Bog'liq Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI 63
Agarda bosh tashkilotdan, MHXS 10 ning 31-bandiga muvofiq, shu’ba tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiyasini MHXS 9 ga muvofiq haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan investitsiyalar sifatida aks ettirish talab etilsa, bunday bosh tashkiloti shu’ba tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiyasini o’zining alohida moliyaviy hisobotlarida ham aynan shu tarzda hisobga olishi lozim. Qachonki bosh tashkilotining investitsion tadbirkorlik sub’ekti maqomi tuxtatilsa, yoki u investitsion tadbirkorlik sub’ektiga o’zgartirilsa, bunday o’zgarish maqomdagi o’zgarish sodir bo’lgan sanadan boshlab quyidagicha hisobga olinishi lozim: (a) qachonki bosh tashkilotning investitsion tadbirkorlik sub’ekti maqomi tuxtatilsa, 10-bandga muvofiq bosh tashkilot: (i) shu’ba tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiyani tannarx bo’yicha hisobga olishi lozim. Maqom o’zgarish sanasidagi shu’ba tadbirkorlik sub’ektining haqqoniy qiymati ushbu sanadagi tannarx sifatida olinishi lozim; yoki (ii) shu’ba tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiyani MHXS 9 ga muvofiq hisobga olishni davom ettirishi lozim. (b) qachonki tadbirkorlik sub’ekti investitsion tadbirkorlik sub’ektiga o’zgartirilsa, u shu’ba tadbirkorlik sub’ektidagi investitsiyani MHXS 9 ga muvofiq haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zararda hisobga olinadigan investitsiya sifatida hisobga olishi lozim. Shu’ba tadbirkorlik sub’ektining oldingi balans qiymati bilan investor maqomidagi o’zgarish sanasidagi uning haqqoniy qiymati o’rtasidagi farq foyda yoki zarar tarkibida foyda yoki zarar sifatida tan olinishi lozim. Ushbu shu’ba tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan boshqa umumlashgan daromadda oldin tan olingan har qanday haqqoniy qiymat to’g’rilanishining yig’ilgan miqdori xuddiki investitsion tadbirkorlik sub’ekti maqomdagi o’zgarish sanasida ushbu shu’ba tadbirkorlik sub’ektlarini hisobdan chiqargandek hisobga olinadi. Tadbirkorlik sub’ekti shu’ba tadbirkorlik sub’ektidan, qo’shma korxonadan yoki qaram tadbirkorlik sub’ektidan oladigan dividendini o’zining alohida moliyaviy hisobotlaridagi foyda yoki zararda tan olishi lozim, qachonki uning dividend olish huquqi yuzaga kelsa. Qachonki bosh tashkilot o’z guruhini tuzilishini o’zining bosh tashkiloti sifatida yangi tadbirkorlik sub’ektini tashkil etish orqali quyidagi mezonlarga javob beradigan tarzda qayta tashkil etsa: (a) yangi bosh tashkilot dastlabki bosh tashkilotning mavjud ulushli instrumentlari evaziga ulushli instrumentlarni emissiya qilish orqali dastlabki bosh tashkilot ustidan nazoratga ega bo’lsa; (b) yangi guruhning va dastlabki guruhning aktivlari va majburiyatlari bevosita qayta tashkil etishdan oldin va keyin bir xil bo’lsa; va (v) qayta tashkil etishdan oldingi dastlabki bosh tashkilotning mulkdorlari bevosita qayta tashkil etishdan oldin va keyin dastlabki guruhning va yangi guruhning sof akivlarida bir xil mutlaq va nisbiy ulushlarga ega bo’lsa, hamda yangi bosh tashkilot o’zining alohida moliyaviy hisobotlarida dastlabki bosh tashkilotdagi o’zining investitsiyasini 10(a)-bandga muvofiq hisobga olsa, yangi tadbirkorlik sub’ekti tannarxni qayta tashkil etish sanasida dastlabki bosh tashkilotning alohida moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan kapital moddalaridagi o’z ulushining balans qiymatida baholashi lozim. Shuningdek, bosh tashkilot bo’lmagan tadbirkorlik sub’ekti o’zining bosh tashkiloti sifatida yangi tadbirkorlik sub’ektini 13-banddagi mezonlarni qanoatlantiradigan tarzda tashkil etishi mumkin. 13-banddagi talablar bunday qayta tashkil etishlarga nisbatan teng tarzda qo’llaniladi. Bunday holatlarda, «dastlabki bosh tashkilot» va «dastlabki guruh» deyilgandanda «dastlabki tadbirkorlik sub’ekti» tushuniladi. Tadbirkorlik sub’ekti o’zining alohida moliyaviy hisobotlarida ma’lumotlarni ochib berishda barcha o’rinli MHHSlarni, jumladan 16 va 17-bandlardagi talablarni qo’llashi lozim.