Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet2/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

K I R I S H

O’zbekistonda milliy iqtisodiyotning eng muhim va ustivor tarmoqdaridan biri qishloq xo’jaligi bo’lib, uning taraqqiyoti boshqa ko’p sohalar rivoji uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi. Chunki, bugo’ngi kunda mamlakatimiz aholisining 60 foizidan ko’prog’i qishloqda yashaydi, valyuta tushumining 60 foizga yaqini va jami tovar muomalasining 70 foizi qishloq xo’jaligi bilan bog’liq va bu ushbu tarmoqning naqadar muhimligini ko’rsatadi.


Prezidentimiz Islom Karimov «Iqtisodiyotning agrar sektorini rivojlantirish muammolarini hal etish O’zbekistonning bozorga o’tishdagi butun strategiyasini hal qiluvchi bo’g’inidir. Bu qishloq xo’jaligining respublika iqtisodiy va ijtimoiy xayotidagi rolidan kelib chiqib, qishloq xo’jaligi respublika xayoti ta’minlanishining asosi, sanoatning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish uchun, shuningdek, eksport resurslari va valyuta tushumining eng muhim manbalaridandir» deb takidlaganligi bejiz emas.
Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarni ko’z oldimizga keltirsak, halq xo’jaligining turli tarmoqlari va sohalari o’rtasida nomutanosibliklar vujudga kelganligi, iqtisodiy aloqalar zaifligi va eng asosiysi odamlarda boqimandalik kayfiyatlarining g’oyat kuchli bo’lganligi yodga tushadi. Yangi vaziyat, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida talab etiladigan tadbirqorlik va tashabbusqorlik xissi endigina shakllanayotgan edi.
Qishloq xo’jaligida esa tarmoqning moddiy-texnika bazasi zaiflashgan, xo’jaliklarning texnika bilan ta’minlanish darajasi past, urug’chiliq, naslchiliq, paxta va g’allaning yangi, ertapishar navlarini yaratish ishlari talab darajasida emas edi.
Eng muhim masalalardan biri bu aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashdan iborat edi. Eng katta muammo shunda ediki, sobiq ittifoq paxta bazasiga aylanib qolgan O’zbekistonga shu vaqatgacha ko’plab turdagi oziq-ovqat mahsulotlari boshqa joylardan olib kelinar edi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy turlarini o’zimizda yetishtirish va bu mahsulotlar bo’yicha boshqa mamlakatlarga qaram bo’lib qolmaslik nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy mustaqillikni ham ta’minlovchi muhim omillardan biri edi.
O’zbekistonga yiliga chetdan o’rtacha 3 million tonnaga yaqin bug’doy keltirilar edi. Sobiq ittifoq tanazzulga yuz tutgach, ana shu g’allani chetdan o’zimiz sotib olishimizga to’g’ri keldi. Ba’zi g’alla sotuvchi davlatlar esa o’zlarining siyosiy manfaatlarini ham oraga tiqishtirishga urinardi. Qolaversa, sotib olingan g’allani yurtimizga yetkazib kelish uchun katta miqdorda yo’l harajatlari ham talab qilinar edi. Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakat Prezidenti va xukumati oziq-ovqat ta’minotida uzilishlar yuz bermasligi uchun barcha chora tadbirlarni ko’rdi. Yuqordagilardan kelib chiqib Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va raxbarligida mamlakat aholisini o’zimizda yetishtirilgan don bilan ta’minlash yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqildi. Uning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida bir qator muammolar o’z yechimini topdi.
Bir so’z bilan aytganda, o’sha yillar Yurtboshimiz tomonidan milliy iqtisodiyotni, jumladan, qishloq xo’jaligini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ishlaydigan tizimga aylantirishning asosiy qoidalari ishlab chiqildi va xayotga tatbiq etila boshlandi. Qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish tamali – sanoat potensiali saqlanib qolindi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq tarmoqlarda esa ishlab chiqarish ko’lami kengaytirildi. Aynan agrar sektor qishloq xo’jaligida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va saqlashning qudratli omili bo’ldi. Amalga oshirilgan mazkur tadbirlar tarmoqda jiddiy o’zgarishlarga olib keldi.
Samarasiz xo’jalik yuritish shakllariga barham berildi. Zarar bilan ishlaydigan jamoa, shirkat xo’jaligi o’rniga fermer va dexqon xo’jaliklari tashkil etildi.
Tarmoqda iqtisodiy o’sishning ekstensiv usuli o’rniga intensiv usul joriy qilinib, yer, suv va mehnat resurslaridan samarali foydalanish tizimi ishlab chiqildi. Zamonaviy agrotexnik usullar qo’llanilib, tarmoqda texnik modernizasiya ishlari amalga oshrildi va qishloq aholisida yerga, mehnatga bo’lgan munosabat ijobiy tomonga o’zgardi. Eng muhim muammolardan biri ekinlar hosildorligini keskin oshirishdir. Bu muammoni hal etishda O’zbekistonning iqlim sharoitini sun’iy sug’orish bilan dexqonchilik uchun juda qulayligini e’tiborga olmoq kerak. Masalan. Andijon viloyati geografik kengligida bir gektar maydonga o’simlik o’suv davri davomida 3,2 mlrd kkal FAR (fotosintez aktiv radiasiya) keladi, bundan o’simlik organik modda to’plashda 3 % foydalanganda har gektar maydondan 24 t quruq organik modda olish mumkin. Ya’ni 24 t quruq modda bug’doy doniga aylantirilganda 10-11 t don hosilini tashkil etadi. Bu muammoni hal etishda ekin (nav)ni biologik xususiyatlari va imkoniyatlarini xisobga olmoq kerak.
Yana bir muammo bu tuproq unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Bu muammoni hal etish ancha murakkabdir, chunki tuproq unumdorligiga juda ko’p omillar ta’sir ko’rsatadi. Shunday omillarga ekin turi, ekinlar o’rni va vaqtini almashlash, olingan hosil miqdori, qo’llanilgan organik va mineral o’g’itlar, sug’orish, tuproqda o’tadigan mikrobiologik jarayonlar va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Qishloq xo’jaligida qo’llanilayotgan mineral va organik o’g’itlar samaradorligini oshirib borish ham muhim omillardan sanaladi. Buni hal etishda ekinlar uchun o’g’itlar me’yorini to’g’ri belgilash, ularni qo’llash usullarini takomillashtirish va qo’llashda ekinning biologik xususiyatlarini e’tiborga olish talab etiladi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish