Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari


Naychalash bosqichini aniqlash



Download 1,63 Mb.
bet8/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR


Naychalash bosqichini aniqlash. 
Biologik xususiyatlariga ko’ra kuzgi hisoblanadigan, xususan, sug’oriladigan yerlarda o’stiriladigan g’alla o’simliklarida (bug’doy, arpada) kuzda va bahori g’alla o’simliklarida ko’klamda tuplanish vaqtida bo’g’imli boshlang’ich poya bilan boshlang’ich boshoq (ro’vak) chiqadi. Ular bargning novi ichkarisida joylashganligidan ko’rinmaydi, lekin poyani uzunasiga kesib, ularni ko’rish mumkin. Bahorda poya asta-sekin bo’yiga o’sib boradi. Bu xodisa naychalash deb ataladi.
Boshlang’ich poya ko’ndalang yo’llarga o’xshab ketadigan va bir-biriga juda taqalib turadigan bo’g’imlar ko’rinishida bo’ladi. Uning uchidan boshlang’ich boshoq chiqadi, bu davrda dastlabki poyadan uzunroq bo’ladi. Poyaning o’sishi eng pastki bo’g’im oralig’ining uzun tortishidan boshlanadi, shu bilan bir vaqtda boshlang’ich to’pgul ham rivojlanib boradi. Birinchi bo’g’in oralig’idan keyin, pastdan hisoblanganda ikkinchi, keyin uchinchi va undan keyingi bo’g’im oraliqlari rivojlanadi. Tez orada ikkinchi bo’g’im oralig’i birinchi, uchinchi va xoqazo bo’g’im oraliqlaridan tez rivojlanib ketadi. Har bir bo’g’im oralig’i pastki qismidan o’sib boradi.
Poya shu tariqa rivojlanganda boshoqli yuqorigi bo’g’im barg novi ichida yuqori ko’tariladi. Poya odatda gullash oxiriga, ya’ni don tug’ilish boshiga kelib o’sishdan to’xtaydi.
Birinchi guruhga kiradigan g’alla ekinlari poyasida 4-7 ta bo’g’im oralig’i bo’lsa, sholi, makkajo’xori, jo’xorida ancha ko’proq bo’ladi. Ustki bo’g’imi yer yuzidan 5 sm chamasi ko’tarilganda naychalash bosqichi boshlanadi. Bu davrda uni barg novi ustini paypaslab bilish yoki barg naychasini kesib ko’rish mumkin.
Boshlang’ich poya va boshoq tuplanish bosqichiga, yaxshisi naychalash bosqichiga kirgan o’simliklarda o’rganiladi. Bunday o’simliklar daladan olib kelinadi, issiqxonalarda yoki beto’xtov yoritib turadigan elektr nurida o’stiriladi. Boshlang’ich to’pgul bilan poyani ko’rish uchun poya asosiga yaqin joydan uzunasiga kesiladi va oddiy ko’z bilan, yaxshisi lupada, yanada yaxshisi juda kattalashtirib ko’rsatadigan lupa orqali (masalan, binokl orqali) ko’rib chiqiladi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish