O’zgaruvchan va o’zgarmas tok Oʻzgaruvchan tok — tok kuchi (kuch lanish) va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan davriy ravishda oʻzgaradigan elektr toki; keng maʼnoda — vaqt boʻyicha oʻzgaradigan har qanday elektr toki. Oʻzgaruvchan tokni oʻzgartirish, mas, uzoq masofaga uzatish, toʻgʻrilash, chastotasini oʻzgartirish kabi amallarning bajarilishi nisbatan oddiyligi uning afzalligi hisoblanadi. Asosiy koʻrsatkichlari: chastotasi va tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati. Sanoatda foydalaniladigan oʻzgaruvchan elektr tarmoqlarida tok kuchi va kuchlanish garmonik tarzda 50 Gs chastota bilan oʻzgaradi. Zanjir uchlaridagi oʻzgaruvchan kuchlanishni elektr styalardagi generatorlar vujudga keltiradi. Tok kuchining taʼsir etuvchi qiymati deganda maʼlum vaqt ichida oʻtkazgichdan Oʻzgaruvchan tok oʻtganda ajraladigan issiqlik miqdoriga teng issiqlik ajratadigan tok kuchi tushuniladi. Tok kuchi va kuchlanishning taʼsir etuvchi qiymatlari Oʻzgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr bilan oʻlchanadi.
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga qaraganda hech shubhasiz katta afzalliklarga ega. Uni simlar orqali deyarli energiya isrof qilmasdan uzoq masofalarga uzatish mumkin, iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash qulay. Eng muhimi, bu engergiyani oddiygina qurilmalar yordamida energiyaning boshqa turlariga: mexanik energiyaga, ichki energiyaga (jismlarning isishi), yorug‘lik energiyasiga va shu kabi energiyalarga aylantirish mumkin.
O‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas tokka nisbatan shunday afzalligi borki, uning kuchi va kuchlanishini deyarli energiya yo‘qotmasdan juda keng chegaralarda o‘zgartirish (transformatsiyalash) mumkin. Ko‘pgina elektrotexnik va radiotexnik qurilmalar uchun o‘zgaruvchan tokni ana shunday o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Lekin elektr energiyasini uzoqqa uzatishda kuchlanish va tokni transformatsiyalash ayniqsa zarurdir.
Elektr tokini generatorlar ishlab chiqaradi. Generator biror turdagi energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir.
Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning elektromexanik induksion generatorlari eng muhim o‘rin tutadi. Bu generatorlarda mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularning ishlash prinsiplari elektromagnit induksiyasiga asoslangan. Bunday generatorlarning tuzilishi uncha murakkab emas. Shu bilan birga ular yetarli darajada yuqori kuchlanishda kuchli tok hosil qilish imkonini beradi
O’zgaruvchan tok keng ma’noda vaqt bo’yicha o’zgaradigan har qanday tokdir. Biroq o’zgaruvchan tok termini ko’pincha vaqt bilan garmonik qonun bo’yicha bog’lanuvchi kvazistatsionar toklarga qo’llaniladi. O’zgaruvchan tok keng ma’noda vaqt bo’yicha o’zgaradigan har qanday tokdir. Biroq o’zgaruvchan tok termini ko’pincha vaqt bilan garmonik qonun bo’yicha bog’lanuvchi kvazistatsionar toklarga qo’llaniladi.
kvazistatsionar deb shunday tokka aytiladiki butun zanjir bo’yicha uning qiymati bir xilda bo’lgunicha ketgan vaqt tebranish davridan ancha kam bo’ladi.
Doimiy tok uchun bo’lganidek, kvazistatsionar tok uchun ham tarmoqlanmagan o’tkazgichning istalgan kesimidagi tokning kuchi bir vaqtning o’zida bir xil , deb hisoblanadi. Ular uchun Om qonuni o’rinlidir, biroq zanjirning qarshiligi tokning o’zgarish chastotasiga bog’liq. Bu tokning elektr magnit nurlanishga ketgan energiyasini e’tiborga olmaymiz. Doimiy tok uchun bo’lganidek, kvazistatsionar tok uchun ham tarmoqlanmagan o’tkazgichning istalgan kesimidagi tokning kuchi bir vaqtning o’zida bir xil , deb hisoblanadi. Ular uchun Om qonuni o’rinlidir, biroq zanjirning qarshiligi tokning o’zgarish chastotasiga bog’liq. Bu tokning elektr magnit nurlanishga ketgan energiyasini e’tiborga olmaymiz.
O’zgaruvchan tokka majburiy elektr magnit tebranishlari kabi qarash mumkin.
Uchta har xil zanjirlarni tasavvur etaylikki, ularning har biriga o’zgaruvchan kuchlanish qo’yilgan bo’lsin.