Kirish (Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati)


- jadval Tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalar jadvali



Download 181,13 Kb.
bet9/10
Sana15.04.2022
Hajmi181,13 Kb.
#554876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turgunboyev

6 - jadval
Tajriba-sinov ishlaridan olingan natijalar jadvali



Savollar

Darajalar

A’lo

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Izohlay olmadi

1

Necha yoshda oila qurgansiz?




96 (79%)

26 (21%)




2

Turmush o‘rtog‘ingizning ijtimoiy kelib chiqishi o‘zaro munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadimi?

110 (90%)

12 (10%)







3

Farzandlaringizning ijtimoiy kelib chiqishi ularni tarbiyalashda qiyinchilik tug‘duradimi?




122 (100%)







4

Ajrashish holati

96 (79%)




26 (21%)




Oila funksialarining bajarilish holati

5.1

Oilangizni moddiy tomondan to‘liq ta’minlay olayapsizmi?

16 (13%)

44 (35%)

64 (52%)




5.2

Farzandlaringiz necha nafar va necha nafar bo‘lishini rejalashtirgansiz?

21 (17%)




101 (83%)




5.3

Farzand tarbiyasiga kun davomida qancha vaqt ajratasiz?

19 (15%)

48 (40%)

55 (45%)




5.4

Oila a’zolaringizning ichki kechinmalarini tushuna olasizmi buni qanday amalga oshirasiz?

43 (35%)




79 (65%)




5.5

Oilangizning bo‘sh vaqtini qanday tashkil etasiz?




49 (40%)

73 (60%)




5.6

O‘zingizni oila davrasida to‘liq baxtli xis etasizmi?

42 (34%)




51 (42%)

29 (24%)

5.7

Oila a’zolarini nazorat qilish, moddiy va ma’naviy ta’minlash ularga nisbatan javobgarlik ma’suliyatini qanchalik darajada his etasiz?

16 (13%)

54 (44%)

52 (43%)




5.8

Oilangiz davrasida bo‘lgan vaqtda boshqa muammolarni unitib, ertangi kun uchun etarli darajada ulardan ruhiy madad olasizmi?

29 (24%)




11 (9%)

82 (67%)

Umumiy o‘rtacha natija

33 (27%)

35 (29%)

45 (37%)

9 (7%)

O‘tkazilgan tajriba-sinov natijalariga asoslangan holda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining oilaviy hayot to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari bo‘yicha tajriba boshi va yakunidagi o‘rtacha o‘zlashtirishlarini Styudent va Pirsonning χ2 matematik-statistika metodi yordamida tahlil etdik. Tajriba-sinovda jami 122 nafar respondentlar qatnashdi.


Masalaning qisqacha mohiyati quyidagilardan iborat: ikkita bosh to‘plam berilgan bo‘lsin. Biri tajriba yakunidagi respondentlar bilimining o‘rtacha ballari, ikkinchisi esa tajriba boshidagi respondentlari bilimining o‘rtacha ballari. Baholar normal taqsimotga ega deb hisoblanadi. Bunday faraz o‘rinlidir, chunki normal taqsimotga yaqinlashish shartlari sodda bo‘lib, ular bajariladi.
YUqoridagi jadvalga asosan respondentlarning tajriba boshi va yakunidagi natijalarini ko‘rsatuvchi N1 gipoteza va unga zid bo‘lgan N0 gipoteza tanlanadi.
YUqoridagi jadval ko‘rsatkichlariga asoslangan holda respondentlarning eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarida oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning shakllanganlik darajasining tajriba yakuni va tajriba boshidagi ko‘rsatkichlarini quyidagi jadvallarda aks ettiramiz:
7 – jadval
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining oilaviy hayot to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan
tajriba-sinov ishlari natijalari

Guruhlar

Respondentlar soni

Darajalar

A’lo

Qoniqar-li

Qoniqar-siz

Izohlay olmadi

Tajriba yakunida

122

33

35

45

9

Tajriba boshida

122

22

25

32

43

Bu tanlanmalarga mos kelgan diagrammalar quyidagicha ko‘rinishni oladi:

2 - rasm. Tajriba-sinov ishlarining tajriba boshida va tajriba yakunidagi dinamikasi
Olingan natijalarga asoslangan holda matematik statistik tahlil qilinib, tajribadan oldingi va keyingi holat uchun topilgan natijalardan o‘rtacha kvadratik chetlanish, tanlanma dispersiya, variatsiya ko‘rsatgichlari, Styudentning tanlanma mezoni, Styudent mezoni asosida erkinlik darajasi, Pirsonning muvofiqlik kriteriysi va ishonchli chetlanishlari topildi. O‘rganuvchi tadqiqotda yaxshi natijaga erishilmagan. Bular quyidagi jadvalda aks etgan.
8 - jadval.

1.























2.

2,76

2,22

0,8624

1,2316

3

4

4,15

233,71

28,3

0,17

0,2

Natijalardan o‘rtacha ko‘rsatkich 13,5 ga o‘sganligini ko‘rsatadi.
YUqoridagi natijalarga asoslanib tajriba-sinov ishlarining sifat ko‘rsatgichlarini hisoblaymiz.
Ma’lumki, =2,76; =2,22 ga teng.
Bundan sifat ko‘rsatgichlari:
> 1;
> 0;
Olingan natijalardan tajriba-sinov ishi uslubining samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va bilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lumki, tajriba yakunidagi natijalar tajriba boshidagi natijalardan yuqori ekan.
Demak, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining oilaviy hayotidagi muammolarning bugungi kundagi holatini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijadorligi statistik tahlildan ma’lum bo‘ldi.
Olingan natijalar asosida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning o‘ziga xos ijtimoiy pedagogik xususiyatlari aniqlandi.
Tajriba-sinov natijalaridan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash zaruriyati sezilarli darajada degan xulosaga keldik.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
2 fevraldagi PF-5325-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-2019 o‘quv yilidan “Oila asoslari” kursi VI-VII sinfda “Vatan tuyg‘usi” fani tarkibida 10 soatdan, “Oila etikasi va psixologiyasi” kursi VIII-XI sinflarda “Milliy istiqlol g‘oyasi” fani va Nutqiy muloqot fanlari tarkibida 10 soatdan o‘qitilishi nazarda tutilgan. Lekin, maxsus maktab-internatlar ta’lim jarayonida foydalanilayotgan Vatan tuyg‘usi, Milliy istiqlol g‘oyasi hamda Nutq muloqot fan dasturlarida Oila asoslari, Oila etikasi va psixologiyasi kursi bo‘yicha mavzular aks etirilmagan.
YUqorida keltirib o‘tilgan kamchiliklar eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarni o‘qitish va oilaviy hayotga tayyorlash muammolari yillar davomida saqlanib qolishi mumkinligidan darak beradi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha aniqlangan muammolar tahlili ularni echish yo‘llarini aniqlash imkonini berdi. Bular ko‘yidagilardan iborat:
1) eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtissoslashtirilgan maktab-internatlarida “Oilaviy hayotga tayyorlash” predmeti fan sifatida o‘quv rejaga kiritish;
2) so‘nggi yillar tadqiqotlari natijalariga, etnopsixologik materiallarga, halq an’ana va udumlarining ilmiy tahliliga hamda, bugungi kun talablarini hisobga olib, o‘quv dasturlar va o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish lozim;
3) o‘quvchilarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda ularning nuqson xususiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy axborot komunikatsion texnologiyalardan (kinofilimlar, reklama roliklari) keng foydalanish maqsadga muvofiq.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash sifati, kutilgan natijaning qo‘lga kiritilishi, bevosita uning mazmuni bilan bog‘liq.
“Oilaviy hayotga tayyorlash” predmetining mazmunini boyitishda quyidagilar e’tiborga olinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz. YA’ni:
- o‘quvchilarda sog‘lom ota-ona, sog‘lom bola haqida to‘g‘ri tasavvurlarni shakllantish;
- oila va uning vazifalari haqida maqsadga muvofiq tasavvurni tarkib toptirish;
- o‘quvchilarda namunali ota, namunali ona, namunali er va xotin haqida tasavvurni shakllantirish;
- er va xotin orasidagi muloqat madaniyati haqida tushuncha berish;
- ota-ona va bolalar orasidagi munosabatlar, bolalarni tarbiyalash usullari haqida tushuncha berish;
- qaynona ikkinchi ona ekanligi haqida o‘quvchilarda tasavvur shakllantirish;
- oila mustahkamligini ta’minlovchi omillar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish;
- sog‘lom bolani dunyoga keltirish shartlari haqida bilimlar berish kabi masalalar shular jumlasidandir.
XXI asrda yashayotgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan yoshlar va oilalarning zamonaviy muammolarini va ehtiyojlarini qondirishda oilaviy hayotga oid tushuncha va ko‘nikmalarni “Oilaviy hayotga tayyorlash” fan dasturida quyidagi uch qismga ajratish va bu masalalarni oilaviy hayotga bog‘lagan holda shakllantirishni taklif etamiz.
Birinchidan, oilada shaxslararo ijobiy munosabatlarni rivojlantirish, ijtimoiy ko‘nikmalar, shu jumladan xulq-atvor va axloq qoidalari, oila a’zolari bilan muloqot qilish odobi, farzand tarbiyalash, ijtimoiy ongni rivojlantirishga yordam beradigan fazilatlar, do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish.
Ikkinchidan, iste’molchi madaniyati va savodxonligi: iste’molchilarning huquq va manfaatlari, oilani moliyaviy boshqarish, tejamkor iste’molchi bo‘lish, reklama ta’siri va iste’molchilarning xatti-harakatlariga alohida e’tibor qaratilgan moliyaviy savodxonlik.
Uchinchidan, to‘g‘ri va ratsional ovqatlanish, oziq-ovqatlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish. Mahsulotlar o‘ramidagi yorliqlarni o‘qish, oshxonada havfsizlik va sanitariya qoidalariga amal qilish, tana vaznini boshqarish, zararli odatlar va uning inson salomatligiga salbiy oqibatlari shular jumlasidandir. SHuningdek, kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uning sifatini bilish hamda ulardan oqilona foydalanish.




Download 181,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish