O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim
vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
SOATOV N.M., TILLAXO‘JAYEVA G.N.
STATISTIKA
Toshkent-2006
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim
vazirligi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
SOATOV N.M., TILLAXO‘JAYEVA G.N.
STATISTIKA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik sifatida
tavsiya etilgan
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademiklari
S.S.G‘ulomov va M.Sharifxo‘jayev umumiy tahriri ostida
Toshkent-2006
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Mualliflar:
Soatov N.M. – Iqtisod fanlari doktori, professor,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi;
Tillaxo‘jayeva G.N. – Katta o‘qituvchi
.
Taqrizchilar:
iqtisod fanlari doktori,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,
professor Abdullayev YO.
iqtisod fanlari doktori,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi,
professor Nabiyev X.N.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademiklari S.S.G‘ulomov va
M.Sharifxo‘jayev umumiy tahriri ostida
Ushbu darslik zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish konsepsiyasiga
binoan 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti tomonidan chop etilgan “Statistika”
darsligining qayta ishlangan ikkinchi nashridir.
Qayta ishlash jarayonida kitob matni yaxshilab tahrir qilinishi va ikkilamchi masalalarni
chiqarib tashlanishi hisobiga uning hajmi ikki barobar ixchamlashgan. Ammo, mazmuni esa ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalari asosida yangicha yondashish va talqinlarni qo‘llash natijasida
boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tomoyillaridan
keng foydalanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar
dastlab muhim mantiqiy – tuzilmaviy elementlar va xarakterli jihatlarga ajratilib, turli sxema –
tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib,
hayotiy misollar yordamida tushuntirilgan.
Darslikda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati kabi mavzularga
bag‘ishlangan bo‘limlar muammoli ma’ruzalar tamoyili asosida yozilgan. Variatsiya ko‘rsatkichlari,
trendlarni aniqlash, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil singari ko‘p hisoblash bilan
bog‘liq bo‘lgan masalalarni yoritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati va yo‘llari
ko‘rsatib o‘tilgan.
Darslikda fan masalalari ikki turkumga ajratilib, birinchi – «Tasviriy statistika» - qismida
statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, statistik ko‘rsatkichlar, axborotlarni
jadval grafiklar yordamida taqdim etish usullari, ikkinchi «Analitik statistika» qismida esa
tasniflash va guruhlash, taqsimot qatorlari, o‘rtacha miqdorlar va o‘rtacha tuzilmaviy ko‘rsatkichlar,
variatsiya ko‘rsatkichlari, tanlanma kuzatish, korrelyatsion va regression tahlil, dinamikani
o‘rganish statistik usullari, iqtisodiy indekslar, iqtisodiy balanslar va milliy hisobchilik asoslari
bayon etilgan.
Darslik barcha iqtisodiy fakultet oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan
malaka oshirish institutlarining tinglovchilari, aspirantlar, ilmiy va amaliy xodimlar statistika
uslubiyatining yangicha talqin va usullarini bilib olishlari mumkin.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Авторы:
Соатов Н.М. – доктор экономических наук, профессор,
Заслуженный деятель науки Республики Узбекистан;
Тиллаходжаева Г.Н. – старший преподаватель
.
Рецензенты:
доктор экономических наук,
Заслуженный деятель науки Республики Узбекистан;
профессор Абдуллаев Ё.
доктор экономических наук,
Заслуженный экономист Республики Узбекистан;
профессор Набиев Х.Н.
Под общей редакцией академиков Академии Наук Республики Узбекистан
С.С. Гулямова и М. Шарифходжаева.
Данный учебник является вторым, существенно переработанным изданием книги
“Статистика”, опубликованной в 2003 г. медицинским издательством имени Абу Али ибн
Сина (Авиценны) в соответствии с концепцией создания нового поколения учебников, отве-
чающих требованиям жизни.
Общий объем книги сокращён в два с лишним раза за счет тщательного редактиро-
вания текста и изъятия материалов общего экономико-статистического и описательного ха-
рактера. Учебник стал более содержательным и компактным и в результате применения пе-
редовых педагогических технологий и интерактивных методов обучения. Практически все
разделы изложены с использованием средств программированного обучения: из содержания
основных понятий и категорий статистической дисциплины сначала выделены составные
элементы и характерные черты каждого из них, которые для наглядности представлены в
форме схем, чертежей и графиков, затем они подробно объяснены на конкретных примерах.
В учебнике получили также свою реализацию принципы проблемных лекции.
Книга состоит из двух частей и 13 глав. Первая часть – “Описательная статистика” –
посвящена рассмотрению предмета и метода статистики, статистических показателей, мето-
дологии статистического наблюдения, представления статистических материалов с помощью
табличного и графического метода. Во второй части – “Аналитической статистике” – освя-
щен широкий круг вопросов, связанных с разработкой статистеческих классификации и
группировок, построением и анализом рядов распределения, исчислением средних
величин
и
порядковых средних вариационного ряда, а также показателей вариации, методологией вы-
борочного исследования, корреляционно-регрессионным анализом, методом статистического
изучения динамики общественных явлений, методологией экономических индексов и балан-
сов.
Учебник предназначен для студентов экономических вузов и факультетов. Он может быть
использован
аспирантами, слушателями курсов
повешения
квалификации, научными и практи-
ческими работниками предприятий и организаций.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Authors:
Soatov N.M. – Doctor of Economic Sciences, Professor,
State Scientist in Uzbekistan;
Tillakhodjaeva G.N. – Senior Lecturer.
Reviewers:
Doctor of Economic Sciences,
State Scientist in Uzbekistan;
Professor Abdullaev Y.
Doctor of Economic Sciences,
State Economist in Uzbekistan
Professor Nabiyev Kh.N.
Under general editions of academicians of the Science Academy of the Republic of
Uzbekistan S.S. Gulyamov and M. Sharifkhodjaev
The given textbook is second, much advanced edition of the book "Statistics" published in
2003 by medical publishing house of a name Abu Ali ibn Sina (Avitsena) according to the concept
of creation of new generation of the textbooks, adequate life.
Total amount of the book is reduced in two from superfluous time at the expense of careful
editing of the text and withdrawal of materials of general economic-statistical and descriptive char-
acter. The textbook became more substantial and compact and as a result applications of advanced
pedagogical technologies and interactive methods of training. Practically all sections are stated with
use of means programming of training: from the contents of the basic concepts and categories of
statistical discipline components and characteristic features of each of them at first are allocated
which for presentation are submitted in the form of the circuits, drawings and diagrams, then they
are in detail explained on concrete examples. In the textbook have received also realization princi-
ples of problem lecture.
The book consists of two parts and 13 chapters. The first part - " Descriptive statistics " - is
devoted to consideration of a subject and method of statistics, statistical parameters, methodology
of statistical supervision, representation of statistical materials with the help of a tabulared and
graphic method. In the second part - " to Analytical statistics " - the wide circle of questions con-
nected to development statistics of classification and groupings, construction and analysis of num-
bers of distribution, calculation of average sizes and serial average variational number, and also pa-
rameters of a variation, methodology of selective research, correlation-regression by the analysis,
method of statistical study of dynamics of the public phenomena, methodology of economic indexes
and balances is consecrated.
The textbook is intended for the students of economic high schools and faculties. It can be
used by the post-graduate students, students of courses of improvement of qualification, scientific
and practical workers of the enterprises and organizations.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
KIRISH
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, xususiy mulkning o‘rni va
ta’sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohalari uchun barcha zarur
imkoniyatlarni yaratish va rag‘batlantirishni hozirgi vaqtda hayotning o‘zi taqozo
etmoqda.
Prezident I.A.Karimov bundan besh yil oldin respublika Oliy Majlisida qilgan
ma’ruzasida bu dolzarb masalalarni yechish uchun malakali kadrlar va mutaxassislar
yetishmasligi, tafakkurimizning oqsoqligi har qadamda to‘g‘onoq bo‘lib turishi
haqida eslatib o‘tgan edi.
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy
ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, isloh qilish bugungi kunda eng muhim vazifalardan
biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa, birinchi navbatda, oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
Davlat Talablarda ko‘zlangan fanlarning mazmuni va o‘quv dasturlarini xalqaro
andozalarga moslashtirib takomillashtirishni talab qiladi.
Zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish konsepsiyasiga
muvofiq 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti tomonidan
“Statistika” darsligi chop etilgan edi. Ushbu kitob bu darslikni qayta ishlash
mahsulidir. Kuchli tahririy ishlar va ayrim ikkilamchi masalalarni chiqarib tashlash
natijasida darslikning umumiy hajmi ikki marotaba ixchamlashgan. Shu bilan birga
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hisobiga uning
mazmuni boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv
texnologiyasi tamoyillari qo‘llanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va
kategoriyalar hamda nazariy masalalar mazmunini oydinlashtirish uchun dastlab ular
muhim mantiqiy tuzilmaviy elementlar va xarekterli jihatlariga ajratilib, sxema –
tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar orqali tasvirlangan. So‘ngra ular har
taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirib berilgan.
Ushbu nashrda ayrim mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar, masalan, statistika
predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, dinamikani statistik o‘rganish
usullari, iqtisodiy indekslar va boshqalar muammoli ma’ruzalari tamoyili asosida
bayon etilgan. O‘rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar, variatsiya
ko‘rsatkichlari, ilmiy gipotezalarni statistik tekshirish, dispersion, korrelyatsion va
regression tahlil masalalari ko‘p hisoblash ishlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun
axborotlar texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati va yo‘llariga e’tibor jalb
qilingan.
Har bir bob qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, qisqacha xulosalar, asosiy atama
va tushunchalar, mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar bilan yakunlangan.
Shu sababli ushbu darslik talabalar statistik bilimlarni o‘zlari o‘rganishni tashkil
etishda muhim qurol bo‘lib xizmat qila oladi degan umiddamiz.
Ta’kidlash joizki, sobiq sovet tuzumining boshlang‘ich davrlaridayoq,
statistikani markazlashgan totalitar boshqarish maqsadiga bo‘ysundirish, uning
samarali quroliga aylantirish niyatida rejali xo‘jalik sharoitida u o‘zining nazariy
asoslaridan ajralishi va statistika fani yo‘qolishi haqida «nazariya» to‘qilgan edi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Natijada statistika xalq xo‘jaligi hisobining bir turi sifatidagina qaraldi, uning
nazariyasi esa ehtimollar nazariyasi bilan birlashtirilib, matematikaning tarkibiy
qismi deb talqin etila boshlandi.
Keyinchalik 50-yillarda yangi ijtimoiy fan sifatida statistika nazariyasi haqida
kurs yaratildi va matematik statistika bilan bir qatorda u oliy o‘quv yurtlari
rejalaridan o‘rin egalladi. Natijada statistika nazariyasi mustaqil ikkita o‘quv kurslari
bo‘lib qoldi. Afsuski, hanuzgacha bu masalaga ayonlik kiritilgani yo‘q, vaholanki
butun dunyoda yashnayotgan erkin bozor iqtisodiyoti mamlakatimizda ham bunyod
etilmoqda va u tovar ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar erkin harakati uchun
sharoit yaratmoqda, demak, tasodifiy jarayonlar hayotimizda kechmoqda.
Barcha bozor iqtisodiyoti rivojlangan va taraqqiy eta boshlagan mamlakatlarda,
ularning universitetlari va oliy maktablarida yagona statistika kursi o‘qitilib kelindi
va hozirgi kunda o‘qitilmoqda. Ko‘p yillar davomida sinovlardan o‘tgan mazkur boy
tajribani hisobga olib, universitet va institutlarimizda ham ularning yo‘nalishlaridan
qat’iy nazar, yagona statistika kursini o‘quv jarayonlarida qo‘llash maqsadga
muvofiq bo‘lar edi. Shu bilan birga oliy ta’limning iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha
talabalarda statistik tafakkur bunyod etish sohasida yurtimizda to‘plangan
tajribalardan voz kechish ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Bunda statistika nazariyasi bilan bir
qatorda ijtimoiy-iqtisodiy statistika va tarmoq statistikalari o‘qitib kelinganligi
nazarda tutilmoqda. Bu statistika sohalariga xos masalalar ham yagona statistika
kursidan fan nazariyasi va uslubiyati bilan uzviy bog‘langan va izchil uyg‘unlashgan
holda yoritilishi lozim.
Moliya, buxgalteriya hisobi va auditdan tashqari barcha boshqa umumiqtisodiy
yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha bakalavr darajasida yuqori malakali iqtisodchi
mutaxassislar tayyorlash o‘quv rejalarida yagona «Statistika» kursi ko‘zlangan bo‘lib,
uning o‘quv dasturi esa yuqorida bayon etilgan mazmunda tuzilgan. Ana shu hujjatga
muvofiq ushbu darslik tayyorlandi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
ko‘p yillar davomida fanni o‘qitish jarayonida to‘plangan tajribalar umulashtirilgan.
Ushbu kitob kamchiliklardan xoli emasligini mualliflar oldindan e’tirof etib, uning
mazmuni bo‘yicha qilingan xolisona taklif va maslahatlarini bajonidil qabul qilishini
bildiradi va sezgir kitobxonlar o‘z fikrlarini quyidagi manzilgohga yozib yuboradilar
deb umid qiladi: Toshkent - 700181, Akmal Ikromov tumani, Ibragimov ko‘chasi,
98-uy.
Mualliflar
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
I QISM. TASVIRIY STATISTIKA
I bob. STATISTIKA PREDMETI VA USLUBI
1.1. Statistika nima?
Ilk bor statistikaning vujudga kelishi amaliy
ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Qadim
zamonlardayoq qurolli kuchlarga layoqatli kishilar
sonini bilish, soliqqa tortish obyektlarini belgilash
zarurati tug‘ilgan. Bu esa davlatni aholi soni va
tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlar ustidan kuzatishlar olib borishga undagan. Qishloq
xo‘jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, sanoat va boshqa sohalar hamda iqtisodiy
aloqalarning taraqqiy etishi ho‘jalikka oid hodisa va amallar ustidan muntazam
ravishda kuzatish olib borishni taqozo etgan. Natijada baholar va savdo-sotiq
statistikasi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimoti statistikasi va boshqa
iqtisodiy statistika tarmoqlari vujudga kelgan va rivoj topgan.
Bozor munosabatlari va aholi tabaqalari orasida o‘zaro aloqalar kengayishi
bilan birga davlatni iqtisodiyotga aralashuvi obyektiv zaruriyat bo‘lib qoladi. Bu esa,
o‘z navbatida, yangidan-yangi ma’lumotlar to‘plash, iqtisodiy hayotning hamma
muhim tomonlarini qamrab olgan iqtisodiy axborot yaratish ehtiyojini tug‘diradi. Shu
bilan birga davlatlar orasida xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, butun jahon
xo‘jaligining shakllanishi va taraqqiy etishi ayrim milliy iqtisodiyot va butun jahon
ho‘jaligi miqyosida tovar va xizmatlar hamda daromadlarni yaratish, taqsimlash va
iste’mol qilish jarayonlarini har taraflama tasvirlaydigan batafsil hisob-kitob
yuritishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu masala ayrim milliy davlatlar va xalqaro
tashkilotlarning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Natijada milliy hisobchilik
shakllandi va rivoj topmoqda.
Ammo, ilk bor statistika davlatni boshqarish
muhim quroli sifatida shakllangan va rivojlanib
borgan bo‘lsa ham, shu bilan bir vaqtda ko‘pdan
ko‘p voqealarni, faktlarni miqdoriy jihatdan hisobga
olish va ma’lum darajada tartibga solish natijasida
ilmiy jihatdan juda qiziqarli materiallar ham
jamg‘arildi. Bu ishning dastlabki onlaridayoq sezgir
kuzatuvchi tarqoq butunlay tasodifiy tuyulgan o‘g‘il yoki qiz bola tug‘ilish soni,
nikoxlanish, yoki u yo bu yoshda o‘lish soni va shularga o‘xshash hodisalarda
ma’lum tartib- qoidalar borligini payqab hayratda qoldi. Natijada buning sabablarini
anglash ishtiyoqi kishida uyg‘onib, ularni tushuntirish yo‘llarini izlab topish ehtiyoji
tug‘ildi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun statistika xizmat qilaboshlashi bilan birga
ilm-fan sohasiga aylandi.
Amaliy faoliyatda to‘plangan tajribalarni umumlashtirish yo‘li bilan dastlab
davlatni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va
Jamiyat hayoti, turmushi
haqidagi
ma’lumotlarga
bo‘lgan
amaliy
ehtiyoj
statistikani yaratdi.
Ma’lumotlarda
ifodalangan
tartib-
qoidalarni anglash ishtiyoqi,
tushuntirish yo‘llarini topish
zaruriyati statistikani fan
sohasiga aylantirdi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
talqin etish qoidalari, tartiblari, yo‘llari, usullari yaratildi. Statistika ana shunday fan
sifatida qaralib yangi izlanishlar asosida boyib bordi. Uning mohiyati va usullarini
takomillashtirishda matematika usullari, qurollari va yangi nazariyalaridan
foydalanish juda qo‘l keldi, chunki statistika ham matematikaga o‘xshab sonlar,
miqdorlar bilan shug‘ullanadi, ammo shunday toifalari bilan-ki, ular sifatga ega
bo‘lib, ommaviy hodisalarni o‘lchash natijasida hosil bo‘ladi. Pirovard oqibatda
statistik tafakkur uslubi, ya’ni statistika nazariyasi va uslubiyati (metodologiyasi)
shakllandi. Endi bu uslub nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni o‘rganishda, balki
boshqa sohalarni ham birin-ketin egallay boshladi. Hozirgi vaqtda u deyarlik barcha
fan va texnika sohalarida, tajriba-eksperimentlarda, fizika, kimyo, biologiya,
arxeologiya,
agronomiya,
tibbiyot,
psixologiya,
sotsiologiya,
pedagogika,
tilshunoslik, harbiy ishlar va hatto tasviriy san’atda hamda musiqa bastalashda
qo‘llanilmoqda.
Shunday qilib, Statistika yuzaki qarashda oddiy so‘z bo‘lsa ham, lekin ko‘p
qirrali mazmunga ega.
Etimologiya, ya’ni so‘zlarni kelib chiqishi
jihatidan bu atama bevosita qandaydir bitta klassik -
grekcha yoki lotincha ildizga ega emas. U lotincha
“status”, ya’ni
ahvol,
holat
degan
so‘zning
italyancha “state” - davlat degan so‘z qiyofasini
olishidan kelib chiqadi. Statistika so‘zi kundalik
hayotga va ilm-fanga XVIII asrda kirib keldi.
Dastlab, savdo va moliya kapitali hamda pul
munosabatlari taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan ehtiyojni qondirish maqsadida
to‘plangan mamlakat aholisi, iqtisodiy va siyosiy ahvoli haqidagi ma’lumotlar
statistik axborotlar deb yuritiladi.
Biroz keyinroq davlatning diqqatga sazovor
tomonlarini tasvirlaydigan davlatshunoslik fani paydo
bo‘lib, u statistika nomi bilan, uni yaxshi egallagan
bilimdon esa statistik deb atala boshlandi. Bu fanning
ko‘zga ko‘rinarli namoyondasi nemis G. Axenval (1719-1772yy) birinchi bo‘lib
statistika so‘zini ot sifatida qo‘lladi va ilmiy odatga kiritdi. Uning fikricha, statistika
bu davlat uchun alohida ahamiyat kasb etadigan masalalar sharhi, tasviridir. Ammo
hozirgi kunda statistika atamasini bunday mazmunda talqin etish ko‘p jihatlarini
yo‘qotdi. Kundalik turmushimizda mamlakat iqtsodiyoti va aholisi haqidagi
ma’lumotlar to‘plami statistika deb yuritilsa ham, ammo u o‘tgan asrlardagi
“davlatshunoslik” dan tubdan farq qiladi.
Statistika
lotincha
“status” - ahvol, holat so‘zi
bilan italyancha “state” -
davlat
so‘zidan
kelib
chiqib,
davlat
ahvoli
haqidagi fan.
Dastlab davlatshunoslik
fani statistika deb ataldi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Bu farq nafaqat axborot turlari ko‘pligi va
to‘laligida ko‘zga tashlanib qolmasdan, shu bilan
birga ularning xarakterida ham yaqqol kuzatiladi.
Endi statistika deganda faqat miqdoriy ifodalangan
axborotlar tushuniladi. Masalan, muayyan davlatda
qanday siyosiy tizim xukmronligi, qaysi til davlat tili
ekanligi statistikaga hech qanday aloqasi yo‘q, ammo
siyosiy firqolar soni, ularning maqsadi, a’zolar soni
va boshqa belgilar bo‘yicha taqsimlanishi, yetakchi firqo tashkilotlari a’zolarining
ijtimoiy holati, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha taqsimoti, qaysi tilda qancha
aholi gaplashishi va hokazolar - bular statistikadir. Mamlakat hududiy
bo‘linmalarining ro‘yxati yoki jo‘g‘rofiy xaritada joylanishi statistika emas, biroq
aholini soni, sanoat tarmoqlari va hokazolarning hududiy kesimda taqsimoti
statistikadir.
Statistikaga oid ma’lumotlar uchun umumiy o‘ziga xos xususiyat shundan
iboratki, ular ayrim yakka hodisalarga tegishli bo‘lmasdan, balki doimo ularning
to‘plamini qamrab oluvchi umumlashtiruvchi miqdorlardir. Yakka hodisa,
to‘plamdan farqli o‘laroq, mustaqil va bir - biriga o‘xshash tarkibiy elementlarga
bo‘linmaydi. To‘plam bitta yoki bir nechta hodisaga kamayishi bilan butunlay yo‘q
bo‘lmasdan, oldingi mavqeini saqlab qoladi. Masalan, agarda shahar aholisi orasida
bir yoki bir nechta kishi vafot etsa yoki boshqa joyga ko‘chib ketsa, aholi
to‘plamligicha qolaveradi. Qandaydir korxona yopilsa korxonalar to‘plami o‘z
nomini saqlab qoladi. Ammo yakka korxonaga qarashli asosiy sex yopilsa, korxona
o‘z mavqeini yo‘qotadi, ya’ni ishlamay qo‘yadi.
Shuningdek, shaharga bir kishi ko‘chib kelishi yoki bola tug‘ilishi, yangi
korxona ishga tushishi bilan mavjud to‘plam o‘rniga yangisi yoki ikkinchi boshqa
to‘plam paydo bo‘lmaydi.
Agarda hodisa yakkayu yagona bo‘lib, keyinchalik unga o‘xshash hodisa
yuzaga chiqishi kutilsa, u holda bu hodisa mustaqil statistika obyektini tashkil etadi.
Masalan, Asakadagi o‘zbek-quriya qo‘shma yengil mashinalar ishlab chiqaruvchi
korxona ishga tushishi bilan respublika xo‘jaligida yangi tarmoq shakllanishiga asos
solindi. Demak, bu korxona statistika, obyekti hisoblanadi, chunki keyinchalik unga
o‘xshash mashinasozlik korxonalari vujudga kelishi mumkin, haqiqatda ham paydo
bo‘la boshladi.
To‘plam tarkibidagi har bir hodisa o‘z o‘zidan statistikani qiziqtirmaydi. U
to‘plam bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlarni olish uchun asos sifatida statistika
diqqatini tortadi. Masalan, nikohni qayd qilish oila quruvchi ikki yosh uchun
ahamiyat kasb etadi, chunki ularning oilaviy huquq va vazifalarini belgilaydi, shu
jihatdan davlat tashkiloti-ZAGS larni ham qiziqtiradi, chunonchi ular huquqiy oila
munosabatlari ustidan nazorat olib borish uchun tuzilgan. Bu fakt statistika uchun
qayd qilingan nikohlar soni, yangi oilalar a’zolarining yoshi, yashash manbaalari va
xokazolar haqidagi umumiy ko‘rsatkichlarni olish jihatidangina ahamiyatga ega.
Hozirgi
zamon
statistikasi
davlatshunoslikdan
axborotlarning
to‘laligi,
turli- tumanligi va xarakteri
bilan tubdan farq qiladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Garchi faktlar gung bo‘lsa ham, ularni tushunish kerak, talqin eta bilish lozim.
Statistikaga ana shunday yo‘sinda yondashish natijasida bu so‘zning ma’nosi boyidi,
u mazmunan yangi jihatga ega bo‘ldi.
Statistika deganda ma’lumotlar to‘plash jarayoni
ham ularni qayta ishlab, xolisona va aniq talqin etish
qoidalari ham tushuniladi. Ana shu mazmunda
statistika ham fan, ham faoliyat sohasi, ham kasb
turidir. U uyushtirilgan bilim tarmog‘i ham,
maqsadlarni amalga oshirish uchun kuchli qurol ham,
kasbkorlik faoliyati sohasi ham hisoblanadi. Ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olim
E.Keyn shohidlik qilishicha, ma’muriy muassasalarda ishlarni tasniflashga oid
amerika ma’lumotnomasida statistika quyidagicha ta’riflanadi: “Statistika faktlarni
xulosalar yasash uchun asos sifatida to‘plash, tasniflash va miqdoriy baholash
haqidagi fandir”
1
Shu jihatdan u tasviriy statistika nomi bilan ham yuritiladi.
Demak, tasviriy statistika deganda axborotlar
to‘plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin etish
yo‘llari nazarda tutiladi. Uning diqqat markazida
ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish turadi.
Tasviriy statistika ma’lumotlarni samarali to‘plash,
tartibga solish va umumlashtirilgan statistik axborotlar olish usullarini ishlab chiqish
va amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Bu ishda EHMdan foydalanish muhim
masala hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodchi mutaxasislar, statistiklar EHM
yordamida axborotlar to‘plash, ishlash va saqlash qoidalarini chuqur bilishlari lozim.
Shunday qilib, statistika atamasi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, hozirgi kunda u
quyidagi mazmunlarda ishlatiladi:
-statistika deganda turmushimizning turli tomonlari - iqtisodiy, madaniy,
siyosiy, ma’naviy, sotsial-psixologik, ijtimoiy-demografik va hokazo hodisalar
hamda atrof-muhit holati haqidagi ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. Bunday
mazmunda bu so‘z ko‘proq davriy matbuot sahifalarida va axborot vositalarida
ishlatiladi;
-ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayoni ham statistika deb yuritiladi;
-statistik ko‘rsatkichlarni hisoblaydigan va saqlaydigan, axborot xizmatlarini
ko‘rsatadigan maxsus tashkilotlar nazarda tutilganda ham statistika so‘zi
foydalaniladi. Masalan, gazeta sahifalarida “statistika bergan ma’lumotlarga ko‘ra”
degan ibora tez-tez uchrab turadi;
-yirik korxona va idoralarda ho‘jalik faoliyat haqidagi ko‘rsatkichlarni
hisoblash va hisobotlar tuzish bilan shug‘ullanadigan bo‘lim nomi ham statistika deb
yuritiladi;
-statistika deb maxsus ilm-fan yo‘nalishi ham ataladi;
1
Э.Кейн. Экономическая статистика и эконометрика. Инглизчадан таржима. М:, Статистика, 1997. 11 бет.
Statistika - bu fan
tarmog‘i, amaliy faoliyat
sohasi, bilim yo‘nalishi,
bilish quroli.
Tasviriy statistika - bu
ma’lumotlar
to‘p-lash,
tasniflash, umum-lashtirish
va talqin etish yo‘llaridir.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
-statistika deganda turli ilmiy-texnika sohalarida gipotezalar yasash, baholash
va yechimlar qabul qilish jarayonida statistik uslubiyatni tatbiq qilish ham
tushuniladi;
-nihoyat, matematikada turli mezonlar va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar
statistika deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |