MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
75
olish vaqtni talab qiladi, ayrimlardan ishonchsizlik to’g’diradi, ayniksa, bahoni belgilashda.
Bundan tashqari, tadbirkorlar hamma vaqt ham barcha sarf va to’lovlarni bevosita foyda
hisobidan qoplashni hohlamaydilar, soliqqa tortiladigan foydani kamaytirishga harakat
kiladilar. Shuning uchun ham direkt-kosting usulini keng ko’lamda yoyish aksariyat
mamlakatlarda bevosita davlat organlari talabi asosida amalga oshirilmoqda.
Xorijiy amaliyotda tuziladigan foyda to’g’risidagi hisobotning asosiy vazifasi hisobot
davri uchun korxonalar faoliyatining natijalari to’g’risida foydalanuvchilarga axborot
berishdan hamda ana shu natijaga ta’sir etgan omillarni taqdim etishdan iborat. Ta’kidlash
lozimki, ana shu hisobotda faoliyat natijalari soliq solinishiga qadar va soliq solingandan
keyin belgilanadi, soliqqa tortildigan bazani hisoblab chiqish jarayoni esa buxgalteriya
hisobidan tashqarida, hisob-kitob yuli bilan mustaqil amalga oshiriladi.
Faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobot malumotlari, korxona faolitatining mutloq
ko’rsatgichlaridan tashqari, hisobot va moliyaviy bozorlardan foydalanuvchilar uchun bir
qancha ko’rsatgichlarni hisoblab chiqish imkonini beradi. Bular qatoriga rentabellik va
aylanish ko’rsatkichlari kiradi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida ish ko’rayotgan xorijiy mamlakatlar
kompaniyalarida “ Foyda va zarar to’g’risida” gi hisobotlar shakli qattiqqo’llik bilan cheklab
ko’yilmaydi. Shaklning qayishqoqligiga uning standartiga nisbatan ko’proq ahamiyat
beradilar. Korxonaning hisobot davridagi foydasi har tomonlama asoslangan bo’lishi kerak.
Bu foyda va zarar to’g’risidagi hisobotda o’z aksini topgan, ushbu hisobotda
tugallangan operatsiyalardan foyda va zararlar, favqulodda, g’ayrioddiy foyda yoki zarar,
shuningdek hisob yuritish tizimidagi o’zgarishlarning foydaga ta’siri ochib beriladi. Hisobotda,
shuningdek, har bir aktsiya uchun to’g’ri keladigan foydaning miqdori to’g’risidagi
ma’lumotlar ham taqdim etiladi.
Yuqorida bayon etilgan hisobot shakli kompaniyaning foydalari va zararlari
to’g’risida va unga qanday ma’lumotlar aks etgani haqida tasavvur beradi. Kompaniyalar
soliqqa tortiladigan foydani aniqlaydilar, buning uchun ular daromadning yalpi summasidan
amaliy faollik bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni chegirib tashlaydilar. Xarajatlarning
qaysi bir turlarini chegirib tashlash kerak va qaysilarini yalpi daraomadga qo’shish lozim?
Bu xorijiy mamlakatlarning federal va soliq qonunlari bilan belgilab beriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |