MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
83
Demak, auditor faqat yuksak professionalizm va ahloqiy fazilatlarga ega bo’libgina
qolmay, o’z biznesining xususiyatlarini, tadbirkorlik xatarlarini yaxshi bilishi shart, deyish uchun
hamma asoslar mavjud. Bunday masalani hal etishda auditorlik dalillar va muhimlik darajasi
asosiy o’rin tutadi.
Axborot, shu jumladan hisob axboroti yqqligi yoki buzib ko’rsatilishi undan
foydalanuvchining buxgalteriya hisobotiga asoslangan qaroriga ta’sir qilsa, bunday axborot
muhim hisoblanadi (6.19.). Shu bois, muhim bqlmagan nuqsonlarga katta e’tibor berilmaydi.
Buxgalteriya axborotidan foydalanish maqsadlari bu axborotning barcha muhim jihatlarida
axborot xatarining maqbul darajasini belgilab beradi. Auditorlik tekshirishlari chog’ida u yoki bu
pisandalarni (izohlarni) auditorlik xulosalariga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida masala tez-tez
paydo bo’ladi va juda puxta ko’rib chiqiladi. Bunda umumiy qoidalar shundan iboratki,
aniqlangan nuqsonlarning muhimliligini umuman buxgalteriya hisobotini ishonchliligi nuqtai
nazaridan baholash lozim (qsha joyda 1.1.2., 3-4 b.).
Bunda:
a) agar xatolar to’g’risida axborot mavjudligi (masalan, auditorlik xulosasida pisandalar
(izohlar) bo’lsa) malakali foydalanuvchilarning keyingi qarorlariga ta’sir qilishga qodir bo’lsa,
bu g’arazgqylik muhimdir;
b) agar xato malakali foydalanuvchilarni chalg’itsa, ularning keyin shu axborot asosida
qabul qilgan qarorlari qxshash bo’la olmasa, bu xato eng yuqori darajada muhim hisoblanadi.
Auditor tekshirishni davom ettirish to’g’risida yoki buxgalteriya hisobotidagi u aniqlagan
nuqsonlarni qabul qilish mumkinligi haqida uzil-kesil qaror qabul qilishi lozim. Axborot
xatarining maqbul darajasi quyidagilarga bog’liq:
a) audit turiga yoki nazoratning undan farq qiladigan shakllariga, bozor tekshirishlari,
kelishilgan tadbirlar bo’yicha auditorlar xizmatiga va shu kabilarga;
b) auditorlik xulosasidan asosiy foydalanuvchilarning manfaatlariga;
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’isida»gi Qonun qabul qilgandan sqng
auditning muhimligi kontseptsiyasi joriy etila boshladi (1.1.8.). Ammo ko’p masalalar nazariy
jihatdan ham amaliy jihatdan ham hozircha hal etilmagan, ular mazkur kontseptsiya asosida
tadqiq etilishi lozim.
Auditning umuman muhimligi 1999 yillardan boshlab amalda tan olindi. (1.1.8.). Bir
qancha hollarda (lekin hamisha emas) umumiy muhimlik to’g’risida dalillar mavjud bo’ladi.
Biroq, ko’p hollarda umumiy muhimlikning uzil-kesil darajasi birdaniga emas, bosqichma-
bosqich, segmentlar bo’yicha, tekshirish chog’ida to’plangan auditorlik dalillarining, jamini
umumiy baholash chog’ida aniqlanadi. Bunda, auditor muhimlikning turli jihatlarini e’tiborga
olishi lozim, ularning orasida quyidagilar bor:
a) buxgalteriya hisobi to’g’risidagi amaldagi qonunlarning eng muhim xo’jalik
operatsiyalari yuzasidan, shuningdek, balansning eng muhim moddalari bo’yicha muntazam
yozuvlar olib borish va xujjatlar bilan rasmiylashtirishga doir faqat rasmiy emas, muhim
talablariga rioya qilish;
b) tasdiqlash uchun taqdim etilgan buxgalteiya hisobotida muhim xatolar, me’yordan
chekinishlar yqqligi;
v) xo’jalik yurituvchi sub’ektda yoki tekshirilayotgan davrda yoxud balans chiqarilgandan
keyin, lekin auditorlik xulosasi tuzilguncha muhim noaniqliklarning mavjudligi;
g) mijoz ma’muriyati balansda ham, unga ilovada ham, buxgalteriya hisobotiga
tushuntirishda ham ochiq ko’rsatmagan muhim va katta axborotning aniqlangani.
Auditor muhimlik darajasida izchil qaror qabul qilishi mumkin, ya’ni u juz’iy baholardan
asta-sekin umumiy ahamiyatni baholashga qtadi. Auditda muhimlik me’zoni qqllanishi tartibini
ikki bosqichdan iborat deb qaramoq kerak, ularning har birida o’zaro bog’liq ishlar aniqlanishi
mumkin:
Testlash lozim bo’lgan sohani rejalashtirish, ya’ni ikki ish:
Do'stlaringiz bilan baham: |