Kirish (Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati)



Download 181,13 Kb.
bet1/10
Sana15.04.2022
Hajmi181,13 Kb.
#554876
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
turgunboyev


KIRISH (Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati)
Dunyoda bolalar umumiy populyasiyasining taxminan 10%da rivojlanish kamchiliklari kuzatilmoqda. Mazkur kamchiliklarning ko‘pchiligi atrofdagilarni va eng avvalo, ota-onalarni diqqat-e’tiborini, shifokor, pedagog, psixolog, defektologlarni kompleks aralashuvini talab etadi va ularning kelajakdagi hayotlarida ijtimoiy moslashuvining samarali bo‘lishiga qaratiladi.
InCHeon deklaratsiyasida hamma uchun inklyuziv ta’lim talabalarning xilma-xilligi, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ta’limga ehtiyojlarini hisobga olish hamda ularni kamsitishning turli xil shakllariga qarshi kurashish, shuningdek, ta’lim olish huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish dolzarb vazifa qilib qo‘yilmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda alohida yordamga muhtoj bo‘lgan insonlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy jihatdan himoya qilish bo‘yicha juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli huquqiy baza shakllangan. Jumladan, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasida “Har bir bola bilim olish huquqiga ega”, 25-moddasida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar jamiyat hayotida ishtirok etishda boshqa bolalar bilan teng huquqlarga egadir» deb ko‘rsatilgan.
2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5270-sonli Farmonida nogironlikni barvaqt aniqlash va oldini olish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish sohasidagi ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda kar va zaif eshituvchilar 21 500 nafar atrofida bo‘lib, jumladan 4 ming nafari yoki 20 %ga yaqini ta’lim yoshidagilarni tashkil etadi. Har yili 200 nafar atrofida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ular uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni tamomlaydi.
Ma’lumki, eshitish analizatorining buzilishi (birlamchi nuqson) nutqning rivojlanishiga (ikkilamchi nuqson) va ushbu nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarning (ko‘rish qobiliyati, fikrlash, diqqat, xotira) buzilishiga yoki o‘ziga xos tarzda rivojlanishiga olib keladi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish, uni mazmunan boyitish, zamon talablari darajasiga ko‘tarish, ularning jamiyatda ma’lum o‘rin va rol egallashi ya’ni, ijtimoiy moslashuv samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim olish davrining katta qismini maxsus maktab-internatlarida o‘tkazishini inobatga olgan holda ularning jamiyat hayotiga ijtimoiy moslashuvi bevosita ta’lim muassasasining zimmasida turgan muhim masaladir.
Ijtimoiy moslashuv – shunchaki yangi sharoitga moslashish emas, bu murakkab jarayon bo‘lib, shaxs faoliyatining barcha jabhalarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Ijtimoiy moslashuv uzluksiz davom etuvchi jarayon bo‘lib, o‘zgarishlarga moslashish qobiliyati nafaqat sog‘lom insonlar, balki imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zgarishlarga tayyorlik o‘ziga xos tarzda rivojlanayotgan insonlar hayotidagi muvaffaqiyatning asosiy shartlaridan biriga aylanadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuv samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlar mazkur toifa vakillarining jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishiga, zamonaviy kasb turlarini egallashiga, oila qurib barcha insonlar qatorida o‘z xuquq va erkinliklaridan foydalanishiga va jamiyat oldidagi burch hamda majburiyatlarini bajarishiga katta imkoniyat yaratadi.
Jamiyatda har bir shaxs rivojlanib borgani sayin uning ijtimoiy muhitda tutgan mavqei ham o‘zgarib boradi. SHaxs o‘z mavqeiga moslashib uni chuqur anglab borar ekan, uning bilimlari va faoliyati ham ijtimoiylashib boradi. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxsni o‘ziga xos xususiyatlari tashqi muhit ta’sirida namoyon bo‘lib borishi bilan bir qatorda, o‘zining yangi-yangi xususiyatlarini, qirralarini ko‘rsatishga imkon yaratiladi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning shaxs sifatida shakllanishi bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni nuqson xususiyatidan kelib chiqqan holda insonning jamiyat hayotiga ijtimoiy moslashuvining asosiy omili hisoblangan insonlar bilan muloqot qilish imkoniyatlarini cheklanganligi; eshitish analizatori faoliyatining buzilishi natijasida emotsional rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan akustik olamni anglash imkoniyatining yo‘qligi; insonning shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur bo‘lgan jamiyat ijtimoiy tajribasini egallash imkoniyalarini uslub, doira va mazmun jihatdan cheklanganligi eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuv muammolarini tadqiq etish zarurligini belgilab beradi.

Download 181,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish