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni hamdo’stlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Darsni jihozlash: darslik; ko’rgazmali qurollar; didaktik materiallar
Dars tipi: kichik guruhlarda ishlash
Dars turi: o’quvchilarda yangi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars metodi: noan’anaviy, interfaol metod
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni hisobga olish, sinfni ekologik holatini tekshirish.
II. Uy vazifasini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Yozgi ta’tilda qanday dam olganliklari haqida suhbatlashish
III. Yangi mavzu bayoni:

Tabiatda tayyor holda non, kiyim-kechak, uy-joy yo‘q. Inson ehtiyoji uchun kerakli, tabiatda tayyor holda uchramaydigan barcha narsalarni o‘zi yaratishga majbur. U shu maqsadda tabiat qo‘ynida iqtisodiyot deb atalmish ulkan xo‘jalikni barpo etdi. Endilikda iqtisodiyot xo‘jalik yuritish tizimi sifatida — insonning yashashi va kamol topishining birdan bir vositasiga aylangan.


Iqtisodiyot — insonning hayot kechirishi uchun zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan xo‘jalik yuritish tizimi.
Iqtisodiyotning eng asosiy tarkibiy qismi bu odamlardir. Odam o‘z mehnati, aql-idroki evaziga iqtisodiyotni harakatga keltiradi, boshqaradi. Iqtisodiyotning ikkinchi tarkibiy qismi bu tabiatdir. Tabiat iqtisodiyotning xomashyo ombori hisoblanadi. Iqtisodiyotning uchinchi bo‘lagi — bino va inshootlar, zavod va fabrikalar, yo‘l va ko‘priklar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar hamda boshqa qator inson qo‘li bilan yaratilgan narsalardan tarkib topgan sun’iy muhitdir.
Iqtisodiyotning shu uch tarkibiy qismlarining birikishi natijasida, iqtisodiy jarayon vujudga keladi. Iqtisodiy jarayonlar to‘rt bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda, inson ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan ne’matlar, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi, ishlab chiqariladi. Ikkinchi bosqichda, yaratilgan tovar va xizmatlar taqsimlanadi. Keyingi bosqichda, ular ayirboshlanadi va nihoyat oxirgi bosqichda, iste’mol qilinadi.
Inson — ongli mavjudot. U har doim yaxshi yashashga intilib kelgan. Ayiqning qorni to‘ysa, iniga kirib uxlaydi. Inson esa erishgan narsasi va mavqeyi bilan qanoatlanmaydi. Insonga har doim nimadir yetishmaydi. Shu bois, inson ehtiyojlarining poyoni va cheki yo‘q deb aytamiz.

Inson ehtiyojlari ma’lum shaxs yoki guruhga tegishli bo‘lishiga ko‘ra, shaxsiy ehtiyojlar va ijtimoiy ehtiyojlar kabi turlarga bo‘1inadi.


Shaxsiy ehtiyojlar deb alohida olingan shaxsgagina tegishli bo‘lgan shaxsiy gigiyena vositalari, kiyim-kechak, gazeta o‘qish kabi ehtiyojlarga aytiladi. Ijtimoiy ehtiyojlar esa kishilarning yonma-yon, hamjihatlikda hayot kechirishi bilan bog‘liq, birgalashib qondiriladigan xususan, maktabda bilim olish, jamoat transportidan foydalanish kabi umumiy ehtiyojlaridan iborat bo‘ladi.
Inson ehtiyojlarini qondirishi uchun unga turli xil ne’matlar zarur bo‘ladi. Bu ne’matlarning ba’zilari (havo, suv, quyosh yorug‘ligi, issiqligi va hokazolar)ni insonga tabiat tekin in’om etadi
Iqtisodiy resurslar — mahsulot va xizmatlar yaratish uchun asqotadigan barcha narsalar. Erkin ne’matlar — insonga tabiat in’om etgan tekin ne’matlar.
Cheklanganlik muammosi — cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi nomutanosiblik. Iqtisodiy ne’matlar — inson iqtisodiy faoliyati orqali yaratiladigan ne’matlar.



Download 12,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish