MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
67
5-MAVZU: MOLIYAVIY NATIJALAR TO’G’RISIDAGI HISOBOT AUDITI
5.1.Moliyaviy natijalar haqida hisobot mazmuni.
Hisobotning ushbu shakli asosiy va moliyaviy faoliyat natijalarini hisobot davri uchun aks
ettiradi. Forma №2 (№2 shakl) asoaiy va moliyaviy faoliyat natijalari bo’yicha ma’lumotlar olish
uchun daromad manbalari bo’yicha, shuningdek, mos keluvchi harajatlar miqdori bo’yicha pul
shaklida
ifodalanib, hisobot davrining amaldagi narxlari bo’yicha tuziladi. Hisobot
ko’rsatkichlari o’tgan yilning mos keluvchi davri va hisobot davri uchuntuziladi.
Hisobotning strukturasi va tarkibi “Mahsulot tannarxiga (ishlar, xizmatlar) qo’shiladigan
ishlab chiqarish va mahsulotlar realizatsiyasi xarajatlari tarkibi haqida”gi Nizomga, shuningdek,
hisobot tuzishning asosiy prinsiplaridan biri moliyaviy hisobotning boshqa shakllari bilan
bevosita va mantiqiy o’zaro aloqalar hisoblanadi.
Moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda quyidagi axborotlar ochib berilishi lozim:
Realizatsiyadan
sof tushum;
Realizatsiyadan yalpi
moliyaviy natija;
Asosiy faoliyatdan boshqa to’g’riligi; operatsion daromadlar va xarajatlar;
asosiy xo’jalik faoliyatidan moliyaviy natija (foydalar yoki zararlar);
moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromad va harajatlar;
umumxo’jalik faoliyatidan moliyaviy natija;
favqulodda foydalar va zararlar;
daromad solig’ini to’langunga qadar (foyda) umumiy moliyaviy natijalar (foyda yoki
zararlar);
navbatdagi davrning sof foydasi (zarari).
Moliyaviy natija (foyda yoki zarar) korxonananing hisobot davri uchun eng asosiy
ko’rsatkichi hisoblanadi.
Hisobot davridagi sof daromad yoki zarar har biri moliyaviy natijalar hisobotida ochilishi
kerak bo’lgan quyidagi
elementlardan kelib chiqib, aniqlanadi:
umumxo’jalik faoliyatidan daromad yoki zarar;
favqulodda daromad (zarar);
daromad (foyda) solig’i to’langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar);
daromad (foyda) solig’ini istisno qilganda, sof daromad.
Mahsulotlar (ish, xizmat) realizatsiyasidan foyda (zarar) - bu
korxonaning ustavida qayd
etilgan va qonunda man qilinmagan har qanday ko’rinishda amalga oshirilgan faoliyatidan -
asosiy faoliyatidan olingan moliyaviy natija. Moliyaviy natija korxonaning mahsulot realizatsiya
qilish, ishlarni bajarish, xizmat ko’rsatish kabilarga taalluqli har bir faoliyat turi bo’yicha
bo’limlarga ko’ra alohida belgilanadi. U mahsulotlar (ish xizmat) realizatsiyasining avvaldagi
narxlardagi tushumi bilan uni ishlab chiqarish va realizatsiyasi xarajatlar orasidagi farqqa teng.
Tushumlar hisob-kitobga qo’shilgan qiymat solig’i va bilvosita
soliq sifatida byudjetga
tushadigan aksizlar solig’isiz qabul qilinadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi
korxonalar foydani belgilashda mahsulot (ish xizmat) realizatsiyasidan tushumdan to’langan
eksport bojini chiqarib tashlashadi.
Tabiiy - buyum shakliga ega mahsulotlarni realizatsiya qilish bo’yicha foydani hisoblash
tushum va mahsulotning to’liq tannarxidan kelib chiqib bajariladi.
Asosiy vositalarni realizatsiya qilishdan foyda (zarar), ularning
boshqa chiqib ketishlari,
korxonaning boshqa mulklarini realizatsiya qilish - bular korxonaning asosiy faoliyat turi bilan
bog’liq bo’lmagan moliyaviy natija. U korxona balansida hisoblanuvchi va realizatsiya
qilinadigan mahsulot hajmida belgilanuvchi turli xil mulklarni boshqa tomonga sotishga tegishli
boshqa realizatsiyalar bo’yicha foyda (zarar)larni aks ettiradi.