Korxonaning tarixi. Korxonaning boshqaruv strukturasi. Korxonaning ishchilar bilan ta`minlanganligi



Download 67,09 Kb.
bet1/11
Sana26.04.2022
Hajmi67,09 Kb.
#582801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'rindiqlar tayyorlash texnologiyasi Uz – Tong Hong Co misolida


Uz – Tong Hong Co


REJA:


KIRISH



  1. Korxonaning tarixi.

  2. Korxonaning boshqaruv strukturasi.

  3. Korxonaning ishchilar bilan ta`minlanganligi.




  1. Xulosa.



  1. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko`lamini kengaytirish muhim rol o`ynadi. So`nggi 3 yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ikki barobar ortdi. 2013 yilda 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1140 ta loyiha amalga oshirildi. 2013 yilda eksport va importni ijobiy saldosi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Oltin zahira fondi 2 foizga o`sdi.
GM-Uzbekiston yopiq aktsiyadorlik jamiyatida 2013 yilda johon andozalariga mos jami 246641 ta avtomobil` ishlab chiqarildi ( O`zbekiston ovozi 9.01.2014 y). Mahsulotning 157751 tasi o`zimizda qoldirildi. 90795 tasi eksport qilindi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog`iston, Ozarbayjon, Armaniston davlatlarida ham O`zbekiston avtomobillarining xaridorlari ko`paymoqda.
Neksiya, Matiz, Lasetti, Kobal`t ham xaridorlar e`tiborini qozondi. 2014 yilda GM-Uzbekistonda texnologik modernizatsiya tadbirlari yanada jadal davom ettiriladi. Chunonchi Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 7 kishiga mo`ljallangan yangi rusumdagi bu avtomobil` ham tazda xaridorlarini topishi shubhasiz.
Mamlakatimiz 2013 yilda yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo`jaligi- 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi -14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi.
2013 yil hisobotiga ko`ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan 60 foizni tashkil etdi.
Yurtimizda sanoatni ustvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modemizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo`lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o`rni tobora ortib bormoqda. Bu 2013 yilda sanoat mahsulotlarinf 78 foizni tashkil etdi.
2013 yilda yuqori texnologiyalarga asoslangan mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati 121 foizni tashkil etdi. Iqtisodiyotimizning deyarli barcha tarmoqlari modemizatsiya qilinib, amalda texnologik jihatidan yangilanmoqda. Ana shunday o’zgarishlar hisobiga yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2013 yilda 24,2 foizni tashkil etdi. Bu 2000 yilda 14, 2 foizdan iborat edi. Ma’lumki, ushbu avtomobillarni ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish maqsadida viloyatimizda 30 ga yaqin butlovchi qismlar ishlab chiqaruchi korxonalar ishlab turibdi, 2013 yilda ularda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sonini va sifatini oittirish ustida ishlar olib borilmoqda.
2013 yilda umumiy eksport hajmining 72 foizi raqobatbardosh tayyor tovarlarga to’g’ri keldi.
Mahsulot eksport qilishga 450 ta yangi korxona jalb qilishga erishildi.
2013 yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi, o`rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga oshdi. O`zbekistonda eng past va eng yuqori daromad oladigan aholi guruhlari o`rtasidagi tafovut darajasi 8 barobarga to`g`ri keldi.
2000 yilda 100 ta oilaga o`rtacha 20 ta engil avtomomobil` to`g`ri kelgan bo`lsa bu 2013 yilda 41,4 taga etdi. Mamlakatdagi oilalaming 11 foizdan ortig`i ikkitadan yengil avtomomobillarga ega. 2014 yilda sanoat sohasida yuksak texnologiyalarga asoslangan va zamonaviy muhim ob`ektlar va quvvatlami ishga tushirish, investitsiyalami oshirish yilida Xorazm viloyatida DAMAS rusumli engil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish mo’ljallandi.
2013 yilda Investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar capital qoyilmalar o`zlashtirildi, o`tgan yilga nisbatan 11,3 foizga ko`pdir. Bundan 47 foizi xususiy investitsiyalar, Jalb etilgan investitsiyalarni 70 foizi ishlab chiqarish obektlarini qurishga yo`naltirildi. Eng yangi zamonaviy uskanalarga 40 foizini tashkil etdi. Investitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etdi. O`zlashtirilgan umumiy capital qo`yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig`i xorijiy investitsiyalardir. Shundan 72 foizi 2,2 milliard dollari to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalardir.
2013 yilda yo`l - transport va muhandislik - kommunikatsiya infratuzilmalaridan umumiy foydalanishdagi 530 kilometrlik avtmobil` yo`li qurilib rekonstruksiya qilindi. To`rt qatorli G`uzor - Buxoro- Nukus - Beynov avtomobil` yo`lining 141 kilometrlik tarmog`ini sement-beton bilan qoplash, to’rt qatorli Toshkent - Osh avtomobil` yo`lining Qamchiq davoni orqali o`tadigan 18 kilometrlik qismida asphalt - beton yotqazildi, anashu yo`lning Qo`qon shahrini aylanib o`tadigon 15 kilometrlik tarmogi, Toshkent aylanma yo`lining yangi yo`nalishi, Buxoro shahridagi halqa yo`lda yo`l o`tkazgich qurilishlari tugallandi.
2013 yilda temir – yo`l transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo`yicha: 240 kilometrlik temir – yo`l tarmoqlarini modemizatsiya qilish, 550 ta yuk, 30 ta yo`lovchi tashiydigan vagon ishlab chiqarish imkonini berdi.
2013 yilda xitoylik sheriklar bilan Angren - Pop yo`nalishida eliktirlashtirilgan yangi temir yo`lni va 19 kilometrlik temir – yo`l tonnelini qurish.
Ishlab chiqarish xarajatlari yuqoriligi, texnologik jihatidan qoloqligi tufayli raqobatbardoshlikni oshirishda to`siq bo`lmoqda. Bu elektr texnika sanoatida uskanalaming 44 foizi, mashinasozlik tarmog`ida 37 foizni, eskirgan.
2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko`rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo`shimcha chora - tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 2013 yilda 13000 korxona, savdo - maishiy komplekslar, minibanklar sug`urta kompaniyalari filiallari va boshqa korxonalar tashkil etildi. Bu bilan 2013 yilda ko`rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5 foizga, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53 foizni tashkil etdi.


  1. KORXONA TARIXI


“Uz – Tong Hong Co” qo`shma korxonasi avtomabillarga o`rindiqlar ishlab chiqaradi. Korxona 1995 - yil 30 - mayda Janubiy Koreyaning “TONG HEUNG ELECTRIK Co” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 1997 – yil Iyun oyida korxona o`zining birinchi mahsulotini ishlab chiqardi. Hozirgi kunda avtomabil` o`rindiqlari Janubiy Koreyaning “KM&I Co Ltd” va “Uzavtosanoat” AK hamkorligida ishlab chiqarilmoqda. “Uz – Tong Hong Co” korxonasi yiliga 220000 komplekt avtomabil o`rindiqlarini ishlab chiqara oladi. Bu ko`rsatkich 2013- yilda 12% yuqorilab yillik 250000 komlektga yetkazildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan avtomabil` o`rindiqlaridan tashqari yumshoq stullar, elektr adyollar, sport oyoq kiyimlari, futbol, valeybol, basketbol, va tennis to`plari, ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan. 2015 – yilda korxona Andijon viloyati Baliqchi tumanida o`z filialini ishga tushirdi filial asosan sport kiyimlar va sport toplarini ishlab chiqaradi.
Korxonaning xamkorlariga to`xtaladigan bo`lsak asosiy hamkor bu “GM Uzbekistan” korxonaning asosiy istemolchisi xisoblanadi. Mahsulot yetkazib beruvchi tashqi hamkorlar ham mavjud bular;

  1. “KM&I Co Ltd” kompaniyasi (Janubiy Koreya) – butlovchi qismlar va penopoliurin siryosini yetkazib beradi

  2. “SPACK AUTOMOTIVES LTD” kompaniyasi (Xindiston) – butlovchi qismlar yetkazib beradi

  3. “CHONQGING CHINABASE IMPORT & EXPORT CO.LTD” (XXR) – butlovchi qismlar yetkazib beradi

  4. “ДОНБАСС – ЛИБЕРТИ” QK (Ukraina) –

  5. “БЕЛОРЕЦКИЙ МЕТАЛЛУРГИЧЕСКИЙ КОМБИНАТ” (Rossiya) – temir maxsulotlari yetkazib beradi

  6. “RESSER FZE” kompaniyasi (BAA) – penopoliurin siryosini yetkazib beradi

  7. “ПОЛИПРЕН” (Rossiya) – penopoliurin siryosini yetkazib beradi.


Download 67,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish