Diagnostikalash texnologiyalarining xususiyatlari



Download 108,5 Kb.
bet1/3
Sana01.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#724647
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu-1




Diagnostikalash texnologiyalarining xususiyatlari
1 Тuzilmaviy parametr, tashqi belgi (simptom) va diagnostik parametr tushunchalari..
2 Diagnostik parametrlarning tasnifi.
3 Diagnostik parametlarning xususiyatlari.
4 Diagnostik me’yorlar.
1 Тuzilmaviy parametr, tashqi belgi (simptom) va diagnostik parametr tushunchalari
Тransport vositasi (agregat, mexanizm) elementlarning tartibga keltirilgan tuzilmasidir. Uning ishi ko’rsatilgan elementlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi orqali amalga oshiriladi. Bu bog’liqlik fizik miqdorlar orqali ifodalanib, tuzilmaviy parametrlar yoki texnik holat parametrlari deb ataladi (tortish kuchi, bosim, tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi, harorat va h. k).
Ekspluatatsiya jarayonida tuzilmaviy parametrlar nominal miqdorlardan chegaraviy miqdorlargacha uzlukli yoki uzluksiz o’zgarishi mumkin va, demak, ob’ektning texnik holati uning sozligini belgilaydigan tuzilmaviy parametr miqdorlarining chetga og’ishlari majmui bilan aniqlanadi.
Diagnostika ob’ektlarining tuzilmaviy parametrlarini agregat va mexanizmlarni ajratmasdan turib bevosita aniqlash imkoniyati juda cheklangan. Shuning uchun transport vositasi mexanizmlari texnik holatini aniqlayotganda diagnostik parametrlardan foydalaniladi.
Diagnostik parametr – bu transport vositasi, uning agregat va uzellari texnik holatining miqdoriy qiymatini bilvosita belgi (simptom)lar bo’yicha bo’laklarga ajratmasdan turib aniqlanadigan sifatli o’lchovidir. Diagnostik parametrlar tuzilmaviy parametrlar bilan bog’langan bo’lib ob’ektning texnik holati to’g’risida kerakli ma’lumot beradi. Har qanday ob’ektning chiqish jarayonlari ikkiga bo’linadi:
1) ishchi jarayonlar - ob’ektning ish funksiyalarini belgilaydigan jarayonlar (masalan, dvigatelda yonilg’i va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash, energiya ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash) va h.k;
2) birga sodir bo’ladigan (hamroh) jarayonlar – ishchi jarayonlar bilan bir yo’lakay paydo bo’ladigan jarayonlar (tebranishlar, urilishlar, issiqlik chiqarish va h.k.). Bunday jarayonlar xarakteristikalari va parametrlarini kuzatish va tashqaridan o’lchash mumkin. Ishchi va hamroh jarayonlar va ularning hosilalari parametrlari diagnostik parametrlar bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Тransport vositasi texnik diagnostikasi nazariyasi va amaliyoti chiqish xarakteristikalari parametrlari miqdorlarining ob’ekt tuzilmaviy parametrlariga bog’liqligiga asoslangan.
Ishchi yoki birga sodir bo’ladigan (hamroh) chiqish jarayonlarini ob’ektning nosoz texnik holatidan darak beruvchi bilvosita tashqi belgi (simptom) deb qarash mumkin.

Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish