Mavzu: fermentlar


 Fermentlarning faolligini boshqarish



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.04.2022
Hajmi0,69 Mb.
#568975
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KAMOLOV SHOHRUH

5. Fermentlarning faolligini boshqarish
 
Metabolizmni tashkil etuvchi kimyoviy reaksiyalaming tezligi muhit 
sharoiti va fiziologik holatga bog'liq ravishda o'zgaradi (boshqariladi). 
Metabolizmni boshqarishning asosiy mexanizmlaridan boiib ferment 
faolligini boshqarish hisoblanadi. Boshqarilishning 3 bosqichi mavjud: 1. 
Hujayra ichi boshqarilishi (substratlar, metabolitlar, aktivatorlar, 
ingibitorlar, pH, harorat, allosterik fermentlar). Bunday boshqarilish 
avtomatik kechadi. 2. Gormonal boshqarilish. Oqsil tabiatli gormonlar va 
aminokislota hosilalari hujayraviy fermentlarni adenilatsiklaza tizimi 
orqali, steroid gormonlar va tiroksin gen darajasida fermentlar sintezini 


10 
jadallashtiradi. 3. Nerv tizimi orqali boshqarilish. Hujayra ichi 
boshqarilishi quyidagilami o'z ichiga oladi: a) faol bo'lmagan 
o'tmishdoshning faollanishi - proferment yoki zimogenning; b) faol 
bo'lmagan oqsil-faol ferment kompleksini dissotsiatsiya qilish yo'li bilan 
faollashtirish; d) ferment molekuiasiga spetsifik modifikatsiya qiluvchi 
guruhni kiritish orqali faollantirish (fosforillanish/defosforillanish); e) 
teskari bogianish orqali allosterik boshqarilish.Har bir fennentning faolligi 
avvalambor substrat va reaksiya mahsulotining konsentratsiyasiga 
bogiiqdir. 
Substrat va reaksiya mahsulotlari bilan bir qatorda fermentlar faolligini 
boshqaruvchilarga koferment va kofaktorlami keltirish mumkin. Biologik 
sistemalarda ular konsentratsiyasini o‘zgartirish bitta emas, balki bir guruh 
fermentlar faolligini o‘zgartirishi mumkin. Fermentlar faolligini va shu 
jumladan, metabolik yoilarni boshqarishda modifikatorlar muhim rol 
o'ynaydi: ijobiy (efFektorlar) va salbiy (ingibitorlar). Effektor vazifasini 
kofaktorlar, metallar, substratlar, metabolitlar o‘taydi. Reaksiya tezligini 
pasaytiruvchi moddalarga fermentlar ingibitorlari deb ataladi. Oqsil 
denaturatsiyasini vujudga keltiruvchi moddalar va omillar (qizdirish, 
kislota, ishqor, og‘ir metall tuzlari va boshqalar) fermentlarni ingibirlaydi. 
Qaytar va qaytmas ingibirlanish tafovut etiladi. Qaytar ingibirlanishda 


11 
reaksiya tezligining pasayishi ingibitor va ferment o‘rtasidagi reaksiya 
tezligini qaytar pasayishi hisobiga boradi: 
Allosterik boshqarilish. Ko'pgina fermentlar, faollikni oshiruvchi yoki 
pasaytiruvchi, maium bir metabolitlar bilan qayta bog'lanishi mumkin. 
Bunday metabolitlar effektorlar deb yuritiladilar. Effektor fennentning 
katalitik faol markazi bilan bogianmasdan, maxsus boshqaruvchi - 
allosterik markazga bogianadi. Allosterik fermentlar odatda 2 yoki undan 
ortiq subbirliklardan tashkil topgan. Bir subbirlikda katalitik markaz 
(katalitik subbirlik), boshqasida - boshqaruvchi markaz (boshqaruvchi 
subbirlik) mavjud. Allosterik ingibitor boimagan sharoitda substrat 
katalitik faol markaz bilan bogianadi va reaksiya sodir boiadi. Agar 
muhitda allosterik ingibitor bo'lsa, u boshqariluvchi markaz bilan 
bog'lanadi, natijada boshqaruvchi subbirlikning konformatsiyasini 
o'zgartiradi; buning natijasida katalitik subbirlikning, katalitik markazning 
ham konformatsiyasi o'zgarib, natijada fermentning faolligi pasayadi. 


12 
Allosterik ingibitorning konsentratsiyasi qancha ko'p boisa, shunchako'p 
ferment molekulasi u bilan bogianadi va substratning parchalanish tezligi 
shuncha past boiadi. Allosterik aktivatorlar ta’sir etganda xuddi shu 
yo'sinda fermentning faolligi ortadi. Oqsil ingibitorlari bilan boshqarilish. 
Oqsillarni 
fosforlovchi 
fermentlar 
proteinkinazalar 
faolligining 
ingibitorlari bilan boshqarilishning muhim misollaridan hisoblanadi. 
Proteinkinaza faol shaklda bitta polipeptid zanjirdan iborat (C subbirlik). 
Hujayrada G oqsil bilan birika oladigan oqsil mavjud (Rsubbirlik). Hosil 
boigan tetramer R,C,kompleks fermentativ faollikka ega emas. 
Fermentning faollanishi sAMF ishtirokida boradi. 
Fermentlar faolligining fosforillanish - defosforillanish yo‘li bilan 
boshqarilishi. 
Proteinkinazalar 
oqsillarning 
fosforillanishini 
katalizlaydilar. Fosforillanuvchi oqsillar ham ferment boisalar, unda 
fosforillanish natijasida ba’zi fermentlaming faolligi pasayadi, ba’zi 
fermentlaming faolligi ortadi. Masalan, yog* to*qimasi hujayralarida ikki 
xil shaklda uchraydigan lipaza fermenti bor. Bu shakllar bir-biriga o‘tib 
turishi mumkin. Fosfoprotein proteinkinaza ta’siri natijasida hosil bo’ladi 
[2,5,6] 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish