Akusherlik qon ketishlari va ularda shifokorgacha shoshilinch yordam. Homiladorlikning I –ii yarmida qon ketish. Reja



Download 3,84 Mb.
bet1/3
Sana03.06.2022
Hajmi3,84 Mb.
#633653
  1   2   3
Bog'liq
Akusherlik qon ketishlari va ularda shifokorgacha shoshilinch yordam


Akusherlik qon ketishlari va ularda shifokorgacha shoshilinch yordam.Homiladorlikning I –II yarmida qon ketish.
REJA:

  • Homilaning tushushida va abortda qon ketish

  • Bachadondandan tashqaridagi homiladorlikda qon ketishi

  • Plasentaning barvaqt kuchishi haqida tushuncha

  • O‘tkir kamqonlikka qarshi kurash

ABORT (bola tashlash)


Homiladorlikning dastlabki 28 haftasida (akusherlik hisobicha 7oyda) to‘xtashi abort (abortus) deb ataladi. Homiladorlikning 29 haftadan 38 haftagacha to‘xtashi chala tug‘ish(partus prematurus) deb ataladi. 28 haftagacha tug‘ilgan homila yashab ketishi qiyin (juda kam istisnolarni qo‘shmaganda). Chala tug‘ilganbola yaxshilab parvarish
qilinsa (masalan, vazni 1000 g – 2500,0 g, bo‘yi 35 sm dan 47 sm gacha) bo‘lganda ham yashab va rivojlanib ketadi. Dastlabki 14 haftadagi abort ilk abortdeb, 14 haftadan 28 haftagacha bo‘ladigan abort kech abortdeb ataladi. Abort o‘z-o‘zidan va sun’iy bo‘ladi. O‘z-o‘zidan bo‘ladigan abortga (bola tushish) ayolning ixtiyoridan tashqari ro‘y beradi. Bola tushishi takrorlanib tursa, odat bo‘lib qolgan abort deb ataladi. Homiladorlikni davolash muassasalarida ataylab to‘xtatish sun’iy abort deb yuritiladi. Tibbiyot muassasalaridan tashqarida tib ilmidan bexabar yoki chalasavod kishilar tomonidan qilingan abort kriminal(jinoiy) abortdeyiladi.
Ko‘pgina mualliflarning fikricha o‘z-o‘zidan bo‘ladigan abort (bola tushish) 2–8% uchraydi. N.S.Baksheyev bo‘yicha sun’iy abort qilish 2,5–4% gacha, homiladorlikning muddatidan oldin to‘xtashi 3,5–4% ga yetadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday hodisalar shaharda yashovchi ayollar o‘rtasida qishloqda yashovchilarga nisbatan 2–3 marotaba ko‘p uchrar ekan. Ayniqsa, bu 25 yoshgacha bo‘lgan bitta tuqqan yoki birinchi homilasini abort qildirgan ayollarda ko‘proq kuzatiladi.
O‘Z-O‘ZIDAN BO‘LADIGAN ABORT
(bola tashlash)
Bola tushushining sabablari har xil: o‘tkir yuqumli kasalliklar (gripp, qorin tifi va boshqalar)ning mikrob toksinlari homilaga o‘tib, uni nobud qiladi yoki bemor ayolning tana harorati ko‘tarilishi natijasida bachadon vaqtidan ilgari qisqaradi. Bu holat bolatushishiga sabab bo‘ladi.Surunkali yuqumli kasalliklar (brutselloz, zaxm, toksoplazmoz, bezgak va boshqalar)da intoksikatsiya sababli yo‘ldoshdagi xorion tukchalar tomiri atrofiyalanib, hatto ba’zan yo‘q bo‘lib ketadi. Natijada, bu ham homilaning vaqtidan ilgari tushishiga sabab bo‘ladi. Qon tizimlarining, chunonchi, ona bilan homila qonining rezus jihatdan bir-biriga mos kelmasligi ham, homilaning o‘lik tushishiga sabab bo‘ladi (ona qonida rezus-faktor manfiy, homilada esa musbat bo‘lsa). Yurak, buyrakning og‘ir kasalliklarida (yurak porogi, nefrit, piyelonefrit qaytalashida, bola tushishiga moyil sharoit vujudga keltirishi mumkin). Oziq-ovqatlarda vitaminlar (A, B, C, E va boshqalar) ning yetarli bo‘lmasligi ham bola tushishiga olib kelishi mumkin. Listerioz, toksoplazmoz, ornitoz kasalliklari ham homiladorlikning barvaqt to‘xtashiga sabab bo‘ladi. Ba’zi bir mualliflarning aytishicha, trixomoniaz kasalligi, virusli infeksiyalar ham bola tushishiga sabab bo‘lishi mumkin. Infantilizm va neyroendokrin tizim faoliyatining buzilishi yoki yetishmovchiligi, ko‘pincha birinchi homiladorlikda bola tushishiga va keyinchalik bola tushishi takrorlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
1. Tahdid qiluvchi abortda homila tuxumi bachadon shilliq pardasiga yopishgan, hali ko‘chmagan bo‘ladi. Qonli chiqindi kelmaydi. Qorin pastida yoki bel sohasida og‘riq seziladi. Qin orqali tekshirganda abort xavfi bo‘lsa, bachadon bo‘ynining shakli o‘zgarmagan va ochilmagan bo‘ladi. Bachadon biroz taranglashgan bo‘ladi. Bunday abort xavfi davolash natijasida yo‘qoladi (og‘riq to‘xtaydi), ya’ni homila tuxumining bachadon devoridan ajralish jarayoni to‘xtaydi. Demak, homilani saqlash mumkin bo‘ladi.
2. Boshlangan abort bu xildagi abort beixtiyoriy abortning ikkinchi bosqichi hisoblanadi Bunda qorin pasti og‘rib, qon keladi. Qin orqali tekshirilganda yuqorida aytilgan belgiTahdid soluvchi abortlar bo‘lib, faqat bachadon bo‘ynining tashqi teshigi barmoq uchi sig‘adigan darajada ochiq va bachadon ancha taranglashgan bo‘ladi. Boshlanayotgan abortda ham homiladorlikni saqlab qolish mumkin. Agar homila tuxumi bachadondan ko‘chishi natijasida nobud bo‘lgan bo‘lsa, boshlangan abortni to‘xtatib bo‘lmaydi va bu abortning keyingi bosqichiga o‘tib ketadi.
3. Jadallashgan abort Bunda homila tuxumi butunlay ko‘chadi va bachadon bo‘ynining kengaygan kanali orqali bachadon bo‘shlig‘idan chiqayotgan bo‘ladi Bachadon bo‘ynining kanali ochilganligi, unda homila tuxumi borligi, tuxumning pastki qismi qinga kirganligi qin orqali tekshirganda aniqlanadi. Jadallashgan abortda, ayniqsa, ilk abortda qon ko‘p ketadi. Davosi ko‘chgan homila tuxumi asbobda olib tashlanadi. Kech abortda homila tuxumining o‘zicha tushishini kutish tavsiya etiladi. Ko‘p qon ketgandagina homila pufagi yoriladi, homila tug‘ilgach yo‘ldosh qo‘lda yoki asbobda olib tashlanadi.
4. Chala abort homila tuxumi butunlay chiqmay, uning bachadon devoridan ko‘chmagan qismlari qoladi . Odatda, amnion, xorion, desidual parda va platsenta yoki ularning qismlari bachadonda ushlanib qoladi. Bunday abortda kuchli qon ketishi mumkin, aksari qon laxtalari bachadonda ushlanib qolgan pardalarning zarralari chiqadi. Qin orqali tekshirganda bachadon
bo‘yni kanali barmoqni o‘tkazad. Chala abortda homila tuxumining qoldiqlarini asbobda olib tashlash tavsiya etiladi. Bachadon bo‘shlig‘ida homila tuxumining qoldiqlari hayot uchun xavfli darajada qon ketishiga va infeksiya kirishi bilan aloqador kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli chala abortda ayolni shoshilinch ravishda vrachga jo‘natiladi. Ayolning ahvoli og‘ir bo‘lsa, o‘sha joyning o‘zida yordam berish uchun vrach chaqiriladi.
5. To‘liq abort homila tuxumi Bachadon bo‘shlig‘idan batamom chiqqanda (homila tuxumi ba’zan yaxlit chiqadi) to‘liq abort yoki tugallangan abort deyiladi. To‘liq abortdabachadon qisqaradi, bachadon bo‘ynining kanali berkiladi, qon oqishi to‘xtaydi. Homiladorlikning dastlabki oylarida to‘liq abort, kech oylarga qaraganda kamroq uchraydi. Ilk abortda, bachadondan shikastlanmagan homila tuxumi chiqib ketgan taqdirda ham, desidual parda askari bachadonda qoladi. Qolgan desidual parda uzoq vaqt qonli chiqindini kelishiga, infeksiya avj olishga sabab bo‘ladi (desidual endometrit). Shu sababli homiladorlikning ilk oylarida to‘liq abortdan keyin desidual pardani olib tashlash uchun bachadonni qirish tavsiya etiladi. Kech to‘liq abortda bachadonni qirish zaruriyati tug‘ilmaydi. Homilaning rivojlanishdan qolib bachadonga yopishishi. Homilaning ona qornida nobud bo‘lganligini, bachadonning o‘sishdan to‘xtab, so‘ngra tobora kichrayganligiga va homiladorlikka xos belgilarning (ko‘ngil aynish, qayd qilish va boshqalar) yo‘qolganiga qarab aniqlanadi va UTT (ultratovush tashhisi)ga tushirib aniqlanadi. Bundan tashqari sut bezlarini siqqanda, og‘iz suti o‘rniga sut chiqadi.

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish