3
Fermentlar haqida umumiy tushuncha
.
Fermentlar
(lot. fermentum — achitqi), enzimlar — hayvon, oʻsimlik
va bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar.
Fermentlar
maxsus xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan
odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular katalizatorlar
kabi kimyoviy
reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi.
1914-yil rus kimyogari K.G.S. Kirxgof undirilgan arpa donidan
olingan ekstrakt taʼsirida kraxmalni qandgacha parchaladi. 1933-yilda
fransuz kimyogarlari A. Payen va J. Perso
birinchi marta arpa donidan
amilaza fermentini ajratib oldilar. 19-asr oʻrtalarida mikrobiologiyanint
asoschisi L. Paster achish jarayonini tirik mikroorganizmlar (achitqilar)
qoʻzgʻatadi va bu jarayon ularning hayoti bilan bogʻliq deb koʻrsatdi. 1897-
yilda nemis kimyogari E. Buxner achitqidan
spirtli achish jarayonini
chaqiruvchi fermentni ajratib oldi.[1,2,3,]
20-asr boshlariga kelib nemis kimyogari R. Vilshtetter xodimlari bilan
Fermentlarni ajratish va tozalashda adsorbsiya usulidan keng foydalandi.
20— 30- yillarda J. Samor, birinchi kristallik ferment (ureaza), soʻngra
pepsin va boshqa bir qator proteologik Fermentlarnini kristall shaklida
ajratib olgan.
20-asrning
oʻrtalariga kelib, fizikkimyoviy taxlil (asosan,
xromotografiya) va oqsil kimyosi usullarining rivojlanishi natijasida qator
Fermentlarning birlamchi strukturasi aniqlandi. Masalan,
qoramol
oshqozon osti bezining ribonukleaza fermentlari toʻrtta disulfid bog‘i bilan
bogʻlangan 124 aminokislota qoldigʻidan iboratligi koʻrsatib berildi.
Shundan keyin rentgen struktura taxlili yordamida bir qancha
Fermentlarning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari aniqlandi. Koʻp
Fermentlar toʻrtlamchi strukturaga ega ekanligi, yaʼni molekulalari tarkibi
va strukturasi jihatidan turlicha boʻlgan bir
qancha oqsil subbirliklar
(biopolimerlar)dan iboratligi koʻrsatildi.
Fermentlar. barcha oqsillar kabi oddiy va murakkab boʻladi.
Murakkab Fermentlarning molekulalari ikki komponentdan: oqsil
(apoferment) va oqsil boʻlmagan — prostetik guruh komponentidan iborat.
Prostetik guruh apofermentdan oson ajraladigan
hollarda kofaktor yoki
koferment deb ataladi. Uglevodlar, nukleotidlar, turli metallarning ionlari
va boshqa birikmalar, vitaminlar hamda ularning hosilalari (vitaminlari
kofermentlardan iborat 150 dan ortiq fermentlar maʼlum)
kofermentlar
boʻlishi mumkin. Avitaminoz va gipovitaminozlarda koʻpgina ferment
4
tizimining
funksiyasi izdan chiqadi, bu butun organizm normal hayot
faoliyatining buzilishiga sabab boʻladi.