MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
68
Ishlarni bajarish va xizmat ko’rsatishdan foyda mahsulotlar realizatsiyasidan foydaga
o’xshash hisoblab chiqiladi. Tushumning shakllanishi bajariladigan ish va xizmatlarning o’ziga
xos xususiyatlari va qo’llaniladigan hisoblash shakli bilan chambarchas bog’liq.
Mahsulot, ish, xizmat realizatsiyasidan foyda korxonaning yalpi daromadi strukturasida
eng yuqori solishtirma vaznga ega.
Asosiy vositalar realizatsiyasidan foyda (zarar)
Korxonalar o’z mulklarini mustaqil boshqaradilar. Ular binolari, inshootlari, uskunalari,
transport vositalari va boshqa asosiy fondlarini, binolarni, inshootlarni buzish va bo’laklash
jarayonida olingan moddiy boyliklarni, alohida ob’yektlarni va mulklarining boshqa turlarini
hisobdan chiqarish, sotish, likvidatsiya qilish, boshqa korxonalar ustav fondlariga o’tkazish
huquqiga egalar. Moliyaviy natija sanab o’tilgan mulk turlarini sotishda, shuningdek,
amortizatsiya qilingunga qadar ob’yektlarni boshqa tarzda chiqarishda o’z o’rniga ega. Asosiy
fondlar realizatsiyasida moliyaviy natija boshqa tomonga realizatsiya qilingan asosiy
vositalarning sotilish bahosi bilan realizatsiyaga qilingan xarajatlarni ham hisobga olgan holda
qoldiq qiymat orasidagi farq sifatida belgilanadi.
Asosiy fondlar va qimmqtli qog’ozlar, fyuchers va opsion shartnomalaridan tashqari
boshqa mulklarni realizatsiyasidan foydani aniqlashda korxona soliqqa tortish maqsadlari uchun
bu fondlar va mulklarning sotilish narxi va dastlabki yoki qoldiq qiymatlari orasidagi farqni
(ortiqchalikni) hisobga oladi.
Ularning realizatsiyasidan salbiy natija va soliqqa tortish maqsadlarida tekinga berish
soliqqa tortiladigan foydani kamaytirmaydi.
Qimmatli qog’ozlar, fyuchers va opsion shartnomalari realizatsiyasidan foyda (zarar)
realizatsiya narxi va ularni sotib olish va realizatsiyasi bo’yicha to’lovlarni hisobga olgan holda,
sotib olish narxi orasidagi farq sifatida belgilanadi.
Realizatsiya qilinmagan operatsiyalardan foyda
Realizatsiya qilinmagan operatsiyalardan moliyaviy natijalar - bu korxonaning asosiy
faoliyatiga tegishli bo’lmagan va mahsulot realizatsiyasi, korxonaning asosiy vositalari, boshqa
mulklari, ishlar bajarilishi, xizmat ko’rsatilishi bilan bog’liq bo’lmagan turli xarakterdagi
operatsiyalar bo’yicha foyda (zarar). Moliyaviy natija realizatsiya qilinmagan operatsiyalar
bo’yicha xarajatlar chiqarib tashlangandagi daromadlar (zararlar) sifatida belgilanadi.
Korxonaning realizatsiya qilinmagan foyda (zarar)lari ro’yxati turli-tuman va o’ta keng.
Uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalardan va mulklarni ijaraga berishdan (agar
mulklarni ijaraga berish korxonaning asosiy faoliyati bo’lmasa, ular realizatsiya qilinmagan
foydalar tarkibida hisobga olinadi) daromadlar sezilarli solishtirma og’irlikka ega bo’lishi
mumkin.
Moliyaviy qo’yilmalar korxonaning xususiy vositalari (mablag’lari)ni boshqa korxonalar
faoliyatiga daromad olish imkonini beradigan qilib joylashtirishini bildiradi. Uzoq muddatli
moliyaviy qo’yilmalar deganda korxonaning mablag’larini boshqa korxonaning ustav kapitaliga
qo’yishi (o’rtoqlik, aksionerlik jamiyatlari, qo’shma, sho’ba korxonalar), aksiyalar va boshqa
qimmatli qog’ozlar sotib olishi, bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga mablag’ qarz berishi
kabilar bo’yicha xarajatlari tushuniladi. Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar shakliga qisqa
muddatli g’aznachilik majburiyatlarini, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib
olish, bir yildankam muddatga mablag’larni qarzga berish kabilar kiradi. Hamkorlikda faoliyat
yuritish, bu maqsadda yuridik shaxsni shakllantirmaslik haqidagi shartnoma qatnashchilarining
pul va boshqa mulkiy mablag’lari ham moliyaviy qo’yilmalar hisoblanadi. Ularning qisqa yoki
uzoq muddatliligi shartnomaning amal qilish muddatlariga bog’liq, shu bois, ulardan olingan
daromadlar ham realizatsiya qilinmagan daromadlar tarkibiga kiradi.
Mulkni ijaraga berishdan daromadlar arendator arenda beruvchiga to’laydigan ijara
to’lovlaridan shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |