Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari


Ro’vak. Ro’vakning markaziy o’qi va tartib shoxchalaridan iborat bo’ladi. Guli



Download 1,63 Mb.
bet6/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

Ro’vak. Ro’vakning markaziy o’qi va tartib shoxchalaridan iborat bo’ladi.
Guli. G’alla ekinlarining guli ichki va tashqi gul qobig’idan, onaliqdan va uchta otalikdan iborat bo’ladi. Faqatgina sholining gulida oltita otaligi bo’ladi. G’alla ekinlarining mevasi don deb yuritiladi.
Donning kimyoviy tarkibi. G’alla ekinlarining doni tuzilishiga ko’ra uchta asosiy qismdan: po’st, endosperm va murtakdan iborat. (2-rasm)
Qobig’ining tashqi qismi meva qobig’i deb ataladi, u ikki qatlamdan iborat bo’lib, bo’g’imcha devorlaridan hosil bo’ladi. Ichki qism ikki qatlam urug’ qobig’idan iborat, bu qatlamlar urug’ kurtakning ikkita qobig’idan rivojlanadi.

2-rasm. Bug'doy donining uzunasiga kesilgani 1-Murtak ildizchalari. 2- Murtak. 3- Kurtakchasi. 4- Qalqonchasi. 5- Endospermning aleyron qavati. 6,7-Meva po'sti. 8,9- Urug' po'sti. 10-Endosperm 11-Popugi

Po’stli donda aytib o’tilgan qismlardan tashqari, yana et qobig’i ham bo’ladi, u donni o’rab turadigan gul qobig’idan iborat. G’alla ekinlari donining po’sti donning umumiy vaznini 5-7 foizini tashkil qiladi.


Murtak donning asosida joylashgan bo’lib, alohida qismlardan, bo’lajak o’simlik kurtaklaridan iborat. Murtakda so’ruvchi yuzasi bilan endospermga taqalib turadigan qalqoncha bo’lib, shu qalqoncha orqali endospermdan murtakka oziq moddalar o’tadi.
Murtakning pastki (asos) qismidan kichik do’mboqchalar ko’rinishida boshlang’ich (birlamchi) ildizchalar bo’ladi. Bulardan yuqorida birlamchi poya joylashgan bo’lib, u murtak holidagi barglar bilan qoplangan kurtakcha bilan tug’allanadi.
G’alla ekinlari donining murtagi yirik-mayda bo’ladi. Bug’doy, javdar, arpada u don vazniga nisbatan 1,5-2,5 %ni, sulida 2-3 % ni, makkajo’xorida 10-14 % ni tashkil etadi.
Endosperm – donning asosiy qismi bo’lib, murtak sarflaydigan oziq moddalar zahirasidan iborat. Endospermda urug’ qobig’iga taqalib turadigan tashqi qatlam bo’ladi. U devorlari qalinlashgan xujayralardan iborat, bu xujayralar kraxmallsiz bo’ladi, ammo oqsil moddalarga boy aleyron kristallaridan iborat to’q sariq rangli mayda donador modda bilan to’la bo’ladi. Bu qatlam aleyron qatlami deb ataladi. Aleyron qatlami donning umumiy vaznini 6-8 foizini tashkil qiladi.
Butun endosperm bo’ylab, aleyron qatlami ostida yupqa devorli har hil shakldagi yirik xujayralar joylashadi. Ular turli o’simliklarda yirik maydaligi va shakli jihatidan har hil bo’ladigan kraxmall donalari bilan to’la bo’ladi. Ana shu xujayralar o’rtasidagi oraliqlarda sarg’ish-jigar rang tusli oqsil moddalar bo’ladi.
Kraxmall donalarining yirik-maydaligi, shakli va tuzilishiga ko’ra, har hil g’alla ekinlari donining unini ajrata bilish va aralashmalar bor-yo’qligini aniqlash mumkin. G’alla ekinlarining doni hilma-xil rangda bo’ladi. Ularning rangi meva, urug’ po’sti, aleyron qatlami yoki endosperm boshqa qismlarining tusiga bog’liq bo’ladi. Doni po’stli g’alla ekinlari (arpa, suli, sholi) donining rangi gul qobig’ining rangi bilan tavsiflanadi.
Ekinning turi, navi, o’stirish texnologiyasi, o’stirish sharoitiga bog’liq holda donning kimyoviy tarkibi o’zgaradi. Oqsil bug’doy va ayniqsa, qattiq bug’doy donida ko’p, sholida nisbatan kam bo’ladi. Ekinzorlar shimoldan janubga, g’arbdan sharqqa tomon siljib borgan sayin don tarkibidagi oqsil miqdori ko’payadi. O’zbekistonda, ayniqsa, lalmikor yerlarda yetishtirilgan don tarkibida oqsil ko’p bo’ladi.
Azotli o’g’itlar oqsilni ko’paytirsa, ortiqcha namlik uni kamayishiga sabab bo’ladi.
Bahorgi bug’doy donida oqsil kuzgi bug’doynikiga nisbatan ko’p bo’ladi. Oqsillar oddiy (protein) va murakkab (proteid)larga bo’linadi. Oddiy oqsillar albuminlar (suvda eriydigan), globulinlar (kuchsiz neytral tuz eritmalarida eriydigan), gliadinlar (70-80% spirtda eriydigan), glyuteninlar (kislota va ishqorning kuchsiz eritmalarida eriydigan)larga bo’linadi.
Oqsillar tarkibida lizin, triptofan, valin, metionin va boshqa almashtirilmaydigan aminokislotalar ko’p bo’lganda donning oziq-ovqatlik hamda oziqaviy qimmati ortadi.
Suvda erimaydigan oqsillar kleykovina deyiladi. Kleykovina hamirdan kraxmall va boshqa birikmalarni yuvishdan keyin qolgan moddasidir.
Unning non yopish va mazali sifatlari kleykovinaning miqdoriga va sifatiga bog’liq. Bug’doyda hom kleykovinaning miqdori 16 dan 50 % gacha, javdarda 3,1-9,5% gacha, arpada 2 dan 19 % gacha bo’ladi.
Donning to’lishi issiq va quruq ob-havo sharoitida o’tsa, kleykovinaning miqdori oshadi. Donlar zararli xasva bilan zararlansa, o’simlik zamburug’ bilan kasallansa, kleykovina sifati pasayadi. U navga, shuningdek, qo’llanilgan agrotexnikaga ham bog’liq. Kleykovina tufayli bug’doy noni g’ovak bo’ladi va tez hazmlanadi.
Azotsiz ekstraktlanadigan moddalar uglevodlardan iborat bo’lib, uning asosiy qismini kraxmall tashkil qiladi. Kraxmall uglevodlarning 80 % ini tashkil qiladi va endospermda joylashgan. Kraxmall donachalarining endosperm xujayralarida joylashish xususiyatlariga qarab donlar shishasimon (yaltiroq) va unsimon bo’ladi Don tarkibidagi kraxmall oqsilning o’zgarishiga nisbatan teskari yo’nalishda o’zgaradi, ya’ni ekinzorlar janubdan shimolga, sharqdan g’arbga tomon siljishi bilan kraxmall miqdori ortib boradi.
G’alla don ekinlari donida ma’lum miqdorda moy bo’ladi. Moy donda bir tekis taqsimlanmagan. Uning eng ko’p miqdori murtak xujayralarida joylashgan bo’lib, bug’doyda 14%, javdar va arpada 13,4 %, sulida 26% tariqda 20 %, makkajo’xorida 40 % bo’ladi.
Makkajo’xori unining sifatini yaxshilash uchun donni unga aylantirishdan oldin murtak ajratib olinadi va undan oziq-ovqatda ishlatiladigan shifobaxsh moy olinadi.
Kul, po’stli g’alla ekinlarida, asosan po’stlarda, yalang’och (po’stsiz) donlarda-meva po’stida joylashgan. Tegirmonda don tortilganda unning ko’p qismi kepak bilan chiqib ketadi. Shuning uchun un kepakdan qancha ko’p tozalansa, unda kul shuncha kam bo’ladi. Kulning ko’p qismi bug’doyda (50 %) fosfor kislotasi, 30 % kaliy oksidi, 2,8% kalsiy va 12 % magniydan iborat.
Kletchatka bug’doy, makkajo’xori, javdar donida 2,3-1,6 %, po’stli donlar (suli, arpa)da 5,2-11,8 % bo’ladi.
Donning tarkibidagi suv quyidagi ko’rinishda bo’ladi;
1. Moddalar molekulalari tarkibiga kiruvchi, kimyoviy bog’langan qat’iy nisbatlarda bo’luvchi suv, u doimiy va o’zgarmas bo’ladi.
2. Fizik-bog’langan, don tarkibida turli nisbatlarda bo’luvchi, suvning bu shakliga adsorbsiyali bog’langan, osmotik yutilgan va strukturali suvlar kiradi.
3. Mexanik bog’langan erkin, miqdori tez o’zragib turuvchi suv.
Donlar quritilganda bu suv tez kamayadi. Urug’lar tarkibida suv miqdori 14% dan oshmagan holda saqlanadi.
Don tarkibida fermentlardan diastaza, amilaza, kraxmall va qandli, lipaza yog’larni, peptaza oqsilni parchalashda ishtirok etadi. Oksidlovchi fermentlardan peroksidaza bor.
Don ekinlari donida vitaminlardan V1, V2, V6, RR, Ye, A va boshqalari bor va ular odamlar hamda xayvonlar xayotida muhim vazifalarni bajaradi.
G’alla don ekinlarining o’sish va rifojlanish fazalari. G’alla ekinlari urug’idan unib chiqib, yangi urug’ hosil qilguncha bo’lgan davrdagi induvidual rivojlanishida muayyan rivojlanish bosqichlari, ya’ni turli morfologik o’zgarishlar ro’y berib, yangi organlar vujudga keladigan davrlarni boshdan kechiradi. Ularning vegetasiyasi davomida quyidagi asosiy bosqichlar: maysalash, tuplanish, naychalash, boshoqlash (boshoqli g’alla o’simliklarida) yoki ro’vak chiqarish (ro’vakli o’simliklarda), gullash va yetishish bosqichlari tafovut qilinadi.
Donning yetilishi – ishlab chiqarish jihatidan qaraganda rivojlanishning eng muhim bosqichi hisoblanadi; bu bosqich birmuncha qisqa bosqichlarga: donining sut va mum holiga kelishi (sut va mum pishiqli) hamda qotib, to’la pishish (to’la pishiqlik) bosqichlariga bo’linadi. Bu bosqichlarning har biri donning yetilish darajasini bildiradi.
G’alla ekinlarining har bir rivojlanish bosqichini aniqlashda muayyan bosqichning boshlanish va to’liq davri qayd qilinadi, bunda kamida 10% o’simlikning shu bosqichga kirishi, bosqichning boshlanishi hisoblansa, 75 % o’simlikning kirishi to’lik bosqich hisoblanadi.
Quyida g’alla ekinlari rivojlanishidagi har bir bosqichning bog’lanishini ko’rsatadigan belgilar ta’riflanadi, har bir bosqichda o’simliklar turli qismlarining tuzilishi va ularning bir-biridan farq qiladigan belgilar bilan tanishiladi.
Maysalash bosqichini aniqlash. Donning po’stini yorib chiqqan yosh poya yer yuzasiga qarab o’sadi. Bu davrda u koleoptile deb ataladigan shaffof g’ilof bargga o’ralgan bo’ladi.
Koleoptilening uchi o’tkir bo’lganligidan u yer yuziga bemalol chiqa oladi. Shu bilan birga u o’simtani mexanikaviy shikastlanishdan saqlaydi. Koleoptile yer yuziga yetib borib, yoruqqa chiqqanidan keyin o’sishdan to’xtaydi va birinchi bargning tazyiqi ostida uzunasiga chatnaydi, bunda hosil bo’lgan tirqishdan birinchi barg chiqib, ko’kara boshlaydi. Ana shu dastlabki yashil barglar maysa deb ataladi.
G’alla ekinlari maysalarining bir biridan farq qiladigan xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Maysalar asosan yashil rangli bo’ladi. Ularning rangi barg va poyachada xlorofill borligiga bog’liq. Biroq ba’zi g’alla ekinlarining xujayra shirasida binafsha rang pigment (antosian) yoki bargi yuzasida alohida mumsimon g’ubor bo’ladi. Shunga ko’ra maysalar yashil binafsha rang, to’q binafsha rang, jigar rang yoki ko’kimtir (mumsimon g’ubor borligidan) tusga kiradi. G’alla ekinlarining maysasi ko’pincha quyidagicha rangda: bug’doyni yashil (goho boshqa tusda), suliniki och yashil yoki yashil, javdarniki binafsha, jigar rang, arpaniqi kul rang, yashil, ko’kimtir, tariqsimonlarniki yashil (goho boshqa tusda) bo’ladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish