MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
80
etishini tekshirish bilan bir vaqtda kechadi (biroq, misol uchun olganda, kadrlarni nazorat qilish
buxgalteriyaning vakolatiga kirmaydi) va u yoki bu uchastkani mufassal tekshirishni o’z ichiga
olishi mumkin.
Tekshirish chog’ida auditor tekshirilayotgan yil davomida nazorat amalga oshirilgani yoki
oshirilmaganini aniqlashi lozim. Agar nazorat xatari darajasining bahosi o’zining dastlabki
sub’ektiv mulohazasiga asoslangan bo’lsa, u ichki nazoratning haqiqiyligiga to’la ishonmasligi
lozim. Aksincha, tekshirish nazorat xatarining ob’ektiv bahosini (masalan, statistik va nostatistik
tanlovga asoslangan bahosini) o’zining dastlabki (boshlang’ich) bahosiga qiyoslash uchun
amalga oshiriladi.
Nazorat paytlarini statistik testlashda auditor topilayotgan noaniqliklar miqdoriy
aniqligiga, muhimligi va ahamiyatliligiga e’tibor bermay, shubha tug’dirgan hamma paytlarni
aniqlashi va qrganishi zarur. Nazorat paytlarini testlash shundan iboratki, amalga oshirilgan
operatsiyalarning to’g’ri aks ettirilgani emas (bu ishning mohiyatini tekshirish chog’ida
aniqlanadi), balki nazorat paytlarining ta’sirchanligi tekshiriladi.
Agar auditor yil davomida ichki nazoratda ma’lum kamchiliklar bo’lganini aniqlasa, u
holda qqyidagilarni aniqlash uchun ko’pincha muqobil tadbirlarni ishlab chiqadi.
a) muvofiqlikni aniqlash uchun oldin o’tkazilgan tekshirishlarning natijasi qandayligini
aniqlash;
b) oradan vaqt o’tgandan sqng nazorat turlari o’zgardimi, agar o’zgargan bo’lsa, ushbu
natija ana shu o’zgarish tufayli bo’lishi mumkin;
v) qolgan davrning yana qancha davom etishi - hisobda aniqlangan nuqsonlar shunga
qxshash vaziyatlarda takrorlanishi mumkin va hokazo.
g) qaysi moddalar qay darajada nazorat qilinishi zarurligi – bunday aniqlangan
nuqsonlarning muhimligi (va ularning keyinchalik takrorlanishi mumkinligi) bosh me’zon
bo’ladi;
d) nazorat natijalaridan qat’iy nazar, qanday tekshirish o’tkazilishi – ularning bir qismi
ichki nazoratning aniqlangan bqsh joylarini to’ldirishi mumkin.
Auditor ichki nazorat tizimini tushunib etishga harakat qilib, bu nazorat har kuni
bajarayaptimi-yqqmi, bu nazorat operatsiyalarni amalga oshirish tartibini va ularning hisob
registrlarida aks ettirilishini kuzatadimi-yo’qmi – shu kabilarni tadqiq etadi. Auditor ichki
nazorat tizimini ana shunday batafsil o’rganish natijalari bo’yicha o’zining nazorat xatari
bahosiga va audit dasturiga mumkin bo’lgan o’zgarishlarni kiritadi (1.1.8.).
Shu tariqa auditor shu xo’jalik yurituvchi sub’ektda nazorat xatari darajasi juda kam, degan
xulosaga kelsa, nazorat paytlarini batafsil testlashdan voz kechishi mumkin, ammo to’plangan
auditorlik dalillarining to’g’riligiga ishonch hosil qilish uchun moliya-xo’jalik operatsiyalarining
mohiyatini qattiq va puxta tekshirishi shart. Nazoratning eng yuqoridan pastroq xatari auditordan
boshqacha qarorni talab qiladi: bunday hollarda nazorat paytlarini avval saralab testlash
afzalroqdir (4-bobga qarang). Nazorat xatari juda kam bo’lsa, testlashning barcha natijalarining
batafsil yozuvi juda zarur bo’ladi. Bunday hollarda tekshirish dasturini ishlab chiqish va
o’tkazish auditning hozirgi maqsadi uchun maqbul deb baholangan ishonch darajasiga qarab
turlicha amalga oshirilishi mumkin. Bunda standart tahliliy tadbirlar (6.21.) va mohiyatini
batafsil, chuqur tekshirish afzalroq va o’rinliroq bo’ladi.
Auditorlarning tadbirkorlik xatarining ular tekshirayotgan iqtisodiy sub’ektlardan farqli
ravishda qo’shimcha jihatlari borki, auditorlar har bir yangi buyurtmani bajarish chog’ida
ulardan iloji boricha qutilishi kerak.
Mijozga xizmat ko’rsatishga kirishilar ekan, avvalo o’z strategiyasini aniqlab olishi,
So’ngra uni puxta rivojlantirib, batafsil ishlab chiqishi zarur (13-ilova). Bunday ishlanmalar
umumiy ko’rinishda bir qancha savollarni qamrab oladi. Deyarli barcha javoblar auditorning ish
hujjatlarida qayd etiladi (1.1.8.). Bu amalda auditorlik tekshirishini mos ravishda o’tkazish,
demakki, auditorlarning tadbirkorlik xatolarining ma’lum jihatlarini kamaytirish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |