Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet45/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

Nomi

Oqsil

Yog'

Uglevod

Kaloriya

Yasmiq

27,7

1,8

53,5

295,5

Ko'k no'xat

23,2

2,0

51,0

350,0

Loviya

23,1

2,1

52,0

345,0

Soya

40,1

23

24,0

450,0

Xuraki yasmiq bir yillik o’tsimon o’simlik bo’lib, bo’yi 30-80 sm gacha yetadi. Poyasi boshqa dukkaklilarga qaraganda ingichka, to’rt qirrali, poyada to’rtta egatchasi ko’rinib turadi. O’suv davrining boshida poyalari tik o’sadi. Barglari juft patsimon barg balandligi o’rtacha 5-7 juft barglar joylashadi. Bargning uchida ingichka mo’ylovchalar bor. Barglari ovalsimon, baquvvat rivojlangan, o’simlikda 8-10 ta juft uchraydi. Gulining morfologik tuzilishi boshida dukkaklilarning guliga o’xshash, mayda, ok, pushti va binafsha ranglarda, gul to’plami barg qo’ltig’ida 2-5 tagacha to’p bo’lib joylashgan. Dukkaklari boshqa dukkaklilarga qaraganda mayda, shakli yassi, oval yoki rombik shaklida. Dukkakda urug’lar soni 1-3 tagacha bo’ladi. Dukkaklarning uchi to’mtoqroq. Urug’lari yassi, yumaloq yassi, yoki yalpoq, kattaligi 3-9 mm, rangi jigarrang, qo’ng’ir, qoramtir ba’zisida sariq va yashil bo’lib, yirik va mayda urug’li yasmiqqa bo’linadi. Yirik donli yasmiq bir muncha bo’ydor bo’lib, barglari, dukkaklari hamda urug’lari yirik. Mayda donli yasmiqning bo’yi bir muncha past, barglari mayda odatdagidek ovalsimon emas, balki chiziqsimon yoki nashtarsimon. Dukkaklari ham mayda qavariq, o’tmas qirrali.


1950-1955 yillargacha O’rta Osiyoning turli rayonlarida yasmiq oziq-ovqat maqsadlari uchun ko’p ekilgan. Hosildorligi nisbatan past bo’lganligi uchun o’simlikka e’tibor kamayishi tufayli keyingi yillarda mamlakatimizda uning maydoni kamayib ketdi.
Biologik xususiyatlari. Yasmiqning issiqqa talabchanligi o’rtacha o’sib rivojlanishi uchun 1500-18000S daraja harorat talab qiladi. O’sib chiqayotganda ko’k no’xatga qaraganda ko’proq issiqlik talab qiladi. Maysalari 4-50S da unib chiqadi. Havo haroratiga qarab unib chiqquncha 8-12 kun vaqt ketadi. Nihollarning muqobil o’sish harorati 23-250S hisoblanadi. Maysalari qisqa muddatli sovuqlarga chidamli katta o’simliklari ham sovuqdan uncha zararlanmaydi. Xatto harorat -80S bo’lganda ham zararlanmaydi.
Yorug’likka talabi. Yasmiq qisqa kunli va uzun kunli o’simlik hisoblanadi. Ekin maydonlari shimoldan janubga qarab borgani sari o’suv davri qisqarib boradi. Yasmiq namga talabchan o’simlik, ayniqsa o’sa boshlaganda va unganda hamda gullash paytida, unayotganda yasmiq o’zining og’irligiga qaraganda 120 foiz suvni o’zlashtirib oladi. Yasmiqning ildizi yerning eng pastki qismlaridagi namlikni ham o’zlashtirib olish xususiyatiga ega. Katta urug’li yasmiq mayda urug’liga qaraganda qurg’oqchilikka chidamlirok. Dukkakning to’lish va pishish davrida garmselning bo’lishi hosildorlikni keskin pasaytiradi. Uzoq vaqt qurg’oqchilik bo’lib yomg’ir yog’sa, o’simlik qaytadan gullab hosilga kiradi.
Yasmiq tuproqqa talabchan o’simlikdir. Unumdorligi yuqori, qora va yengil soz tuproqda yaxshi hosil beradi. Yasmiq qumoq va og’ir tuproqlarda yaxshi hosil bermaydi. O’suv davrining boshida sust o’sganligi uchun albatta begona o’tlardan toza dala bo’lishi kerak. Aks holda begona o’tlar yasmiqni siyraklatib qo’yadi. Normal o’sib rivojlanishi uchun tuproqda mineral va organik moddalar miqdori yetarli bo’lishi zarur. Ayniqsa kaliy va fosforga talabchan, o’tloqi bo’z tuproqlarda juda katta ko’p poya hosil qilib, urug’ kam beradi. Demak, bu tuproqlar yasmiq uchun yaroqsiz hisoblanadi. O’suv davri 70-105 kun. O’zidan changlanadi. Yasmiqning urug’lari unuvchanligini tez yo’qotadi. Yasmiqning urug’lari o’n va undan ko’proq yildan keyin ham ekilsa unib chiqadi.
Yetishtirish usuli. Yasmiq dukkakli o’simliklar ichida o’tmishdosh ekinga talabchan hisoblanadi, kartoshka kabi qator orasi ishlanadigan o’simliklardan keyin ekilishi lozim. Agarda begona o’tlar ko’p bo’lsa, yasmiq sust rivojlanadi. Yasmiqdan keyin tariq, suli, kartoshka o’simliklari ekilganda hosildorlik yuqori bo’ladi. Ma’lumotlarga ko’ra kuzgi bug’doy hosili yasmiqdan keyin ekilganda ang’izdan keyin ekilgandagiga qaraganda 8,2 sentnerga nisbatan past bo’lib, xashorat va kasalliklar bilan ko’p zararlangan.
Yasmiq ekilgan maydon obdon yaxshilab xaydaladi. Kuzda yer 28-30 sm chuqurlikda xaydalib har gektariga 10-15 tonnadan go’ng solinishi va yasmiq talab qiladigan fosforli o’g’itning 75 % berilishi lozim. Kuzda yer PYa-6-35 markali olti korpusli plug bilan xaydaladi. Agarda yasmiq-kuzgi don ekinlaridan keyin ekiladigan bo’lsa, albatta lushilnik bilan yerda qolgan ildizlar eziladi.
Yasmiq boshqa ekinlarga nisbatan mineral va organik o’g’itlarga talabchandir. Yasmiq ildizlaridagi tuganak bakteriya orqali havoda sof azotni o’zlashtiradi. Yasmiq ekishdan oldin urug’lari nitraginlanishi lozim, aks holda ildizlarida tuganaklar hosil bulmaydi. Agarda tuproqda yasmiqning muhim tuganak bakteriyalari bo’lsa, unib chiqqanidan 15-20 kun o’tgach tuganaklar hosil bo’ladi, ammo bu vaqtda o’sishi sekin asta bo’ladi, ya’ni o’zini azot bilan ta’minlay olmaydi. O’tkazilgan tajribalardan ma’lumki, yasmiqning tuproqda muqim tuganaklari bo’lishiga karamasdan, nitraginlanib ekilganda hosildorlik yuqori bo’ladi. Chunki bakteriyalar yuqori noqulay sharoitlar ta’sirida kamayib ketishi yoki kam bo’lishi mumkin. Nitraginlangandan sung bakteriyalarning faoliyati aktivlashib, o’simlik o’zini batamom azot bilan ta’minlaydi. Barcha dukkakli o’simliklar kabi yasmiq fosforli o’g’itlarga talabchan bo’ladi. Akademik I.V. Yakushkinning izoh berishicha yasmiq yerga chuqur kirgan ildiz sistemasi orqali tuproqdan ko’plab fosforni o’zlashtirib oladi. Tajribalarga ko’ra fosforli o’g’it berilgandan keyin hosildorligi 16-19 foziga oshadi. Agarda yasmiq takroriy yoki ang’izga ekilgan bo’lsa, azotli o’g’it berilmaydi.
Erta bahorda ekilgan bo’lsa gektariga 30 kg R2O3-60 kg, K2O 30 kg miqdorda o’g’it berish lozim. Ekilgandan keyin ikkinchi kultivasiya bilan 15 kg azotli, 30 kg fosmforli o’g’itlar beriladi.
Nitraginlangan bo’lsa azot miqdori ikki baravar oshiriladi.
Urug’ ekilganda albatta saralangan, begona o’tlar va boshqa qo’shimchalardan tozalangan bo’lishi lozim. Urug’ning unuvchanligi urug’ ekilganda albatta 1 klass urug’lar, yem-xashak uchun ekilganda esa 2-3 urug’lar ekiladi.
Yasmiq imkoni boricha erta bahorda ekilishi lozim. Tajribalarga ko’ra, faqat erta bahorda ekilgan yasmiqlargina yuqori hosil berar ekan. Bahorda ekilgan yasmiq o’simligining tupi baquvvat urug’lari yirik bo’ladi. Yasmiqning ekish muddatini to’g’ri belgilash muhim ahamiyatga ega. Bahorda 10 kun keyin ekilganda ham hosildorlik 4-5 sentnerga kamayadi.
Respublikamizning janubiy mintaqalarida yasmiqni kech kuzda ham ekish mumkin, chunki ko’k no’xat kabi yasmiq ham sovuqqa chidamli, yasmiq kech kuzda ekilganda iyun oyida yig’ishtirib olinadi. Yasmiq ekishning eng yaxshi usuli keng qatorlab ekishdir. Tajribalar yasmiqning qator orasi 33-45 sm kenglikda ekish yaxshi natija berishini tasdiklaydi. Qator oralari 60 sm bo’lganda o’simlik uchun zarar bo’lgan namlik, ozuqa moddalar fotosintez jarayoni normal sharoitda boradi. Qator oralari 2-3 marta kultivasiya qilinadi, natijada begona o’tlar kamayadi, qator oralari zarur bo’lgan mineral moddalar bilan qo’shimcha oziqlantiriladi.
Yasmiqning ekish me’yori urug’ning yirikligi, tuproq iqlim sharoitlariga bog’liq. Yirik urug’li turlarining gektariga 100-140 kg, mayda urug’ligini esa 70-100 kg sarflab ekiladi. Namlik yuqori, unumdorligi past tuproqda ekish me’yori 15-20 foizga oshirilsa, qurg’oqchil tumanlarida unumdorligi yuqori tuproqlarda ekish me’yori 15 foizga kamaytiriladi. Ekish chuqurligi tuproqdagi nam mikdori, havo haroratiga qarab 4-5 sm bo’ladi. Yengil qumoq va quruq tuproqlarda urug’lar 6-7 sm chuqurlikka tashlanadi.
Yasmiq urug’i sabzavot va makkajo’xori urug’lari ekadigan seyalkalarda ekiladi. Yasmiq ekilgandan keyin qatqaloq hosil bo’lgan bo’lsa, albatta tishli boronalar bilan qatqaloq yumshatiladi. Nishlagan bo’lsa o’simlik unib chiqquncha dalaga xech qanday agregat kiritilmaydi. Yasmiqning bo’yi 5-6 sm bo’lgandan keyin yuza borona qilinadi. Aks holda unib chiqqan maysalar yulinib ketadi. Begona o’tlar dalada juda ko’p bo’lsa o’simlikning buyi 8-10 sm bo’lgandan keyin darxol kultivasiya qilinadi. Qator oralari yumshatib begona o’tlarni yo’q qilish bilan tuproqdagi havo rejimini yaxshilab, tuganak bakteriyachalarining yashashi uchun ham qulay sharoit vujudga keltiriladi. Yasmiq qatorlari bir-biriga qo’shilgandan keyin qator oralariga ishlov berish to’xtatiladi.
Yasmiqning rivojlanish jarayonida 3-4 marta sug’oriladi. Sug’orish normasi gektariga 300-400m3, suv chuqur bo’lsa sug’orish normasi oshiriladi. Hosil yig’ishtirishdan oldin urug’lik dala roida yasmiqqa o’xshash o’simlik yalpoq donli yovvoyi burchoq terib olinadi. Bu o’simlik tashqi ko’rinishi jihatidan ham yasmiqka juda uxshash. Daladan o’simlik albatta bittalab yulib olinadi. Yasmiq urug’ining sifati hosilni uz vaqtida kechiktirmay yig’ishtirib olishga bog’liq.
Pishib yetilgan dukkaklar tezda yig’ishtirib olinmasa, hosilning ko’pi to’kilib ketadi. Rangi o’zgarib xunuklashadi, agarda urug’lar erta yig’ishtirib olinsa, ko’pgina chala pishgan, bujmaygan sifatsiz urug’lar olinadi.
Yasmiqning yashil rangli urug’lari yuqori baholanadi. Poyaning pastdagi barglari sarg’ayib to’kilib, dukkaklari qota boshlagandan keyin yasmiq o’simligini yig’ishtirib olinadi. SK-5 NIVA va Keys kombaynlarida to’g’ridan to’g’ri bajariladi. Yasmiqni yig’ishtirishni kechiktirmay qisqa muddatda o’tkazish lozim. Kombayn xaydovchi o’ta moxir bo’lishi, u barabanlar va don kiruvchi va chikuvchi zazorlarini moslashtirilishi shart. O’roqlar eng pastki o’rish nuqtasigacha tushiriladi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish