2 - jadval
Tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalar jadvali
№
|
Savollar
|
Darajalar
|
A’lo
|
Qoniqarli
|
Qoniqarsiz
|
Izohlay olmadi
|
1
|
Qaysi kasblarda ishlagansiz va bugungi kunda qaysi kasbda ishlaysiz?
|
32 (18%)
|
|
141 (82%)
|
|
2
|
Maktab-internatda olgan kasb-hunar turi bo‘yicha necha yil ishladingiz?
|
32 (19%)
|
45 (26%)
|
96 (55%)
|
|
3
|
Nima uchun maktab-internatda o‘rgangan kasb-hunar turi bo‘yicha ishlamadingiz?
|
32 (18%)
|
|
141 (82 %)
|
|
4
|
Qaysi kasb turi bo‘yicha ishlashni hoxlar edingiz va nima uchun?
|
49 (28%)
|
78 (45%)
|
|
46 (27%)
|
5
|
Xozirda ishlayotgan kasbingiz Sizni qay darajada qoniqtiradi?
|
29 (17%)
|
80 (46%)
|
64 (37%)
|
|
6
|
Maktab-internat o‘z o‘quvchilarini qaysi kasb turlari bo‘yicha tayyorlashni muvofiq deb bilasiz va nima uchun?
|
|
75 (43%)
|
|
98 (57%)
|
7
|
Mehnat faoliyatingizda qanday muammolar bor?
|
28 (16%)
|
|
145 (84%)
|
|
Umumiy o‘rtacha natija
|
29 (17%)
|
41 (23%)
|
83 (48%)
|
21 (12%)
|
O‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga asoslangan holda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining mehnat bilan bandligini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari bo‘yicha tajriba boshi va yakunidagi o‘rtacha o‘zlashtirishlarini Styudent va Pirsonning χ2 matematik-statistika metodi yordamida tahlil etdik. Tajriba-sinovda jami 173 nafar respondentlar qatnashdi.
Masalaning qisqacha mohiyati quyidagilardan iborat: ikkita bosh to‘plam berilgan bo‘lsin. Biri tajriba yakunidagi respondentlar bilimining o‘rtacha ballari, ikkinchisi esa tajriba boshidagi respondentlari bilimining o‘rtacha ballari. Baholar normal taqsimotga ega deb hisoblanadi. Bunday faraz o‘rinlidir, chunki normal taqsimotga yaqinlashish shartlari sodda bo‘lib, ular bajariladi.
YUqoridagi jadvalga asosan respondentlarning tajriba boshi va yakunidagi natijalarni ko‘rsatuvchi N1 gipoteza va unga zid bo‘lgan N0 gipoteza tanlanadi.
YUqoridagi jadval ko‘rsatkichlariga asoslangan holda respondentlarning mehnat bilan bandligi darajasining tajriba yakuni va tajriba boshidagi ko‘rsatkichlarini quyidagi jadvallarda aks ettiramiz:
3 - jadval
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan
maktab-internat bitiruvchilarining mehnat bilan bandligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari
Guruhlar
|
Respondentlar soni
|
Darajalar
|
A’lo
|
Qoniqar-li
|
Qoniqar-siz
|
Izohlay olmadi
|
Tajriba yakunida
|
173
|
29
|
40
|
85
|
19
|
Tajriba boshida
|
173
|
15
|
33
|
54
|
71
|
Bu tanlanmalarga mos kelgan diagrammalar quyidagicha ko‘rinishni oladi:
1 - rasm. Tajriba-sinov ishlarining tajriba boshi va tajriba yakunidagi dinamikasi
Olingan natijalarga asoslangan holda matematik statistik tahlil qilinib, tajribadan oldingi va keyingi holat uchun topilgan natijalardan o‘rtacha kvadratik chetlanish, tanlanma dispersiya, variatsiya ko‘rsatgichlari, Styudentning tanlanma mezoni, Styudent mezoni asosida erkinlik darajasi, Pirsonning muvofiqlik kriteriysi va ishonchli chetlanishlari topildi. O‘rganuvchi tadqiqotda yaxshi natijaga erishilmagan.
Bular quyidagi jadvalda aks etgan:
5 - jadval
1.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
2,46
|
1,96
|
0,8084
|
0,9584
|
3
|
4
|
5
|
335,61
|
42,07
|
0,13
|
0,15
|
Natijalardan o‘rtacha ko‘rsatkich 12,5 ga o‘sganligini ko‘rsatadi.
YUqoridagi natijalarga asoslanib tajriba-sinov ishlarining sifat ko‘rsatgichlarini hisoblaymiz.
Kasbiy ko‘nikmalarda:
Ma’lumki, =2,46; =1,96 ga teng.
Bundan sifat ko‘rsatgichlari:
> 1;
> 0;
Olingan natijalardan tajriba-sinov ishi uslubining samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va bilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lumki, tajriba yakunidagi natijalar tajriba boshidagi natijalardan yuqori ekan.
Eksperimental tadqiqot tajribalardan olingan natijalarning sabablariga to‘xtaladigan bo‘lsak, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘z o‘quvchilarini mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda kasblarga tayyorlamagan. SHu sababli ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlar mazkur toifadagi shaxslarni ish bilan ta’minlay olmaydi.
Biz o‘tkazgan tajriba-sinov ishi natijalariga ko‘ra eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi muammolar kasbiy ko‘nikmalarining darajasi, ular egallagan kasblarga mehnat bozorida ehtiyojning past ekanligini ko‘rsatdi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimiga alohida hukumat darajasida e’tibor qaratilib, uning rivoji yo‘lida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan katta mablag‘ ajratilib, keng miqyosli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘qitish samarasi nafaqat ta’limning sifatiga, balki xalq ta’limiga ajratiladigan mablag‘larning miqdori va ulardan foydalanishining samaradorligiga ham bog‘liq.
Mazkur mablag‘lar sirasiga o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash, ta’lim jarayonini kerakli resurslar bilan ta’minlash kabilar kiradi.
Tajriba sinov ishlarining natijalariga tayanib, shuni aytishimiz mumkinki, davlatning kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni maktab-internatlarda kasb-hunarga tayyorlash uchun ajratayotgan mablag‘lari natijasiz sarflanmoqda. CHunki, Respublikamizda har yili ushbu maktab-internatlar chiqarayotgan ishsizlar soni taxminan 200 nafarni tashkil etadi.
Bizning fikrimizcha, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni jamiyatga ijtimoiy moslashuvi ko‘p jihatdan ularni kasb-hunarga tayyorlashdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga bog‘liqdir.
Bular eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatishda ta’lim bosqichlari va turlari o‘rtasidagi bog‘liqlik zamon talablari darajasida emasligi, qolaversa bugungi kunda texnologiya fani mazmuni kasb-hunarga yo‘naltirilmaganligi bilan ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktablarda ta’limning yangi shakllarini joriy etilishi o‘quvchilarga ishlab chiqarish, texnika va texnologiyaning asoslarini bilishi, mehnat bozorida kasbiy mobillik va raqobatbardoshlikni o‘rganishi, ularda mehnat faoliyatiga psixologik tayyorgarlikni, hayot yo‘lini tanlashda mos bo‘lgan motivatsiyani shakllantirishni talab etadi.
Maxsus maktablarda eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash yuzasidan to‘plangan tajribalarni o‘rganish hamda tahlil qilish, bizga ularni kasbga tayyorlash ishlarini amalga oshirish jarayonidagi bir qator muammolarni aniqlash imkonini berdi.
Bularga quyidagilarni kiritamiz:
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar psixik-jismoniy rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ular egallashi mumkin bo‘lgan kasb turlarining cheklanganligi.
Kasbiy ta’lim jarayonida foydalanilayotgan asbob-uskunalar zamon talablariidan keskin orqada qolganligi.
Bugungi kunda texnologiya fani kasb-hunarga yo‘naltirilmaganligi.
Eshitishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarning maktabni tamomlaganidan so‘ng maxsus kasb-hunar kollejida ta’limni davom ettirishidagi muammolar.
Kasbga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini takomillashtirishda O‘zbekistonning mahalliy va etnografik sharoitlari, maxsus maktablarda eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlari va ularning qiziqishlari hisobga olinmaganligi;
Maxsus maktablarda kasb-hunar ta’limi bo‘yicha ilmiy-nazariy va metodik qo‘llanmalarning etarli darajada emasligi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda markaziy o‘rinni fan asoslarini o‘qitishning amaliy yo‘nalganligi muhimdir.
Butun dunyoda imkoniyati cheklangan insonlar kasb tanlashda bir qator muammolarga duch kelish tendensiyasi mavjud. Vaholanki, jismoniy cheklovlar ko‘plab kasb turlarini egallashga xech qanday to‘sqinlik qilmaydi. Biz eshitish qobiliyati muhim rol o‘ynamaydigan turli xil kasblar ro‘yxatini tuzdik.
Ushbu kasb turlarini o‘qitishda turli muassasalarning, sanoat korxonalarining moddiy-texnik bazasidan foydalanish, shuningdek, eshitishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarning texnologiya fanining mazmunini variantivligi hozirgi zamon sharoitida kasb-hunarga tayyorlashning tuzilishini o‘zgartirish zarurligini ko‘rsatadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning texnologiya fani ta’limida kasbiy tayyorgarlikning istiqboldagi modelini yaratish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Uzluksiz ta’limni barcha bo‘g‘inlari uchun yangi moddiy texnika bazasini yaratish o‘quv asbob-uskunalari amaliyotiga modulligi, ko‘p funksionalligi bilan ajralib turadigan, shuningdek hisoblash va turlicha surdotexnik vositalardan foydalanishni nazarda tutadi.
Ish joylarini bunday asboblar bilan jihozlanishi ulardan texnologiya fani darslarida, fan asoslarini o‘qitishda foydalanish istiqbolini yaratadi, nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi tamoyilini to‘laqonli ravishda amalga oshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari biz respublikamizda eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashdagi muammolarni hal etishda quyidagilarni amalga oshirish lozimligini ta’kidlaymiz:
- texnologiya fani darslari samaradorligini oshirish, mazmunini takomillashtirish uchun eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlari yuqori sinflari uchun texnologiya fani bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish va darsliklar yaratish;
- maxsus maktab-internatlarda texnologiya fani mazmunini boyitishga doir o‘quv uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash va ularni amaliyotga joriy etish;
- yuqor sinflarda qiz bolalar va o‘g‘il bolalarni mehnat turlariga o‘rgatishda saralash;
- maxsus maktab-internatlar uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalariga hududiy xususiyatlarni e’tiborga olgan holda yangi kasb turlarini kiritish;
- texnologiya fani o‘quv xonalarini kerakli uskuna va texnik vositalar bilan ta’minlash.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlarning amalga oshirilishi – eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning mehnat ta’limi mazmunini takomillashtiradi, samaradorligini oshiradi, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga imkon yaratadi va eng muhimi, ularni ijtimoiy hayotga va mehnatga moslashuvini ta’minlaydi.
SHuningdek, kar va zaif eshituvchilarning ijtimoiy moslashuvida ularning oliy ta’lim olishi muhim ahamiyatga egadir.
Eshitish qobiliyatining cheklanishi sifatli o‘rta ta’lim olish va oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun zarur tayyorgarlikni ta’minlash uchun to‘siq bo‘la olmasligini inobatga olgan holda, mazkur toifadagi o‘quvchilarni oliy ta’limga tayyorlash hamda oliy ta’lim muassasalarida ular uchun keng imkoniyatlarni yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ishning «Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash muammolari» deb nomlangan uchinchi bobida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ahamiyati, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning o‘ziga xos ijtimoiy pedagogik xususiyatlari yoritilgan.
Ma’lumki, oilada tarbiyaning poydevori qo‘yiladi. Tarbiya murakkab va uzoq davom etadigan o‘ziga xos jarayon bo‘lib, u farzand tug‘ilmasdan ancha oldin boshlanadi. YA’ni bo‘lajak ota-onaning salomatligi, nasl-nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloq-odobi, moddiy va ma’naviy darajasining mosligi, turmush qurishga ma’naviy va jismoniy tayyorligi farzand tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir.
Inson hayotida oilaning yana bir muhim ahamiyat kasb etuvchi xususiyati shundaki oila muhiti har bir shaxs uchun birlamchi, dastlabki ijtimoiy moslashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi.
Ijtimoiy moslashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga barcha bosqichdagi ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari, maxsus internatlar, imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari kiradi. CHunki u erda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalanadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim olish davrining katta qismini imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘tkazishini inobatga olgan holda ularning jamiyat hayotiga ijtimoy moslashuvi ikkilamchi maskan (maxsus maktab-internat) normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida yuz beradi va shu asosida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib etiladi.
Maxsus pedagogikada oilaviy hayotga tayyorgarlik muammosi alohida dolzarblik kasb etadi. Muayyan nuqsonning mavjudligi shaxsiy rivojlanishning o‘ziga xosligini belgilaydi, kognitiv faoliyatning muvaffaqiyatini pasaytiradi, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolaning ijtimoiy tajriba ortirishiga to‘sqinlik qiladi.
Bu holat mazkur toifadagi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarini chuqur o‘rganish va ushbu masala echimiga doir tavsiyalar ishlab chiqish lozim degan xulosa chiqarishga olib keladi.
SHu sababli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning o‘ziga xos ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini o‘rgandik.
Tadqiqot mavzusiga doir ilmiy adabiyotlar yuzasidan ma’lumotlarni o‘rganish va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisosashtirilgan maktab internat bitiruvchilarining oilaviy hayyotidagi muammolari eksperimental yo‘nalishda tadqiq etish rejalashtirildi.
Pedagogik tadqiqotda ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatlarini aniqlash, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish tamoyillarini, yo‘llarini, shakllarini ishlab chiqishda so‘rovnoma metodi muhim o‘rin tutishini inobatga olgan holda, tadqiqotimizda so‘rovnoma metodidan foydalandik.
Mazkur so‘rovnomada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilari oila funksiyalarini bilishi va ularga amal qilishi shuningdek, mazkur toifadagi o‘quvchilarning asosiy vaqti maktab-internatda o‘tishini inobatga olgan holda ularda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning shakllanganlik holati aniqlandi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining oilaviy hayot to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini aniqlash darajalari ishlab chiqildi, sifat va miqdor jihatdan tahlil qilindi va umumlashtildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |