6-sinf 1- variant.
1.Gul nima(lar)ning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A barg B novda C gulqo’rg’on D A vaB
2. .Murakkab boshoq (1), va murakkab shingil (2) to’pgullar qaysi o’simliklarga xos ?
a) otquloq b) rovoch c) tok d) arpa e) javdar f) bug’doyiq g) zubturum
A) 1-d,e,g 2- a,b,c B) 1- a,b,c 2- d,e,f
C) 1-a,b,g 2-c,d,e D) 1-d,e,f 2-a,b,c
3. Mevasining oraliq qismi yupqa, etsiz bo’lgan o’simliklarni belgilang.
A bo’g’doy , lovya , makkajo’xori B qand lavlagi, albitsiya, archa, o’sma
C boqila, baliqko’z, loviya, gilos D bangidevona, ituzum, kartoshka, quyonjun
4. . Juftlab ko’rsating?
a-dukkak b-qo’zoq x-qo’zoqcha v- ko’sak 1-no’xat 2-jag’jag’ 3- g’o’za 4- qurttana
A)a-4 b-3 x-2v-1 B)a-4 b-1 x-3 v-2 C)a-1 b-4 x-2 v-3 D)a-1 b-2 x-3 v-4
5. .Bug’doy va uning urug’iga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)yer yuzida eng ko’p tarqalgan bir urug’pallali o’simlik 2)sirti yupqa sariq po’st bilan qoplangan 3)sirti qalin sariq po’st bilan qoplangan 4)sirti yupqa oq po’st bilan qoplangan 5)po’sti qo’shilib o’sgan ikkita qobiqdan iborat 6)tashqisi urug’ po’sti ichkisi meva qobig’i 7)tashqisi meva qobig’i ichkisi urug’ po’sti
A 1,2,5,6 B 1,3,5,7 C 1,2,5,7 D 1,4,5,7
6. .CO2 ning suv bilan birikishi natijasida (xloorofillda) dastlab qanday birikma hosil bo'ladi?
A sut kislota B karbonat kislota C shakar –glukoza D kraxmal
7. Og’zi shisha plastinka bilan zich berkitiladigan ikkita shisha stakan olinib har birining ichiga bargli yosh novdalarni solib bir necha soatga 1-sini yorug’lik tushib turadigan joyga, 2-sini esa qorong’u joyga olib qo’yildi. Shundan so’ng har ikkala stakanga yonib turgan cho’p tushirildi. Cho’p tushirilgandan so’ng qorong’ulikda turgan 2-stakandagi yuz bergan jarayon va buning sababini belgilang.
A cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi O2ning miqdori ko’p, CO2kam bo’lgan
B cho’p yonishdan to’xtab tutay boshlagan-idishdagi CO2ning miqdori ko’p, O2kam bo’lgan
C cho’p yonishda davom etgan-idishdagi O2ning miqdori yetarli bo’lgan
D cho’p yonishda davom etgan-idishdagi CO2ning miqdori yetarli bo’lgan
8. . Bir tup g’o’za yoz oylarida qancha suv bug’latadi?
A 500-600 l B o’z vaznidan 500-600 hissa ko’p C 200 l D 250-300l
9. .Changlanish qanday turdagi xillarga bo’linadi?
A 2; chetdan va o’z-o’zidan B 2; tabiiy va sun’iy
C 3; hasharot, shamol yordamida va o’z-o’zidan changlanish
D 3; chetdan, o’z-o’zidan va sun’iy
10. O’simliklar sistematikasidagi sistematik birliklarni to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.
1)oila 2)tur 3)o’simliklar dunyosi 4)turkum 5)bo’lim 6)ajdod
A 2,4,6,1,5,3 B 2,4,1,6,5,3 C 2,4,1,5,6,3 D t.j.y
11. . Ulotriksning zoosporalari uchun mos keladigan to‘g:ri fikrni toping
12. . O`zbekistonda qirqbo`g`imlarning qancha turi uchraydi
13. . Qirqbo`g`imlar qanday ko`payadi
14. Funariyaning jinsiy bo‘g‘mi uchun xos xususiyatlarni yozing.
15. funariya va qirqbo`g`imni bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlarini yozing
6-sinf 2- variant
1. . Nafas olish(I) va fotosintez(II) jarayonlarida qaysi gazlar tashqi muhitdan qabul qilinadi(a) va chiqariladi(b)?
1) O2 2)CO2
A I a-2; b-1; II a-2; b-1; B I a-1; b-2; II a-2; b-1;
C I a-2; b-1; II a-1; b-2; D I a-1; b-2; II a-1; b-2;
2. . Soxta mevali o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)o’rik 3)olxo’ri 4)behi 5)shaftoli 6)olcha 7)nok 8)gilos
A 1,3,4,5,7 B 2,5,6,8 C 2,3,5,6,8 D 1,4,7
3. .Gulo’rin nima?
A gulning hammasi qismlari joylashadigan joy
B gulbandining yuqori qismidagi biroz kengaygan joy
C gulni novdasiga biriktirib turadigan band
D A va B
4. .Bir urug’pallalilar urug’ining tarkibiy qismlarini belgilang.
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak D 2ta urug’palla va murtak
5. . Barglari shaklini o’zgartirib tikanlarga aylanib ketgan o’simlikni belgilang.
A saksovul B kaktus C shuvoq, qoraboyalich D shirinmiya
6. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat
A chiroyli gulli, ochilgan vaqtda xushbo’y hid taratadi
B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi
C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi
D guli ko’rimsiz, mayda va hidsiz bo’ladi
7. Parazit o`simliklar –
1. zarpechak 2. qo`ypechak 3.shumg`iya 4. qurttana 5.devpechak
A 1,2,3 B 2,3,4 C 1,3,5 D barchasi
8. Xlamidomonada qayerlarda yashaydi?
1)akvarium devorlarida 2)iflos suvda 3)azotli birikmaga boy bo'lgan suvda
A 1 B 2,3 C 1,3 D 1,2,3
9. Ulotriksning izogametalari uchun mos keladigan to‘g’ri fikrni toping.
A) Jinsiy ko’payishda hosil bo’ladi, zigota hosil qiladi
B) Jinssiz ko’payishda hosil bo’ladi, ikki hivchinli
C) Zigota hosil qilib, timim davrini o’tamaydi.
D) To’rt xivchinli bo’lib, to’rtta ulotriks ipini hosil qiladi.
10. Qirqbo`g`imning bahorgi poyasi xususiyatlarini aniqlang
1. yashil 2. qo`ng`ir 3.shoxlangan 4. shoxlanmagan 5. spora beruvchi boshog`I bor 6. spora beruvchi boshog`I yo`q 7. ko`payishda xizmat qiladi 8. o`zida organic modda to`playdi
A 1,3,5,7 B 2,4,6,8 C 1,3,6,8 D 2,4,5,7
11. .Qirbo`g`imning sporangiylari qayerda hosil bo`ladi
12. Dala qirqbo`g`imining sershox qirqbo`g`imdan farqini belgilang
13. Sun’iy chanlantirishdan ko’zlangan maqsad nima?
14. Ijodiy faoliyatining asosiy qismini yashil o'simliklardagi fotosintez jarayonini o'rganishga bag'ishlagan va fanga o'zining munosib hissasini qo'shgan mashhur rus olimi va u fotosintezni asoslab bergan aosarini nomini belgilang
15. .Urug’i pishgach chokidan ochiladigan o’simliklarni belgilang.
7- sinf 1-variant
1.Ikki qanotlilar turkumiga mansub hasharotlarni aniqlang.
A) iskabtopar, so‘na, bo‘ka
B) iskabtopar, chivin, asalari
C) yaydoqchi, chumoli, qovoqari
D) uy pashshasi, xonqizi, buzoqbosh
2. . Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi xashorotlarni belgilang.
A) ninachi, qandala B) suvarak, chigirtka
C) burga, ari D) kapalak, suvarak
3. Lansetnikda jabralarga qum kirishiga yo‘l qo‘ymaslikni nima ta‘minlaydi?
A) jabra qopqog‘i B) jabra yaprog‘i
C) teri burmalari D) jabra qilchalari
4. . Baliqlar turi bilan ularning nasliga g‘amxo‘rlik qilish instinktini juftlab bering.
1. tilyapiya; 2. tikan baliq; 3. Amerika som balig‘i; 4. dengiz otchasi; 5. treska .
a) erkagi uya yasaydi; b) erkagi tuxumlarni qorniga yopishtirib oladi; c) g‘amxo‘rlik qilmaydi; d) erkagi tuxumlarni xaltasida olib yuradi; e) erkagi tuxumlarini og‘zida olib yuradi.
A) le, 2a, 3c, 4d, 5b B) le,2a,b,4d,5c
C) 1d,2b,3c,4e,5a D) lc,2d,3b,4a, 5e
5. Baliqlarning qon aylanish sistemasi qaysi qismlardan tuzilgan?
A) ikki kamerali yurak, arteriyalar, venalar, kapillar qon tomirlaridan iborat
B) 3 kamerali yurak, arteriyalar, venalar tomirlaridan iborat
C) 4 kamerali yurak, arteriyalar, venalar, kapillar qon tomirlaridan iborat
D) ikki kamerali yurak, arteriyalar, venalar tomirlaridan iborat
6. Bitta yopiq qon ayalanish doirasi qaysi organizmlar uchun xos?
1) yomg‘ir chuvalchangi 2) povituxa 3) zuluk 4) manta 5) itbaliq 6) lansetnik 7) manta 8) eshakqurt 9) iskabtopar
A) 1,2,4,5,9 B) 1,4,5,6 C) 1,3,4,5,6 D) 2,7,8,9
7. . Dumlilar turkumining vakillali?
A) yashil qurbaqa, tritonlar
B) salamandra, vaqildoq baqa
C) salamandra, triton
D) kvaksha, triton
8. Baqaning orqa oyoqlari(I) va orqa oyoq kamari(II) qanday suyaklardan iborat?
A) I- son, boldir, kaft-tovon suyaklardan; II- bir-biri va umurtqa pog‘onasi b-n harakatsiz birikib ketgan 3ta chanoq suyakdan iborat
B) I- bir-biri va umurtqa pog‘onasi b-n harakatsiz birikib ketgan 3ta chanoq suyakdan iborat; II- son, boldir, kaft-tovon suyaklardan
C) I- elka boldir, kaft-tovon suyaklardan; II- bir-biri va umurtqa pog‘onasi b-n harakatsiz birikib ketgan 3ta chanoq suyakdan iborat
D) I-son, bilak-tirsak, kaft suyaklardan; II- - bir-biri b-n harakatsiz birikib ketgan 3ta chanoq suyakdan iborat
9. . Quyida berilgan timsohlar bilan ular tarqalgan joylarni juftlang.
a) nil timsohi; b) alligator; c) gavial; 1) Amerika; 2) Hindiston; 3) Afrika
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-b, 2-е, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c
10. . Sudralib yuruvchilarning yaxshi eshitmaydigan vakillarini bеlgilang.
A) agama, echkеmar B) sariq ilon, gеkkon C) charxilon, kobra D) kobra., echkеmar
11. . Yuqori va pastki jag‘lari paylar yordamida harakatchan birikkan organizmlarni yozing.
12. . Uchinchi pirpiraydigan qovoqqa ega bo‘lgan organizmlarni yozing.
13. . Qaysi organizmlarda ayirish mahsulotlari kristallaydi.
14. Qaysi baliq Yevropa daryolaridan Atlantika okeanining Sargass dengiziga borib tuxum qo‘yadi?
15. Hasharotlarning eng qadimgi vakilini belgilang.
7-sinf 2- variant.
1. . Hasharotlardan iskabtopar qaysi turkumga mansub?
A) ikki qanotlilar B) pardaqanotlilar
C) teng qanotlilar D) tangachaqanotlilar
2. . Hasharotlar rivojlanishining qaysi davri "tinim davri" hisoblanadi?
A) g‘umbak B) imago C) tuxum D) ikkinchi to‘nlanishdan keyingi lichinka
3. Boshining oldingi tomoni uzun tumshuq hosil qilgan baliqlarni belgilang.
A) sterlyad, laqqaB) losos, gorbusha
C) bakra, soxtakurakburun
D) Amudaryoqilquyrug‘i, oqcha
4. Akula qaysi tipga mansub?
A) umurtqalilar B) xordalilar C) baliqlarD) bochskeletsizlar
5. Baliq (1), uy pashshasi (2) va yashil bronza qo‘ng‘izining (3) ta‘m bilish hujayralari qayerda joylashgan?
a) oldingi oyoqlari panjasidagi tukchalarda; b) og‘iz bo‘shlig‘ida; c) paypaslagichlarida; d) halqumda; e) tana yuzasida; f) mo‘ylovida; j) yostiqchasimon xartumchada
A) 1b,d,e; 2a; 3c B)1b,d,e; 2a,c; 3f
C) 1b,d; 2e,f; 3c D) 1b,d,v; 2c,j; 3a,f
6. . Baliqlarning qaysi organi 2ta bo‘lib, u tasmasimon, qo‘ng‘ir- qizg‘ish rangda bo‘ladi?
A) oshqozon B) buyrak
C) jigar D) oshqozon osti bezi
7. Baqaning ko‘zlarini nima ximoya qiladi?
A) yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar B) yuqoridan, pastdan harakarchan qovoqlar va pirpiraydigan qovoq C) faqat yuqori qovoqlar D) qovoqlari bo‘lmaydi.
8. . Dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilar ... kelib chiqqan.
A) o‘pkali panja qanotlilardan
B) qadimgi dumlilardan
C) tog‘ayli baliqlardan
D) bosh skeletsizlardan
9. . Qaysi ilonlar kemiruvchi, qush va kaltakesaklar bilan oziqlanadi?
a) bo‘g‘ma ilon; b) chipor ilon; c) ko‘lvor ilon d) charx ilon; e) suvilon; f) kapcha ilon
A) d,e,f B) b,d,e C) a,b,c D) b,c,e
10. Qaysi hayvonning boshi 8 ta bo‘yin umurtqalari orqali tanasiga harakatchan birikkan?
A) baqa B) qurbaqa C) it D) kaltakesak
11. Nima sababdan sudralib yuruvchilarning qorni yerda sudraladi?
12. Timsohlarning yuragi to‘rt kamerali,lekin vena va arteriya qoni ,,,, aralashadi?
13. Qalqontumshuq ilon chaqqan odamning belgilari?
14. Ildam kaltakesakda rеgеnеratsiya qanday ro`y bеradi?
15. Yevropaning janubida qaysi toshbaqa uchraydi
Do'stlaringiz bilan baham: |