Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining kasb faoliyatidagi muammolar aniqlangan va asoslangan;
- eshitish qobiliyatini yo‘qotgan insonlar egalashi mumkin bo‘lgan zamonaviy kasb turlari ro‘yhati shakllantirilgan va bu kasblarni eshitishida nuqson bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilariga o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
- eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat bitiruvchilarining oilaviy hayotidagi muammolarni eksperimental o‘rganish asosida kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy xayotga tayyorlash ular tomonidan ijtimoiy hayot normalari va ko‘nikmalarini egallashda etakchi omil ekanligi aniqlangan va asoslangan;
- eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha aniqlangan muammolar tahlili asosida mazkur muammolarning echimiga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari
Tadqiqot natijalari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tizimi uchun ishlab chiqilgan DTSlari, o‘quv dasturlari, o‘quv metodik adabiyotlar, didaktik vositalarni takomillashtirishda, oliy ta’lim muassasalarida defektolog kadrlarni, xususan, surdopedagoglarni tayyorlashda, foydalanishi mumkin. SHuningdek, Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi hamda Respublika ta’lim markazining tegishli mutaxasisslari va amaliyotchi o‘qituvchilar tadqiqot natijalari va tavsiyalarimizdan foydalanishi maqsadga muvofiq.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi unda qo‘llangan yondashuv, usullar, nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbaalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar, hulosa va takliflar hamda tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan asoslangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati:
Tadqiqotning ilmiy natijalari eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuv muammolari ilmiy jihatdan aniqlanganligi, ushbu muammolarni bartaraf etishning shart-sharoitlari, yo‘llari va usullari ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. Mazkur ilmiy natijalar bakalavr surdopedagog mutaxassislarni tayyorlashda maxsus pedagogika, xususan surdopedagogika yo‘nalishini hamda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim mazmunini nazariy jihatdan boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati, uning natijalari imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun moslashtirilgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv metodik adabiyotlarni takomillashtirish, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini mazmunan boyitishi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |