MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
71
Ayditor yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar va daromadlarning asoslanganligi va
qonuniyligini, ularning soliqqa tortilishi to’g’riligini tekshirib ko’rishi kerak.
Xo’jalik shartnomalarining shartlari buzilganligi uchun jarimalar, penyalar va boshqa
sanksiyalar summalari sudning qaroriga, oldi-sotdi shartnomasiga, mahsulotlar etkazib
berilishiga, yetkazib beruvchi (xaridor)ning e’tirozlarini ixtiyoriy tan olishni yozma ravishda
tasdiqlashi, to’lov topshiriqnomalariga mos ravishda belgilanadi.
Kreditorlik va deponent qarzdorliklarini da’vo muddati o’tib ketgani bois hisobdan
chiqarish mahsulotlarning oldi-sotdi shartnomalari, yetkazib beruvchiga pul mablag’lari
o’tkazilganligini tasdiqlovchi bank hujjatlari, schet-faktura, xaridorlarga yuklab berilgan
mahsulotlar yuk xatlari asosida bajarilishi lozim.
Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillar operatsiyalari bo’yicha foydalar (zararlar) oldi-sotdi
shartnomalari, mahsulot etkazib berilgani bilan tasdiqlanishi kerak, ular: schetlar, to’lov
topshiriqnomalari, nakladnoylar, olish-topshirish aktlari, xatlar; buxgalteriya ma’lumotnomalari,
soliq inspeksiyasi idoralari tomonidan hujjatli tekshirish aktlaridir.
Keltirilgan sud va arbitraj xarajatlari miqdori sud qarori ma’lumotlari, to’lov
topshiriqnomalari bilan aniqlanadi.
Moliyaviy natijalarga tegishli soliqlar summasi soliq hisob-kitoblari ma’lumotlari bilan
tekshiriladi (soliq bo’yicha ma’lumotnomadan).
Valyuta operatsiyalari bo’yicha kurslardagi ijobiy (salbiy) farqlar valyuta shartnomasi
ma’lumotnomadan; valyuta hisobraqamlari (schetlari) bo’yicha to’lov topshiriqnomalari va bank
ko’chirmalaridan; bojxonaning yuk deklaratsiyalari, yuk xati schetlari, invoyslar, konosamentlar
v.b. bo’yicha belgilanadi.
Boshqa korxona faoliyatida ulushli ishtirokidan daromadlar, aksiyalar, obligatsiyalar va
boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha (foizlar) dividentlar xabarnoma ma’lumotlari, emitent
korxonaning avizosi “depo” scheti bo’yicha tekshiriladi. Daromadlar tarkibiga mulkni ijaraga
berish, berilgan qarzlar bo’yicha foizlarning o’z vaqtida qo’shilishi bunday to’lovlar muddatlari
va miqdori haqidagi mos keluvchi shartnomalar ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
Aydit, shuningdek, hisobot davrida moliyaviy faoliyat xarajatlari tarkibiga asoslanmagan
tarzda soliq boshqa nazorat idoralari tomonidan solingan jarima summalari, mulkni pulini
to’lamaslik (tekinga) berilgandan zararlar v.b. qo’shib qo’yilish holatlari bo’lmaganligini
kuzatishi zarur, bunday xarajatlar davriy xarajatlari tarkibiga qo’shiladi.
Hisobot davri foyda (zarar)ning umumlashtirilgan ko’rsatkichlarini tekshirish ishlab
chiqarish sarfiga u bilan bog’liq bo’lmagan chiqimlarni qo’shib qo’yganlik faktini aniqlash,
shuningdek, soliqqa tortish ob’yekti bo’lmagan daromadlarni noto’g’ri hisoblash holatlarini
aniqlash maqsadlari bilan o’tkaziladi.
Bunday xatolar va ularning yuzaga kelish sabablarini 4 ta asosiy guruhlarga ajratish
mumkin:
-
byudjetga to’lovlar miqdorini aniqlash uchun qabul qilinadigan foydadagi tovarlar,
moddiy xarajatlar miqdoriga, mahsulotlar, ish, xizmatlar tannarxiga qo’shiladigan moddiy
xarajatlarning asoslanmagan holda ko’paytirilgan (kamaytirilgan) miqdori oqibatida, TMQ,
RBPS) tog’ri hisoblanganligi va debitorlar bilan e’tirozlar xarajatlari to’g’ri hisobga olinmagani
oqibatida foydadagi xatoliklar;
-
ishlab chiqarish safiga qo’shilgan, amaldagi qonunchilikka mos holda maxsus manbalar
hisobiga qoplanadigan balans passivida aks etadigan xarajatlar;
-
ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shish yoki sof foyda xarajatlari hisobiga kiritish bilan sof
foyda hisobiga qoplanadigan, operatsion va realizatsiya qilinmagan daromadlarni ularning
tarkibiga tovarlar va mahsulotlar realizatsiyasi va boshqa operatsiyalar yo’li bilan moliyaviy
natijalarni qo’shishdan byudjetga to’lovlar uchun qabul qilinadigan moliyaviy natijalardagi
xatolar;
Do'stlaringiz bilan baham: |