Kirish (Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati)


- rasm. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ketma-ketligi



Download 181,13 Kb.
bet10/10
Sana15.04.2022
Hajmi181,13 Kb.
#554876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turgunboyev

3 - rasm. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ketma-ketligi

Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning tafakkuri o‘ziga xos tarzda rivojlanishi, ularda fikrlash operatsiyalarining nisbattan kechroq amalga oshishiga sabab bo‘ladi.


Mana shu xususiyatlarni inobatga olgan holda biz, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga “Oilaviy hayotga tayyorlash” predmeti bo‘yicha bilim berishda ularning fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiluvchi quyidagi ketma-ketlikka rioya etishni tavsiya etamiz: eslab qolish, tushunish, amalda qo‘llash, tahlil qilish, baholash, ijodkorlik (1-rasm).
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, mustaqil hayotga, jumladan oilaviy hayotga tayyorlanadi. Ikkinchidan, ularni jamiyatda yashashga, boshqalar bilan muloqot qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jixatdan tayyorlaydi.


UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
“O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuv muammolari (Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalariga tayangan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Imkoniyati cheklangan insonlarning ijtimoiy moslashuv jarayoni xarakterli xususiyatga ega bo‘lib, mazkur jarayon maxsus pedagogika va psixologiyada dolzarb masala sifatida o‘rganiladi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuv mexanizmining shakllanishi ularning yoshiga mos faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratilishi bilan ifodalanadi. Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bola shaxsiyatining o‘ziga xos rivojlanishi har qanday nuqsonli bolaning ijtimoiy moslashuvi murakkab jarayon ekanligidan dalolat beradi.
2. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuv samaradorligi ko‘p jihatdan kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni zamonaviy hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash bilan bog‘liq. Xususan ularning ijtimoiy moslashuv muammolarini hal etishga qaratilgan tadbirlar nafaqat har qanday alohida yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarga balki jamiyatning boshqa a’zolariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
3. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar turlaridan behabarligi sababli bugungi kunda ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlar mazkur toifadagi shaxslarni ish bilan ta’minlay olmasligi eksperimental tadqiqot tajribalardan olingan natijalarda o‘z isbotini topdi.
4. Imkoniyati cheklangan insonlar kasb tanlashda bir qator muammolarga duch kelish tendensiyasining mavjudligiga qaramay, olib borilgan tajriba-sinov ishlari natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, kar va zaif eshituvchilarning jismoniy nuqsoni ko‘plab kasb turlarini egallashda to‘sqinlik qilmaydi balki, shu kasblar ularning jamiyat hayotiga ijtimoiy msolashuviga ijbiy ta’sir ko‘rsatadi.
5. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashda sanoat korxonalarining moddiy-texnik bazasidan foydalanish, texnologiya fanini o‘qitishda ta’lim turlari va bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, mahoratli, kasb egalarini ta’lim jarayoniga jalb etish, o‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishi va qobiliyatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
6. Kar va zaif eshituvchi bolalarning aqliy jihatdan sog‘lomligi hamda eshitish qobiliyatining cheklanishi sifatli o‘rta ta’lim olish va oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun zarur tayyorgarlikni ta’minlash uchun to‘siq bo‘la olmaydi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar oliy o‘quv yurtida nafaqat bilim oladi, balki jamiyat hayotiga moslashish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
7. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oialaviy hayotga tayyorlash muammosi maxsus pedagogikada alohida dolzarblik kasb etadi. Muayyan nuqsonning mavjudligi shaxsiy rivojlanishning o‘ziga xosligini belgilaydi, kognitiv faoliyatning muvaffaqiyatini pasaytiradi, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolaning ijtimoiy tajriba ortirishiga to‘sqinlik qiladi.
8. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim olish davrining katta qismini imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘tkazishini hamda ularning jamiyat hayotiga moslashuvining muvaffaqiyati va tezligi ko‘p jihatdan maktabning korreksion va tarbiyaviy ishlarining samaradorligi bilan belgilanishi mazkur toifadagi o‘quvchilarni ta’lim jarayonida oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish o‘ta muhim masala hisoblanadi.
9. Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning tafakkuri o‘ziga xos tarzda rivojlanishi sababli hamda ularda fikrlash operatsiyalarining nisbattan kechroq amalga oshishi kabi xususiyatlariga e’tibor qaratgan holda eshitishida nuqsoni bo‘lgan yoshlar va oilalarning zamonaviy muammolari va oilaviy hayotga oid tushuncha va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
10. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuv muammolarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari matematik statistika usullari orqali tahlil qilindi. Tajriba natijalarini qayta ishlashda matematik statistika Styudent usuli formulalaridan foydalanildi.
YUqorida bildirilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagi tavsiyalarni ilgari surish imkoniyati yuzaga keladi:

  1. Ommaviy ahborot vositalari orqali nomoyish etilayotgan ko‘rsatuvlar (ilmiy, ommabop, xajviy), filmlar, teleseriallar, bolalar uchun multifilmlarni surdotarjima bilan efirga uzatish ishlarini amalga oshirish;

  2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqlarsiz va qiyinchiliklarsiz harakatlanishi uchun ko‘chalar, bino va inshoatlarda qulay sharoitlar yaratish;

  3. O‘zbekiston Respublikasining Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga asosan korxona va tashkilotlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda 3 foizli kvotaga amal qilishini ta’minlash;

  4. Imkoniyati cheklangan shaxslarni ish bilan ta’minlagan xususiy tadbirkorlarga nisbattan qo‘shimcha imtiyozlar joriy etish va ularni rag‘batlantirish;

  5. YOshlar uchun tashkil etiladigan tadbirlar, festivallar va ko‘rik tanlovlarda imkoniyati cheklangan yoshlarning ishtirokini ta’minlash va qo‘llab quvvatlash;

  6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan ijtimoiy garantlarni imkoniyati cheklangan yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalariga yo‘naltirish.

Download 181,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish