Kirish (Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati)


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi



Download 181,13 Kb.
bet5/10
Sana15.04.2022
Hajmi181,13 Kb.
#554876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turgunboyev

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuv muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
-
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 3 ta Respublika anjumanlarida muhokama qilingan va ma’qullangan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 7 ta ilmiy ish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, shundan 6 tasi Respublika va 1 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 140 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’ekti va predmeti, tadqiqot ishining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi ma’lumotlar berilgan.
Dissertatsiyaning “Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilari ijtimoiy moslashuvining nazariy-metodologik asoslari” to‘g‘risidagi birinchi bobda maxsus pedagogikada imkoniyati cheklangan shaxslar ijtimoiy moslashuv muammolarining o‘rganilganlik holati, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy moslashuv muammolari bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili yoritilgan.
Ijtimoiy moslashuv insonga o‘z maqsadlari, qiziqishlari, qadriyatlarini ijtimoiy guruhning maqsadlari, qiziqishlari va qadriyatlariga yaqinlashtirishga yordam beradi.
Ijtimoiy moslashuv muammosi turli fan sohalarida keng o‘rganilgan bo‘lib, bu tushuncha faqat insonga nisbatan qo‘llanilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Korreksion pedagogikaning eng dolzarb muammolaridan biri –bolalarda nuqsonni korreksiyalashdan, ularning tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiyaga o‘tish va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni ularning ruhiy va jismoniy imkoniyatlari darajasini hisobga olib ijtimoiy hayotga moslashtirish hisoblanadi.
Ijtimoiy moslashuv nuqtai-nazaridan eng muammoli guruhlardan biri bu – imkoniyati cheklangan bolalar hisoblanadi. Ularning moslashish imkoniyatlari ruhiy va jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar natijasida, ijtimoiy tajribaning cheklanganligi, ba’zida esa yomon oilaviy-iqtisodiy vaziyat natijasida pasaygan bo‘ladi.
Ijtimoiy moslashuv jarayoni barcha toifadagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun harakterli xususiyatga ega bo‘lib, bu masalalarning mohiyati ularning hayotida yanada teranlik kasb etadi.
Imkoniyati cheklangan shaxslarning salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli ular hayotining sifat darajasi pasayishiga olib keladi va buning natijasi o‘laroq boshqalar bilan to‘la birdamlikda yashashdan mahrum bo‘ladi.
Bu insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati (oilaviy munosabatlar, ta’lim, kasb-hunar egallash va boshqalar) ularning ijtimoiy moslashuvida muhim rol o‘ynaydi.
Imkoniyati cheklangan shaxslarning ijtimoiy moslashuvining muhim shartlaridan biri – sog‘lom insonlarning nogironlarga imkoniyatlar yaratish muhimligini tushunishidadir.
SHuningdek, imkoniyati cheklangan insonlarning jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli jalb qilishning yana bir muhim jihati – ularning sog‘lom insonlar bilan yaqin aloqasida ko‘rishimiz mumkin.
Nogiron kishilarning ijtimoiy moslashuvi juda murakkab amaliy masaladir. Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan insonlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar ularning ijtimoiy turlarining shuningdek, ijtimoiy xulq-atvorining xususiyatlarini va hayotiy strategiyalarini e’tiborga olishi kerak.
SHiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyat sharoitida ijtimoiy moslashuv muammosi imkoniyati cheklangan insonlar uchun alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, huquqiy, etnik kabi qo‘shimcha to‘siqlar ularning ijtimoiy moslashuv muammolarining yanada murakkablashishiga sabab bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv masalalariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu borada bir qator qonun xujjatlari qabul qilingan, eng past tovushlarni eshitishga imkon beruvchi koxlear implantatsiya operatsiyalari O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida amalga oshirilmoqda, Respublikamiz olimlari tomonidan bugungi kungacha eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar olib borilgan.
Respublikamizda va xorij mamlakatlarida kar va zaif eshituvchilarning ijtimoiy moslashuv masalalarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy izlanishlarning deyarli barchasi maktab va maktabgacha ta’lim yoshidagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga bag‘ishlangan.
Biz eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar hayotining katta qismi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘tishini inobatga olgan holda, shu maktab-internatni tamomlagan bitiruvchilarning ijtimoiy moslashuv muammolari o‘rganilishi lozim deb hisoblaymiz.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuv muammolarini tadqiq etish kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining mazmunini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuv muammolarini aniqlash, uning sabablarini o‘rganish uchun, maxsus maktab-internat o‘qituvchilari, O‘zbekiston karlar jamiyati hodimlari va eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar bilan suhbatlar olib bordik, me’yoriy xuquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqdik.
Olib borilgan suhbatlar, kuzatuvlar, tahlillar natijalariga ko‘ra bugungi kunda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuvidagi eng ko‘p uchrayotgan muammolar bu ishsizlik hamda ularni oilaviy hayotidagi muammolarda ekanligi aniqlandi.
Dissertatsiyaning «Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarini kasb-hunar faoliyatiga moslashuvini o‘ziga xos xususiyatlari» deb nomlangan ikkinchi bobida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarini kasbiy faoliyatidagi muammolar, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini kasb-hunar faoliyatiga tayyorlashni takomillashtirishga doir tavsiyalar, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining oliy ta’lim olish muammolari yoritilgan.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuv darajasiga ularni zamonaviy hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash kabi ko‘rsatgichlar ta’sir ko‘rsatadi.
SHu sababli tadqiqotimizda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarini kasb-hunar faoliyatiga moslashuvini o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgandik.
Tadqiqot doirasida amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarining maqsadi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bitiruvchilarining kasb-hunar faoliyatiga doir muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish asosida alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’lim sifatining samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadga erishish uchun sinov ishlariga jalb etilgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni bir necha yillar avval tamomlagan o‘g‘il va qizlarning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq muammolarini aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish hamda olingan natijalarni tahlil qilish kabi vazifalarni ijobiy hal qilish lozim degan xulosaga keldik.
Tadqiqotimizni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 106-sonli hamda M.Ulug‘bek tumanidagi 101-sonli, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 25-sonli, Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 1-sonli va
2-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini 2011-2016 yillarda tamomlagan kar va zaif eshituvchilar ishtirokida olib bordik. Tajriba-sinov ishida so‘rovnoma metodidan foydalandik. So‘rovnomani O‘zbekiston karlar jamiyati va uning xududiy filiallarining ko‘magida o‘tkazdik.
Bundan tashqari biz, texnologiya fan dasturi, o‘quv rejalarga hamda bitiruvchilarning yashash manzilining xududiy xususiyatlariga (qishloq, shahar, ishlab chiqarish korxonalarining mavjudligi) alohida e’tibor qaratdik.
Maktab-internat o‘qituvchi va tarbiyachilari bilan olib borilgan suhbatlarda eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, mehnat darslaridagi layoqatiga doir bizni qiziqtirgan masalalar aniqlandi.
Mazkur so‘rovnomada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘z bitiruvchilarini:
- qanchalik darajada kasbiy faoliyatga tayyorlay olayotganligi;
- maktab-internatda o‘rgatilayotgan kasb-hunar turlari qay darajada o‘zini oqlamoqda;
- kasbiy ko‘nikmalarning shakllanganligi, ishga joylashish holati aniqlandi. Mana shu jihatlarga asoslangan holda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarini kasbiy ko‘nikmalarining shakllanganligi, ishga joylashish holatini aniqlash darajalari ishlab chiqilib, sifat va miqdor jihatdan tahlil qilindi va umumlashtirildi (1-jadval).

Download 181,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish