1-ilova
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi kafedrasi
“Milliy g’oya ,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavr yo’nalishi
“Milliy-ma’naviy barkamollik asoslari” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Yosh avlodni tarbiyalashda va insonlarni ma’naviy barkamollikka erishuvida hikmatlar xazinasining ahamiyati va dolzarbligi.
Bajardi: Milliy g’oya, ma’naviyat
asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi
3-kurs A-patok talabasi Obbosxonov
Zikrilloxon
Tekshiruvchi: Abduxoliq Tashanov
2-ilova
REJA
KIRISH: Tafakkur bekati.
I bob. Hikmatlar xazinasi va uning ahamiyati.
1.1 Hikmat va hikmatli so’zlar haqida.
1.2 Ajdodlarimizning ilm xazinasiga qo’shgan hissasi.
II bob. Inson kamolotida hikmatlarning o’rni.
2.1 Insonning yuksalishida madaniy meroslarning o’rni va sara hikmatlardan namunalar.
2.2 Yurtimizda ajdodlar merosiga bo’lgan e’tibor.
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Ilova
Kirish. Biz hikmatli so’zdan molini ham , jonini ham ayamagan donishmand ota-bobolarning zurriyotlarimiz. Donishmand ajdodlarimizning avloddan avlodga o’tib kelayotgan qomusiy bilim , keng dunyoqarash , katta hayotiy tajriba , nozik kuzatish mahsuli bo’lgan chuqur mazmun va teran falsafaga ega hikmatli so’zlari , fikr-mushohadalari , pand nasihatlari qadim zamonlardan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning qudratli quroli bo’lib kelgan. Darhaqiqat, dunyoda o’zbek xalqiday hikmatni jon-u dilidan sevadigan , hamisha o’qib , yod olib , o’zaro suhbatlarda , davralarda aytib yuradigan yana bir xalq bo’lmasa kerak. Biror maqol yoki hikmatli so’z bilan so’ziga zeb bermaydigan , fikrini tasdiqlamaydigan o’zbekni topish amrimahol. Chunki , ta’bir joiz bo’lsa , maqol va hikmatli so’z bizning zuvalamizga qo’shib qorilgan , ona suti bilan jismimizga , ona allasi bilan qulog’imizga singgan. Tanglayimiz maqol va matallar, hikmatlar bilan ko’tarilgan . Oilada , bog’chada , maktabda , ishda – hayotning har bir jabhasida ular bizga hamisha hamroh-u hamdam hisoblanadi. Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri I.Gyote : “Har kuni hech bo’lmasa bitta qo’shiq eshitish ,chiroyli bir suratni tomosha qilish va iloji bo’lsa istagan bir hikmatli so’zni o’zlashtirib olish kerak “ , - degan edi. Biz har kuni rasm ko’rmasligimiz mumkin , lekin qo’shiq eshitmagan , hikmat tinglamagan kunimiz yo’q. Chunki biz qo’shiq bilan tirikmiz , hikmat bilan nafas olamiz. “ Olam boshdan-oyoq hikmatdan iborat “ , - deb lutf etgan edi Abulqosim Firdavsiy . Chindan ham , bu dunyoda biror-bir hikmatga ega bo’lmagan narsa- hodisaning o’zi yo’q . Aql ko’zi bilan boqqan kishi har bir zarrada hikmat ko’radi. Rivoyat qilishlaricha , bir podshoh o’z qalamravidagi barcha olimlarni bir yerga to’plab , dunyodagi bor kitoblarning mazmunini jam etishni buyuribdi. Olimlar uzoq mashaqqatdan so’ng bu farmonni ado etibdilar va 400 jildlik asar paydo bo’libdi. Podshohning bunga ko’ngli to’lmasdan “ Bu nihoyatda ko’p , ixchamlashtiring “ , - deya buyuribdi yana. Qisqartirishgan ekan 40 jildga kelibdi. Shohning bunga ham ko’ngli to’lmay “ Mag’zini qoldiring “ , - deya farmon beribdi. Bu gal 4 kitobga jo bo’libdi . Bu safar ham shohning ko’ngli to’lmay yana ixchamlashtirishga buyruq bo’lgach , kitob yanada muxtasar shaklga kirib , bor-yo’g’i 4 so’zda o’z ifodasini topibdi. Bizningcha ana shu to’rt so’zning nomi “ hikmat “ deb ataladi. Chunki butun dunyodagi kitoblarning mazmun mohiyati to’rt so’zda jamlanganidek , ba’zida to’rt so’zdan iborat hikmatda bir olam ma’no-mazmun mujassam bo’ladi.Xalq donishmandligi maqollarda aks etsa, olim-u adiblarning chuqur mazmunga ega fikr-mulohazalari hikmatli so’zlarda o’z mazmunini topgan . Hikmatli so’zlar , obrazli va quyuq falsafiy mushohadalar badiiy asarning ham mag’zi , qaymog’I hisoblanadi. Hikmatli so’zlar va to’liq ma’noli fikrlarga boy kitoblar aqlni charxlaydi , qalbga quvvat , ruhga oziq beradi , kishilarning axloqiy tarbiyasi va ma’naviy kamolotiga beqiyos ta’sir ko’rsatadi. Odamlar kitob mutoala qilganlarida ana shunday ko’ngil torlarini chertib , idroklarini nurlantiradigan hikmatlarni izlashlari ham bejiz emas. “Ko’ngil dardig’a darmondur nasihat “ , - deb yozgan edi Alisher Navoiy “Frahod va Shirin “ dostonida. Bu bejiz emas. Chunki pand-nasihat kishiga taskin beradi , dardini yengillashtiradi , o’zini qo’lga olishiga yordam beradi , to’g’ri yo’lni ko’rsatadi ,har qanday tushkun , umidsiz kishini qayta yashashga , kurashga otlantiradi. So’zning , ayniqsa , hikmatli so’zning ta’sir kuchini hech narsa bilan o’lchab bo’lmaydi . Shuning uchun hadisi sharifda ham : “Hikmatli so’z mo’min kishining yo’qotgan narsasidir. Uni qayerda topsa , o’zlashtirib olishga haqlidir “ , - deyiladi. Bundan ko’rinib turibdiki hikmatli so’zlar qadimdan insonlar uchun katta ahamiyatga ega hisoblangan ekan.
1.1 Hikmatli soʻzlar — tugal fikrni anglatuvchi, oʻtkir mazmunli qisqa va loʻnda ibora, bayt, jumla. Xalq maqollaridan farqli ravishda hikmatli soʻzlar kelib chiqishi jihatidan maʼlum bir shaxs (yozuvchi, shoir, publitsist, faylasuf, olim, davlat arbobi va boshqalar)ga mansub boʻlib, individualligini saqlab qoladi. Hikmatli soʻzlarning mustaqil janr shaklidagi namunalari bilan birga ilmiy, falsafiy, tarixiy hamda badiiy asarlar tarkibida uchraydiganlari ham boʻladi. Baʼzan asar boshdan-oyoq hikmatli soʻzlardan iborat boʻlishi ham mumkin (Forobiy va boshqalar). Alisher Navoiyning ayrim asarlari hikmatli soʻzlarga boy ("Nazm ul-javohir", "Arbain", "Mahbub ul-qulub" va boshqalar). Sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, oʻzbek adabiyotida hikmatli soʻzlarning koʻp qismi pand-nasihat, oʻgit, tanbeh shakllarida boʻladi. Shuningdek , Sharq sheʼriyatida, dunyoviy va ilohiy ilmlar olamida alohida hikmatlar faqat Yassaviy tomonidan bitilgan. Har xil mavzulardagi hikmatli soʻzlar millatning koʻp ulugʻlari tomonidan u yoki bu shaklda aytilgan. Lekin maʼlum tartib berib, oʻziga xos shaklga solib Yassaviy tomonidan yaratilgan. Adabiyotshunoslik bilan bogʻliq lugʻatlarda ham, izohli lugʻatlarda ham hikmatlarga alohida qoidasifat fikr berilmagan. Hikmat soʻzining dastlabki lugʻaviy maʼnosi oʻta donolik, donishmandlik, aql-zakovat. Ikkinchi maʼnosi esa tagini anglash qiyin boʻlgan, yashirin bir maʼno, yashirin bir sabab.Shularga asoslanib, hikmatlarni zamirida katta yashirin maʼno jamlagan, oʻta donishmandlik bilan bitilgan va nazmiy tartibga solingan, ifodasi hamda oʻqilish ohangi bilan xalq ogʻzaki ijodiga yaqin boʻlgan sheʼriy asar deyish mumkin. Ular kishi ruhiga yaqin, hamohang qiroat bilan oʻziga xos bir qoʻshiqday kuylanadi.Hikmatlar oʻquvchiga uning tushunchalari va dunyoqarashi doirasiga qarab har xil taʼsir koʻrsatadi, oʻz darajasida mulohaza uygʻotadi. Yuqoridagi hikmatlarga ishq, haqiqat, adolat, qanoat, diyonat singari masalalarga islom dini aqidalariga tayangan holda tartib berilgan. Ular muallif vafotidan bir necha yillar oʻtgach, xalq ogʻzidan yigʻib olingan.Hikmatlar xalq sheʼriyatiga oʻxshab kishi ruhiga yaqin. Hikmatlar bir oʻrinda orif nomidan, ikkinchi bir shaklda oshiq tilidan, uchinchi bir holatda shayx daʼvati tarzida, yana bir oʻrinda donishmand gʻoyalari sifatida, bir joyda darvesh qarashlari shaklida yangraydi. Hikmatlardagi timsollar juda teran va murakkab. Ularni tahlil va talqin etish ham oson emas. Hikmatlarga erkin mushohada usuli bilan yondashish kerak. Ular odamni oʻz-oʻziga tanqidiy nazar bilan qarashga undaydi. Oʻzligini taftish qilishga yoʻnaltiradi.
1.2 Xalqimiz shoir va donishdir, bebaho hikmatlar ijodkoridir. Ushbu
durdonalar xazinasi jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladir.
Ha, o‘zbek xalqi butun dunyo ma’naviyat xazinasiga qo‘shgan hissasi
bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bizning ko‘pgina ertak va afsonalarimiz
yer yuzining talaygina mamlakatlariga yetib borib, ularning ijod xazina-
sini boyitgan. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqatni jahon tadqiqotchi olimlari
allaqachon tan olganlar. Xo‘sh, xalqimizning chin qalbidan chiqib, teran tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan bu durdonalarni nechog‘li bilamiz? Biz barkamol bo‘lishini
xohlayotgan hozirgi yosh avlod ulardan yaxshi xabardormi?
Qadim zamonlarda uzun qish tunlari sandal – tancha tegrasida o‘tirib,
bolalar ota-onalari, bobo va momolaridan ajoyib-u g‘aroyib ertaklar, afso-
na-yu rivoyat va naqllar tinglaganlar, hikmat durdonalarini dillariga jo
qilib, keng tafakkurli donishlar bo‘lib yetishganlar. Ota-bobolarimiz teran tafakkurining qaymog‘i bo’lmish hikmatlardan kimki xabarsiz ekan, ul kimsa ma’naviy jihatdan qashshoqlashib qolishi mumkin. Shuning uchun ham chin insoniy fazilatlar – poklik, sofdillik, halollik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik birla tejamkorlik, noz-ne’matlarning qadriga yetish, ahillik va inoqlik, mardlik va vatanparvarlik turli naqllar vositasida tarannum etilgan.Risoladagi hikmatlar donishmand ajdodlardan bo‘lg‘usi avlodlarga yetib kelgan bebaho armug‘ondir. Shunday ekan , ota-bobolar hikmati qalbimizga nur sochib, charog‘on qilgay, tafakkurimizni yanada teranlashtirgay, boyitgay, xonadonimizga baxt-u baraka olib kirgay! Ota-bobolar hikmati yosh bo‘g‘inga, kelgusi avlodga benihoya zarurdir. Kimki ushbu hikmatlarni o‘qib va uqib, anglab olsa, har tomonlama barkamol bo‘lgay! Tarixda yashab o’tgan ajdodlarimizning ko’pchiligi o’z donishmandligi bilan hikmatlar xazinasiga ulkan hissa qo’shishgan shunday buyuk allomalardan biri shubhasiz Forobiy hisoblanadi. Abu Nasr Forobiy Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. U yerda Abu Bashar Matta ibn Yunusdan yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, olim 70 dan ortiq tilni bilgan.Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Farobiyning asosiy asarlari: "Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Taliqot" (sharhlar), , , "Donolik asoslari", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida ", "Buyuk kishilarning naqllari", "Hikmat maʼnolari", "Aql toʻgʻrisida", , "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi toʻgʻrisida" va boshqalar shular jumlasidandir. Olimning ilmfan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharxlaganligi va ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganligidir. Shunday ulug’ allomalardan yana biri Abu Ali ibn Sino hisoblanadi. G’arbda u Avitsenna nomi bilan mIashxur hisoblanadi. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik tabib Abu Mansur al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat ilmini olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino ko’plab bilimlarni egallagach yaqin bir doʻsti faqih Abu Bakr Albarqiyning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ qomusiy asari hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism” asarlarni yozdi. Shuningdek “ Tib qonunlari “ va “Kitob ash-shifo” asarlari ham olimning buyuk asarlaridan hisoblanadi. Quyidagilar uning mashxur hikmatlaridan hisoblanadi: -Quyosh ko‘rlarga ko‘rinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda to‘g‘ri yo‘l belgilari ko‘rinmay qoladi;
-Kundalik rizq ko‘p, qayg‘uraverma. Shu bilan birga mol orttiraman, deb o‘zingni ko‘p qiynaverma. Chunki har kim o‘z nasibasidan ortiq bitta ham don yeya olmaydi.
-Mol-dunyoing seni aldamasin, chunki asragan mol-dunyoing boshqalarniki bo‘ladi. Ularni sarf eta olsang, o‘sha seniki bo‘ladi.
-Boylikni topishibdi-yu aql-idrokni yo‘qotishibdi. Ajabo, topgan narsalari bilan yo‘qotgan narsalarining bahosi bir xilmidi?
-Yordam berishning go‘zalligi undan kishining tasalli topishida ko‘rinadi.
Ilm xazinasiga hissa qo’shgan mutafakkirlardan yana birlari , o’z hikmatlari bilan mashxurlikka erishgan alloma Ahmad Yassaviy hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz adabiyotida ishq talqinlari koʻp uchraydi. Jumladan, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ham ishq va oshiq mavzusi boshqa mumtoz adabiyot namoyandalaridan farqli – oʻziga xos tarzda tasvir etiladi. Ahmad Yassaviy Allohga boʻlgan ishqni haqiqiy sanaydi. Chin oshiqning sifatlariga diqqat qaratadi. Xoʻsh, chin oshiq kim? Shoir nazdida chin oshiq boʻlish uchun “Alloh debon ichga nur”ni toʻldirish, butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda “Haq zikri”ni qilish, rohat farogʻatdan kechish lozim boʻladi. Shoir ishqni bebaho dur-gavharga oʻxshatadi. Biroq bunday gavharni ishqsiz, nafs qutqusiga uchragan “har nomardga sotib” boʻlmaydi. Shu oʻrinda Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Bu – nafsga qarshi kurash masalasi. Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi. Nafsini jilovlagan odam sabr-qanoatga erishadi. Agar oshiq boʻlsa, bunday sabrli ishq egasining “mahshar kunida armoni” boʻlmaydi. Ishq muhokamasiga doir ushbu hikmatning boshqa bir bandida “Nafsni tepib dargohiga loyiq boʻlgʻil” deb taʼkidlanadi. Bu ham nafsini yenggan va uning istaklarini bartaraf etgan odamgina chin oshiqlik martabasiga koʻtarila olishiga doir mulohazadir.
Ishqqa tushding, oʻtga tushding, kuyib oʻlding Parvonadek jondin kechib axgar boʻlding, Dardga toʻlding, gʻamga toʻlding, telba boʻlding, Ishq dardini soʻrsang hargiz darmoni yoʻq. Ishq dardiga uchragan odamda juda katta ruhiy oʻzgarishlar boʻladi. Ahmad Yassaviy uni bamisoli oʻtga tushgan odam holiga qiyoslaydi. Ikkinchidan, sham tegrasida aylanib kuygan, axgar (laxcha choʻgʻ) boʻlgan kapalakka oʻxshatadi. Eng muhimi, ishq oʻtida dard, gʻam hamda telbalik bor. Ammo bu dardning darmoni topilgan emas. Boshqa bir mumtoz va oshiq shoir taʼbiri balan aytganda “bu dardni bedavo derlar” (Mashrab). Ishqning bunday xususiyatlarini taʼriflab Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida shunday yozadi: “buni koʻrmagan kishi bilmas va bunga yetmagan kishi bovar (ishonch) qilmaskim, hijron-u firoq mundin iboratdur…” Navoiy shu ishq tavsifiga bagʻishlab “Layli va Majun” dostonini yozgan. Ahmad Yassaviy taʼkidlaydiki, ishq odamning “Majnun sifat aqlin olib Laylo qilur”, yana davomidan taʼkidlaydi – “Olloh haqqi bu soʻzlarni yolgʻoni yoʻq”. Demak, Yassaviy hikmatlaridagi ishq mavzusini, oshiq holini bilish uchun nisbatan kengroq tushunchalar, sharq mumtoz adabiyotidagi oʻziga xos tasavvuf falsafasini ham anglash kerak boʻladi. Ahmad Yassaviy hikmatlari fikrni kengaytirish uchun vosita, uni oʻqib, anglash orqali hikmatgoʻy shoir ruhini, dardini, qalbini, soʻzini anglash mumkin, albatta.Ahmad Yassaviyning “Rabbim yodi ulugʻ yoddur aytur boʻlsam” deb boshlanadigan hikmati unchalik murakkab emas. Birinchi misradayoq sheʼr mavzu yoʻnalishini anglab olish mumkin. Zotan, Yaratguvchini yodlash odamni xotirjam qiladi, achchiq tili shirin tilga aylanadi. Rabbim yodi ulugʻ yoddur aytur boʻlsam, Asal yangligʻ suchuk boʻlur tilim mening. Oʻzim faqir, qildim muqir, boʻldim haqir, Qanot qoqar uchar qushdek koʻnglim mening. Shoir oʻzini juda kamtar tutadi va shu kamtarligi ortidan koʻngli yuksaklikka parvoz qiladi. Shoir faqatgina faqir-u haqirligini emas, balki Yaratguvchiga banda ekaniga iqror boʻladi. Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Adib toʻgʻridan toʻgʻri nafsga qarshi kurashni, uning yoʻrigʻiga yurmaslikni targʻib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda koʻrsatib beradi. Ahmad Yassaviy sheʼriyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib oʻqilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq ogʻzaki ijodiga nihoyatda yaqinligidadir. Hikmatlar, asosan, toʻrtlik va murabbaʼ shaklida bitilgan. Ahmad Yassaviy hikmatlarining tasavvuf falsafasiga tegishli jihatlari ustida mulohaza yuritganda, oshiqning shariat, tariqat, maʼrifat bosqichlaridan oʻtib haqiqat martabasiga yetishini eslash oʻrinli boʻladi. Shoir bu bosqichlarda islom dini hukmlarini oʻzida mujassam etgan shariatni yaxshi bilish zarurligini oʻqtiradi. Shuning uchun ham “Shariatsiz tariqatga kirib boʻlmas”, “Tariqatga shariatsiz kirganlarni, Shayton kelib imonini olur ermish” yoki “Soʻfinaqsh boʻlding valek hargiz musulmon boʻlmading” kabi misralarni yozadi. Insonning soʻzi amaliga, tashqi koʻrinishi ichki olamiga mos kelishi lozim. Tashqaridan qaraganda odam taqvodor soʻfiga oʻxshash – soʻfinaqsh boʻlishi, lekin u amalsiz boʻlishi mumkin, bundaylarga Yassaviy tanbeh berib “hargiz musulmon” boʻlmading deydi. Ahmad Yassaviy tasavvufga inson maʼnaviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida qaraydi. Tasavvuf negizida ruhiy tarbiya turadi. Ruhiy tarbiya bashariyatning toʻgʻri yoʻldan yurishiga yordam beradi. Toʻgʻri yoʻl esa haqiqatni anglashga olib kelishi lozim. Haqiqatni anglash oʻzlikni anglashdir. Bunga erishish uchun odam shariat hukmlarini toʻla bajarishi va qalbida Yaratguvchiga muhabbat boʻlishi kerak. Ahmad Yassaviy sheʼriyatidagi obrazlar tizimi ham tasavvuf taʼlimoti hamda xalq ogʻzaki ijod anʼanalari bilan chambarchas bogʻlanib ketgan.
2.1 O'rta Osiyo tarixiy voqealarga g'oyat boy o'lka bo'lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma'naviyatning markazlaridan biri bo'lib kelgan. Bu o'lka dunyoga ma'naviyat va ma'rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug' zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma'rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo'shganlar. O'rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma'rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir. Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar sobiq SSSR davrida ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda. Chindan ham ajdodlarimiz qoldirgan beqiyos ilmiy meros insonlarni kamol topishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Jumladan; buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o’zining falsafiy-axloqiy asarlarida hukmdorlarni qonunsizliklarga qarshi kurashishga, xalqning talablariga quloq solishga, adolat yuzasidan ish yuritishga chaqiradi. Adolatni inson xatti-harakatining eng yaxshi bezagi deb ko’rsatadi. Uning fikricha, yaxshilik donolikda, donolik esa hodisalarni bilish orqali qo’lga kiritiladi. Bilim, ma’rifat inson hayotining ajralmas tomonidir. Ibn Sino “Solomon va Ibsol” qissasida rostgo’ylik, sadoqat, pok muhabbat, irodaning makr ustidan g’alabasini tasvirlaydi. Mutafakkir kishilarni do’stlik va haqiqatga, do’stlikning qadriga etishga chaqiradi. Insonni esa olamdagi mavjudotlar ichida eng buyuk zot, deb qaraydi. Shunday qilib, Ibn Sino o’rta asr Sharq va Evropa madaniyati va ma’rifati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. IX-XII asrlar ma’naviyati va ma’rifati rivojida XI asrning ko’zga ko’ringan shoiri Yusuf Xos Hojib ham katta o’rin tutadi. Yusuf Xos Hojib o’zining yagona dostoni bo’lmish “Qutadg’u bilig” bilan mashhurdir. Bu asar 1069 yilda yozilgan bo’lib, uni shoir Qashg’ar hokimi Sulaymon Asrlon qoraxonga bag’ishlagan. Shu asari uchun unga Xos Hojib, ya’ni buyuk xonning maxsus maslahatchisi unvoni berilgan. Doston qahramonlari – hokim Kuntug’di adolat ramzi, vazir Oyto’ldi baxt ramzi sifatida, vazirning o’g’li O’gdulmish aql ramzi sifatida tasvirlanadi. Mutafakkir inson faqat jamiyatda , boshqa kishilar bilan muloqotda va foydali mehnatda chinakam kamolotga yetadi, degan g’oyani ilgari suradi. Insonga foyda keltirmaydigan inson – o’likdir, deb ta’kidlaydi. Jamiyatda mehnat ahli – ya’ni dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar hal qiluvchi rol o’ynaydi, deb uqtiradi. Shuning uchun, Yusuf Xos Hojib hokimga adolatli bo’lish , o’zboshimchalik va qonunsizlikka yo’l qo’ymaslikni maslahat beradi. Mutafakkir fikricha, odam kimligidan qat’iy nazar inson bo’lishi lozim, chunki dunyoda faqat insoniylikkina abadul-abad qoladi. Shu sababli o’z nomini hamisha yaxshilik bilan eslanilishini istagan kishi faqat yaxshilik qilishi lozim. U shunday yozadi: “Kimning odobi yaxshi va axloqi to’g’ri bo’lsa, u kishi maqsadiga etadi va baxt unga kulib boqadi”, chunki “yaxshi axloq jamiki yaxshiliklarning zaminidir”. Yusuf Xos Hojib ilm va ma’rifatni jamiyatning taraqqiyotiga, gullab-yashnashiga olib keluvchi kuch deb bilib, ularni egallashgan da’vat etadi. U kishini zulmat ichidagi uyga, bilimni esa ana shu uyni nurafshon etuvchi mash’alga o’xshatadi. Shoir kishilarni so’zlaganda o’ylab gapirishga chaqiradi. So’zingga ehtiyot bo’l, boshing ketmasin, tilingga ehtiyoj bo’l, tishing sinmasin. Ma’nodor so’z donolik alomati, bema’ni so’z mahmadanagarchilik, axmoqlik alomatidir. Shu bois odam ko’proq quloq solib, kam gapirishi kerak deb aytadi.Yusuf Xos Xojib shuningdek, insonning tashqi qiyofasi uning ichki ma’naviy dunyosiga mos bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Mutafakkir yolg’onchi, munofiq kishilar jamiyat uchun zararli, bunday kishilardan uzoq bo’lish kerak deydi. Shunday qilib, XI asrda yashab ijod qilgan Yusuf Xos Hojib «Qutadg’u bilig» asarida ma’rifatparvarlik, yuksak axloqiylik g’oyalarini ilgari suradi. Bu asar katta ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuningdek mazkur davrlarda axloqiy-didaktik mavzuda asar yaratgan va shuhrat qozongan shoir Ahmad Yugnakiydir. U XII asr oxiri va XIII asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan.Undan bizga “Hibbat ul-haqoyiq” dostoni etib kelgan. U o’z dostonida dunyoning bevafoligi, o’tkinchiligi haqida gapirib: dunyo go’yo karvon faqat ozgina fursat to’xtab o’tiladigan rabot (karvonsaroy), shu sababli, ta’kidlaydi u, bu dunyodagi rohat-farog’atga intilish befoyda, uni deb azob-uqubat chekishga arzimaydi, chunki «sen bugun ko’rib turgan boylik ertaga g’oyib bo’ladi, sen o’zimniki deb bilgan buyumlar boshqalarga qolib ketadi. Shuning uchun faqat yaxshilik urug’ini sekish uchungicha yashash kerak deb uqtiradi. U bilimli, ma’rifatli kishilarni etuk kishilar deb hisoblaydi. Inson bilan bilimni ajratib bo’lmaydi, faqat bilimli kishigina kamol topishi mumkin deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, inson olim bo’lgandan keyingina ulug’lik darajasiga ko’tariladi va yaxshi nom qoldiradi. Bilimsiz kishi sog’lom bo’lsa ham, u o’likdir deb ko’rsatadi. Bilim inson uchun bitmas-tuganmas mulkdir, deb ta’kidlaydi. Shoir, axloq-odobdagi asosiy narsa tildir, til baxtiyorlik va baxtsizlikning sababidir deb uqtiradi. Shu bilan birga olim halollik va haqgo’ylik, saxiylik inson uchun fazilat, unga intilish kerak deya, xasislik va badfe’llikni qoralaydi. Kamsuqumlik va kamtarinlik insonni ulug’laydi, deb ko’rsatadi. Kishilarga faqat yaxshi odamlardangina do’st orttirishini maslahat beradi. Faqat yaxshi ishlar qilibgina yaxshi natijalar kutish mumkin, chunki «...tikan ekib, hosiliga uzum olmaysan» deb aytadi . Ushbu davrlarda Xurosonda Alisher Navoiy atrofida toʻplangan alloma, shoir va donishmandlar orasida mashhur va qomusiy talant egalaridan biri Voiz Koshifiydir. U boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan. U arab, fors, turkiy tili, matematika, astronomiya, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan toʻliq maʼlumotga ega boʻlgan. Yoshligidanoq voizlik – soʻz sanʼati bilan shugʻullangan. Koshifiy Sabzavorda tez orada koʻzga koʻringan voiz – notiq boʻlib tanilgan. Tarixchi olim Sayyid Nafisiyning aytishicha, Koshifiy umrining oxirida Hindistonga qilgan safari haqida ham deyarli maʼlumot yoʻq. Kamoliddin Husayn – allomaning ism sharifi, voiz (notiq) – laqabi, Koshifiy (kashf qilmoq, yaratmoq) – adabiy taxallusidir. Husayn Voiz Koshifiy asarlarini oʻz davrining ilmiy tili – fors tilida yozgan boʻlib, undan koʻpgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, musiqa, voizlik, sheʼr sanʼati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar yozganligi manbalardan maʼlum. Koshifiyning Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik va H. Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar institutlarida 45 nomdagi asarlarining 197 qoʻlyozma va 75 tosh bosma nusxalari saqlanmoqda. Bundan tashqari u oʻz davrining koʻzga koʻringan iloxiyotchi olimi boʻlib, hadisni, Qurʼoni karimni yoddan bilgan, hatto Qurʼonga toʻrt kitobdan iborat sharh ham yozgan. Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, “Risolai Hotamiya”, “Anvori Suxayliy”, “Futuvvatnomai Sultoniy”, “Tavsiri Husayniy”, “Javohirnoma” kabi oʻndan ortiq asari arab, tatar, eski oʻzbek, urdu, turk, nemis, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda Koshifiy asarlari Parij, London, Berlin, Sankt-Peterburg, Moskva kabi shaharlarda, Iroq, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Bangladesh va boshqa sharq mamlakatlarining kutubxonalarida saqlanmoqda. Koshifiy ijodini oʻz davrining yirik tarixchisi Xondamir “Xulosat ul-axbor” asarida: “Ul janob nujum ilmida ham zoʻr mahoratga ega edi, chunonchi uning taʼbirlari Qazo oʻqi singari bexatar boʻlardi. Uning balogʻatoyotlik hamda fasohatsifatlik kitoblari koʻp va behisob boʻlib, ularning koʻpi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir Alisherning inoyati va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turardi…” deb taʼriflaydi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarining toʻrtinchi majlisida: “Mavlono Husayn Voiz “Koshifiy” taxallus qilur, Savzavorliqdur. Yigirma yilgʻa yaqin borkim, shahrdadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe boʻlubtur. On fan boʻlgʻaykim, dahli boʻlmagʻay. Xususan vaʼz, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida muttayyin va mashhur ishlari bor…” deb yuksak baholagan. Husayn Voiz Koshifiy insonni dunyodagi eng yuksak olijanob mavjudot deb biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |