MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
85
2. Umumiy muhimlik darajasini, uning mazmunini auditor belgilaydi, u
foydalanuvchilarni qiziqtirmaydi, (hisobotdan turli foydalanuvchilar buxgalteriya hisobotidagi
axborotning turli jihatlariga qiziqadilar); foydalanuvchilar auditda muhimlik kontseptsiyasi
to’g’risida yaxshi tasavvurga ham ega emaslar.
3. Hatto, bitta iqtisodiy sub’ektning o’zida muhimlik darajasining auditor bergan bahoning
ancha variantlari bo’ladi va bu muqarrardir; bu variantlar ko’p omillar hosilasi bo’lib, bu omillar
orasida auditorning tajribaliligi, mijoz tarmoq xususiyatlarini yaxshi bilishi va boshqalar bor.
4. Auditor o’zi aytayotgan rasmiy fikrining mutloq to’g’riligiga hech qachon amin
bo’lolmaydi. Xulosada u o’z fikrini bildirayotganini alohida ta’kidlaydi.
5. Xulosada foydalaniladigan ishonchlik va ob’ektivlik to’g’risidagi jumlalar zarur, lekin
uni aniq belgilab bo’lmaydi. - auditorning fikri faqat tekshirish natijalariga (to’plangan auditorlik
dalillariga emas, shu bilan birga auditorning professional mulohoza yuritish qobiliyatiga
asoslangan, bu qobiliyat esa o’zgarib turadi.)
6.Auditor standart ijobiy xulosa berish chog’idagi aminlik darajasi mutloq darajadan kam
bo’ladi - bu fikr oldingi ikki fikrdan mantiqan kelib chiqadi, lekin uni aloxida ta’kidlash muhim,
chunki O’zbekistonda, xalqaro tajribada ham auditorning ijobiy xulosasining vazni ancha
yuqoridir.
7. Auditorlar va foydalanuvchilarning maqsadlaridagi sanab qtilgan ziddiyatlar so’zsiz
ravishda ularning o’rtasida boshqa ziddiyatlarni, jumladan pul bilan baholanadigan ziddiyatlarni
keltirib chiqaradi. Tajribaning ko’rsatishicha, xaqiqiy auditorlik tekshirishi chog’ida
nuqsonlarning aniqlanishi deyarli muqarrardir. Taraqqiyotning eng maqbul yo’lidan ma’lum
darajada og’ishining paydo bo’lishi umuman har qanday xo’jalik tizimiga xosdir. Shu sababli
auditor har gal har bir nuqsonning muhimligini (qilinayotgan hisobot segmentlaridagi
nuqsonlarni xam) baxolashga, to’plangan jami auditorlik dalillarini ko’rib chiqishga, ularning
buxgalteriya hisobotining to’g’riligiga va ishonchligiga umumiy ta’sirini baholashga majbur
bo’ladi.
Muhimlik darajasini aniqlash auditorlik xatarining asosiy modellariga muvofiq amalga
oshiriladi. Lekin, ayni qshanda auditor audit xatarining maqbul darajasi bo’yicha umumiy
muhimlik miqdorini aniqlashi mumkin, ya’ni hisobotdagi aniqlangan nuqsonlarning muhimligi
darajasi bo’yicha uzil-kesil qaror qabul qila oladi. (Muhimlilik 4.1-paragrafda batafsil
yoritilgan).
Agar tekshirish auditorlik statistikasi (4-bobga qarang) usulidan foydalanib amalga
oshirilgan bo’lsa, auditorlik tekshirishning yakunlovchi bosqichida xatolarning jami umumiy
muhimlikning belgilangan darajasi bilan qiyoslanadi. Ko’p xollarda to’plangan auditorlik
dalillaridan jami xatolar farazi umumiy muhimlik yo’l qqyish mumkin bo’lgan darajadan oshib
ketgani ma’lum buladi. Auditor to’plangan dalillar natijasi bo’yicha qabul qilingan uzil-kesil
qaror asosida aniqlangan nuqsonlarning mohiyatini va qanchalik muhimligini xo’jalik yurituvchi
sub’ektning ma’muriyati bilan muhokama qiladi va shu tariqa auditorlik xulosasining shaklini
aniqlaydi. Masalan:
1. Vaqt tuzatish kiritishga imkon bersa, ma’muriyat auditorning nuqsonlar muhimligi
to’g’risidagi xulosasiga qqshiladi va doimiy hisob yozuvlariga va buxgalteriya hisobotiga ko’pincha
auditor yordamida tegishli tuzatish kiritiladi;
2. Hisobot yilidagi nuqsonlarni faqat joriy yilda tuzatish mumkin bo’lsa, ma’muriyat auditorning
fikriga qqshilsa, ammo tekshirilayotgan davr hisobotiga tuzatish kiritish vaqt jihatidan mumkin
bo’lmaydi. (hisobot rqyxatdan o’tgan, soliq organlariga, boshqa foydalanuvchilarga taqdim etilgan);
3. Ma’muriyat moliyaviy hisobotdagi nuqsonlarning muhimligi to’g’risida auditorda bu nuqsonlar
xaqida barcha foydalanuvchilarga xabar qilish majburiyati paydo bo’ladi.
To’plangan auditorlik dalillari juda xilma-xil bo’lishi mumkin. Ularning orasida muhimlari, uncha
muhim bqlmaganlari xam (xatolar va me’yordan chekinishlar, suiste’mollar, kompyuterning buzib
ko’rsatishi, nazorat paytlarining bqshligi, soliq qonuni va boshqa qonunlarning buzilishi, turli nuqsonlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |