Mavzu: Changlanish. Gulli o’simliklarda urug’lanish.
Reja:
1.
Changlanish.
2.
Gullarni changlanishga moslanish xususiyatlari.
3.
Chеtdan va o’zidan changlanishning biologik ahamiyati.
4.
Gulli o’simliklarda urug’lanish. Qo’sh urug’lanish jarayoni va
uning
biologik ahamiyati.
5.
Gulli o’simliklarning taraqqiyot tsikli.
Changlanish- Otalanish
Changning otalanish
changdonidan onalik og`izchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi.
Changlanishi 2 xil bo`ladi:
1. O`zidan changlanish-Avtogamiya
2. Chetdan changlanish-Ksenogamiya
3. O`z-o`zidan changlanish. Bu jarayon quyidagicha kechadi.
1) Avtogamiya - urug`chining tumshuqchasiga shu gulning changdonidan chiqqan
chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o`tadi.
2) Geytenogamiya - bir o`simlik individuli o`rtasida bo`ladi, ya`ni bir gul
changdonidan chiqqan chang shu o`simlik individumidagi ikkinchi gulning
tumshuqchasiga tushadi.
3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, ya`ni yopiqlik paytida
changlanish bo`ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), yeryong`oq (Arachis),
arpa (Hordeum) o`simliklarida ko`rish mumkin
Buyuk biolog Charlz Darvin o`zining 27 yil mobaynida o`simlik
gulining
tuzilishini o`rgandi. CH.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko`rdi. Darvin
o`simliklarning o`zidan changlanishi tabiatda ozroq bo`lishi, chetdan changlanish
esa ko`proq bo`lishini ko`rdi. Darvin o`simliklarning o`zidan changlanishida
xosili sog`lom bo`lmasligini, chetdan changlanishda xosili sog`lom va
o`zgaruvchan bo`lishini ta`kidlab o`tadi. Ivan Vlad, Michurin o`simliklarning
chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv
faktor deb xisobladi. O`zidan changlanuvchi o`simliklarga: arpa, bug`doy,
no`xat, loviya, suli, tariq, pamidor, g`o`za, zig`ir kiradi. Bu o`simliklar
ba`zan chetdan ham changlanib turadi. Ba`zan paxta, zig`ir 3-5% chetdan
changlanadi. Ba`zida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi.
O‘zidan changlanish. Ikki jinsli gulning changchilarida
yetil-gan changni ayni shu
guldagi urug‘chi tumshuqchasiga tushushidir. Agarda bir o‘simlik gulidagi
changlar ikkinchi o‘simlik gulidagi urug‘chi tumshuqchasiga tushsa, bunda
chetdan changlanish sodir bo‘ladi. Chetdan changlanish gulli o‘simliklarning
asosiy chang-lanish usuli hisoblanib, u ko‘pchilik turlar uchun xosdir. Ochil-
maydigan mayda gulli o‘simliklarning o‘zidan changlanib urug‘-lanishi
kleystogamiya deb ataladi. Kleystogamiya avtogamiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib,
tashqi muhitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqqan.
Chetdan changlanish. Chetdan changlanish ko‘pchilik o‘simliklar uchun qulaydir.
Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarga ega bo‘lgan gametalar
qo‘shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha
ustun turadi. Shunday qilib, chetdan changlanish o‘simliklar
uchun foydali
hisoblanib, uning birdan-bir kamchiligi ‒ har doim amalga osha-vermasligi va
ko‘pgina omillarga bog‘liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir
guldan
ikkinchi gulning urug‘chisi tumshuqchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar)
bilan amalga oshadi:
Entomofiliya ‒ hasharotlar yordamida;
ornitofiliya ‒
qushlar yordamida;
xiropterofiliya ‒ ko‘rshapalaklar yordamida;
anemofiliya ‒
shamol yordamida;
gidrofiliya ‒ suv yordamida.
Hasharotlar yordamida changlanuvchi o‘simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma-xil
moslanishlar mavjud:
1. Gulqo‘rg‘on, changchilar, gultojbarglar va uchki barglarning rangdor bo‘lishi.
2. Ko‘pchilik entomofil o‘simliklar gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi maxsus
bezlar, ya’ni nektardonlardan ajralib chiquvchi nektar katta rol o‘ynaydi.
3. Gul changlarni o‘zi ham hasharotlar uchun muhim ozuqa manbai bo‘lib xizmat
qiladi.
4. Entomofil o‘simliklarning gullarini ko‘pchiligi efir moy-lariga boy bo‘ladi.
Shubhasiz, gullarning xilma-xil ranglari changlatuvchi hasha-rotlarni jalb qilishga
moslashishda katta ahamiyatga ega.
Shamol yordamida changlanish. Urug‘li o‘simliklarning 10-15%i anemofil
o‘simliklardir (oqqayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag‘och, qayrag‘och,
eman, o‘rmon yong‘og‘i, nasha, tut, deyarli barcha qo‘ng‘irboshdoshlar, qiyoqlar,
gazanda, zubturum va boshqalar). Bu o‘simliklarning gullari, odatda, mayda,
ko‘rimsiz, gulqo‘rg‘onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqo‘rg‘onli, nektar yoki
hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega.
Changlar
juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi (30-70
km). Ular juda ko‘p sonda hosil bo‘ladi.