Mavzu: Temir yo`l kompaniyasining daromadlari
R E J A :
01
Daromad tushunchasi va uning tarkibi.
02
Temir yoʼl kompaniyasining asosiy faoliyatdan boshqa daromadlari.
03
Daromadlarni rejalashtirish va shakllantirishni boshqarish. Realizatsiyadan tushgan sof tushum, asosiy faoliyatdan olingan boshqa (operatsion daromadlar) daromadlar, sof foyda, ularning taqsimlanishi.
«O’zbekiston temir yo’llari» temir yo’l kompaniyasi ko`p tarmoqli xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanadi. Tashish bilan bir qatorda u sanoat maxsulotlarini ishlab chiqaradi va sotadi. Ta’mirlash- qurilish ishlarini, aholiga xizmat ko’rsatish va tashish bilan bog’liq bo’lgan turli ishlab chiqarish xizmatlarini bajaradi, moliyaviy operatsiyalarda qatnashadi. Temir yo’l mahsuloti (ishi, xizmati) hajmining pul ko’rinishidagi daromadlari mahsulotni sotishdan shakllanadi. Ular temir yo’l kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish va boshqa harajatlarini qoplashga va foydani shakllantirishga zarur. Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan daromadlar moliyaviy resurslarni shakllantirishning asosiy manbai hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalterliya hisobi to’g’risida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan Buxgalteriya hisobi milliy standartlarida daromad deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektning oddiy faoliyati davomida olingan daromadlar, shu jumladan mahsulotni sotish (ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatish)dan olingan daromadlar, olingan foizlar, dividendlar, royaltilar tushuniladi. Xo’jalik faoliyatidan tushadigan pul mablag’lari asosiy, operatsion va moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlardan iborat bo’ladi.
Milliy standartlarda asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarni tavsiflashda ishlatiladigan terminlarning tushunchalari beriladi. Ularning asosiylarini keltiramiz.
Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o`z sarmoyalariga badali bilan bog’liq bo’lgan ko’payishlarni istisno etganda, o`z sarmoyasi ko`payishiga olib keladigan tushumlar. Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromad xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob raqamiga yalpi tushumlardan yoki olinishi mumkin bo’lgan tushumlardan iborat. Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromad joriy narxlarda olingan yoki olinishi lozim bo’lgan tushum (to’lov) qiymati bo’yicha baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |