REFERAT ILMIY USLUBNING ASOSIY JANRI SIFATIDA NURMURODOVA MADINA XTA 6 REJA: - 1. REFERAT TUSHUNCHASI, MAZMUNI, TURLARI VA TUZILISHI
- 2. REFERAT YOZISH TARTIBI VA QOIDALARI
- 3. REFERAT RASMIYLASHTIRILISHI
REFERAT TUSHUNCHASI - Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi. Referatning o’ziga xosligi: • keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi, • matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
REFERAT TURLARI - BAYONNING TO’LIQLIGI BO’YICHA:
- 1. Axborotli (referat-konspektlar)
- 2. Indikativ (referat-rezyumelar)
- REFERATLANADIGAN MANBALAR SONI BO’YICHA:
- 1. Monografik
- 2. Tahliliy
REFERAT TUZILISHI - 1. Bibliografik bayon
- 2. F.I.O.i. Asar nomi. Nashriyot. Yil. Sahifalar soni.
- 3. Referat matni:
- -Mavzu, muammo; referat qilinadigan ishning maqsad va predmeti, tuzilishi.
- -Qisqacha mazmuni.
- -Aniq natijalari
- -Muallif xulosalari
- -Ish natijalari qo’llanadigan soha.
REFERAT MAQSADI - Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi!
- O’quv fani bo’yicha referatlarning tayyorlanishi o’qishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi: - O’quv fanining dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarning chuqurlashuvi, ushbu bilimlarning Siz tanlagan mavzuga ijodiy qo’llanilishi. - Tanlangan kasbiy sohadagi xorijiy tajribaning o’zlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, Sizning kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda amalda qo’llanish imkoniyatlari va muammolarining o’rganilishi. - Tanlangan mavzu bo’yicha turli adabiy manbalarni (monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) o’rganish mahoratini takomillashtirish va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish. - Yozma ishni to’g’ri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish.
- Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o’zlashtirib olishdan iborat bo’lib qolmasligi, ya’ni ko’chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo’lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo’lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |