Mavzu:
|
Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar.
|
Vaqt: 2 soat
|
Talabalar soni: 15-30
|
Dars turi:
|
Amaliy
|
Darsning maqsadi:
|
Referat va referat tarkibidagi klishelangan jumlalar haqida ma’lumot berish.
|
|
Darsning vazifalari:
Referat haqida umumiy ma’lumot berish.
Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar haqida ma’lumot berish.
Referatning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha berish.
|
Kutilayotgan natijalar:
1. Talabalar referat haqida to'liq tushunchaga ega bo'ladilar. (Ilova 1)
2. Talabalar referat tarkibidagi klishelangan jumlalar haqida bilib oladilar. (Ilova 2)
3. Talabalar referat yozish va tahlil qila olish, undan foydalanish ko‘nikmasini o‘zlashtiradilar. (Ilova 3)
|
Amaliy mashgulotning ta’lim texnologiyasi xaritasi.
Dars bosqichlari
|
Mashg'ulotlar tartibi
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1.Kirish
(15 daq)
|
O‘qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi.
|
Talabalar javob berishadi.
|
2. Asosiy qism
daq)
|
Referat haqida ma’lumot beradi.
Referat yozishda fikrlarni tanlash va tartiblash haqida ma'lumot beradi.
Talabalar ishini nazorat qiladi.
|
1. Talabalar tinglab savol berishadi.(Ilova 4)
2. Talabalar tinglab savol berishadi.
3.Talabalar guruhda ishlashadi.
|
3.Mustahkamlash (30 daq)
|
O‘qituvchi talabalarga topshiriq beradi va nazorat qiladi.
|
Talabalar topshiriqni kichik guruhlarda bajarishadi. (Ilova 4)
|
Yakuniy qism
(5 daq)
|
O‘qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi: “Men yaratgan dastur”- mavzusida referat yozib kelish
|
Uy vazifasi (Ilova 5)
|
15-mavzu. Referat tarkibidagi klishelangan jumlalar.
1. Referat tarkibidagi klishelangan so‘zlar haqida.
2. Referatning o‘zga xos xususiyatlari.
3. Referatning baholanishi.
1-ilova:
Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referatning o’ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi,
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas bog‘lanadigan statistik materialga ega tahlil zarur.
Keng hajmdagi statistik ma’lumotlarni jadvallarga yig’ish maqsadga muvofiq. Statistik ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin.
Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari ko’rsatilgani holda qayd qilinishi lozim.
Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari ko’rsatilishi kerak.
Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan ko‘chirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar so‘zma-so‘z ko‘chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur.
Munozarali masalalar bo‘yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qo‘shiladigan yoki o‘zining pozitsiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi.
Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni o’rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |