MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
69
Realizatsiya qilinmagan foyda (zarar) tarkibiga, shuningdek, to’langan va olingan
jarimalar, penyalar, neustoykalar va sanksiyalarning boshqa turlaridan sal’dolar (byudjetga va
qonunchilikka mos ravishda byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan sanksiyalardan tashqari);
boshqa daromadlar va xarajatlar (zararlar va yo’qotishlar) kiradi.
5.2.Moliyaviy natijalar haqida auditning axborotlar manbalari.
Korxona faoliyati moliyaviy natijalarini auditorlik tekshiruvi jarayonida foydalaniladigan
asosiy me’yoriy xujjatlar quyidagilar hisoblanadi:
1.
1995 yil 21 dekabrda va 1996 yil 9 avgustda (navbatdagi o’zgarishlar va qo’shimchalar
bilan) qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.
2.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 24.04.1997 yilda tasdiqlangan (navbatdagi
o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan).
3.
“Faoliyatlarning alohida turlarini litsenziyalash haqida”gi O’zbekiston Respublikasining
12.05.2001 yildagi qonuni (navbatdagi o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan).
4.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi haqida”gi qonuni 13.04.2016 yil.
5.
O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati haqida”gi qonuni, 26.05.2000 yil.
6.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 7.02.2002 yil 31-sonli buyrug’i “Moliyaviy
hisobotlar shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalar” (navbatdagi o’zgarishlar va
qo’shimchalar bilan).
7.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulk qo’mitasi va Davlat soliq
qo’mitasining 25.03.2002 yil 47-, 10-1-, 48-, 2002-33-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
aksiyalarini davlat ulushi davlat payi bo’yicha dividentlarni hisoblashi, to’lovi va maqsadli
foydalanishi ustidan nazorat tartibi haqida Nizom”.
8.
Korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schetining rejasi
(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1998 yil 9 sentyabrdagi 37-sonli buyrug’i).
9.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos (O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi 1998 y. 26.07. №17-07/86).
10.
BHMS № 1. “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi 1998 y. 26.07. №17-07/06-sonli).
11.
BHMS № 3. “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi 1998 y. 25.08. № 48).
12.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 14.01.2002
yildagi “Yuridik shaxslar daromadlaridan (foydalaridan) byudjetga soliqlar ajratish va to’lash
tartibi haqida Instruksiya”si haqidagi 15- va 2002-1e-sonli qarorlari.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydadan foydalanish bo’yicha operasiyalarni
tekshirish uchun ma’lumotlar manbalari quyidagilar hisoblanadi:
muassislik hujjatlari, muassislar yig’ilishining bayonnomasi, buyruqlar, qo’llanmalar;
kassirning birlamchi hujjatlar ilova qilingan hisobotlari (kirim va chiqim kassa orderlari,
to’lov vedomostlari, kvitansiyalar v.b.);
banklarning summa va valyuta schetlarining ko’chirmasi birlamchi hujjatlari ilovasi bilan
(schetlar, to’lov topshiriqlari, avizo v.b.);
realizatsiyalar, foyda va zararlar yoki soliq to’lovlari va yig’imlar scheti bo’yicha hisob
reestrlari (vedomostlar, order-jurnallari, mashinogrammalar);
Bosh kitob;
№ 1- shakl “Buxgalteriya balansi”;
alohida soliqlar bo’yicha hisob-kitoblar v.b.
Do'stlaringiz bilan baham: |