Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet46/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

4.7. BURCHOQ.

Halq xo’jaligidagi ahamiyati. Burchoq oziq-ovqat, yem-xashak va texnikaviy ekin sifatida ekiladi. Ko’k no’xatga qaraganda uning tarkibida oqsil moddasi ko’proq. Urug’i tarkibidagi oqsil miqdori 26,4-34,3 foizni tashkil etadi. Burchoqni ba’zi turlarida oqsil miqdorida 47 foizgacha bo’ladi. Burchoqda oqsil miqdori shimoliy zonalarda ekilgandan ortiqrok bo’ladi. Bundan tashqari unumdor tuproqlarda yetishtirilganda burchoq urug’i, poyalarida ham oqsil miqdori ortadi. Burchoq urug’laridagi oqsil, tuzli eritmalarda erishi bilan xususiyatlidir. Oqsillar umumiy yig’indisining 54-85 foizi suvda eriydi. Burchoqning ko’k poyasi qurigan paytda ham mutlaqo dag’allashmaydi. Pohol va to’poni to’yimliligi bilan suli somoni va to’ponidan ustun turadi. Qoramol va cho’chqalar boshqa o’simliklarning ko’k poyasiga qaraganda (sudan o’ti, javdar) burchoqning ko’k poyasini xush ko’rib iste’mol qilishadi. Poyalarida yog’ochlik juda sust to’planadi dukkakli o’simliklar ichida burchoq doni xazm bo’lishining yuqoriligi bilan ustun turadi. Tajribalarda kuzatilishicha, burchoq donini 95 foizi iste’mol qilgan qo’ylar tomonidan o’zlashtirilgan. Agarda cho’chqalarning ovqat rasioniga 25 foiz burchoq doni qo’shilsa, ularning semirishi juda tezlashadi. Cho’chqalarga ko’k no’xat bergandan ko’ra burchoq berish foydalidir. Agarda qoramollar cho’chqalarning kunlik rasioniga 2-2,5 kg burchoq doni qo’shilsa ularning mahsuldorligi juda sezilarli darajada oshadi. Burchoq urug’lari oqsilidan to’qimachilik va plastmassa sanoatida hamda faner ishlab chiqarishda ishlatiladigan kazein kleylari olinadi. Burchoqdan olinadigan kazein kleylari o’zining chidamliligi va sifati bilan ko’pgina kleylardan ustun turadi. Burchoq kadimgi o’simliklardan hisoblanadi. Janubiy Sharqiy Osiyo va O’rta dengiz mamlakatlarida burchoqni tosh orasida o’stirilganligi ma’lum. Xozirgi kunda Xindiston, Afg’oniston, Eron va Turkiyada ko’plab ekiladi. Shu qatorda Ukraina, Boshqirdiston, Chuvashiston va Tatariston, Kavkazorti va Markaziy Osiyo Respublikalarida ham ekiladi.


Botanik-morfologik tuzilishi. Yathyrus sativis L. Burchoqni yer sharida 200 dan ortiq turi uchrab, shundan faqat bittasi madaniy o’simlik sifatida ekiladi. Bir yillik bahorgi o’simlik, burchoq ildizlari, o’q ildiz, ildizlarida tuganak hosil bo’ladi. 90-100 sm chuqurlikka kirib boradi. Poyasi to’rt qirrali, biroz tuklangan. O’simlik dastlabki paytda yon shoxlar chiqarganda tik o’sadi, un shoxlar chiqarib poyasi uzun bo’lgandan keyin, poyasini tik tutolmaydi, yarim yotib yoki yotib o’sadi.
29-rasm. Burchok. 1,2-o’simlik gullash meva xosil qilish va rivojlangan unib chiqish fazalarida; 3-poyaning uchki qismi; 4-meva; 5-urug’

Barglari murakkab patsimon bo’lib, shakli lansetsimon boshqa jingalaklari joylashgan. Barg bandi nisbatan uzun, bargining shakli lansetsimon bo’lib, tomiri yaqqol ko’rinib turadi.


Gullari kalta oq, binafsha va havo rang bo’lib, ko’pincha alohida yoki gulbandlarida 2 tadan joylashgan. Barg qo’ltiqlaridan gul bandlari o’sib chiqadi. O’zidan va chetdan changlanadi. Dukkaklarining ba’zilari cho’zinchoq bo’ladi, dukkakning uchi ba’zan ilmoqli, ba’zan o’tkir. Dukkakning poyaga qo’shilgan joyi dag’al, g’adir-budir. Dukkaklarining uzunligi 22-45 mm bo’lsa, eni 7,5-19,5 mm bo’ladi, ichida 1-7 donagacha urug’ joylashadi, ular o’rtasida parda bor.
Biologik xususiyati. Burchoq urug’lari 2-30S da unib chiqa boshlaydi. 5-70S unib chiqadi. Unib chiqish uchun optimal harorat 200S hisoblanadi. Yosh maysalari qisqa muddatgina 8-110S gacha past haroratga chidaydi. Poyasining yuqori qismini sovuq ursa ham qulay sharoitda tez qayta unib chiqadi. Kavkaz orti va Markaziy Osiyo jumxuriyatlarida burchoqni bemalol kuzda ekish mumkin. Bu mintqalarda uncha qattiq bo’lmagan qishki sovuqlardan burchoq bemalol nishlab chiqadi. Burchoq rivojlanishi uchun no’xatga qaraganda ko’proq harorat talab qiladi. Burchoq urug’lari pishish davrida o’rtacha sutkalik harorat 16-170S dan kam bo’lmsa dukkaklari pishib yetilmaydi. Urug’ning muqobil pishib yetilishi uchun sutkalik harorat 20-220S dan kam bo’lmasligi kerak. Burchoq qurg’oqchilikka chidamli o’simlik, agarda havo harorati past bo’lib, namlik yuqori bo’lsa, burchoqning ko’k poyalari turli zamburug’ kasalligiga chalinadi.
Burchoq dukkaklilar ichida o’zining qurg’oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Dukkaklilar ichida qurg’oqchilikka chidamliligi bilan yasmiqdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Ana shu xususiyatlariga qaraganda bizning qurg’oqchil zonalarda bu o’simlik yuqori hosil beradi. Burchoq yoruqqa talabchan, uzun kun o’simligi hisoblanadi. Qisqa kunda yetishtirilganda gullash fazasi 20-25 kungacha cho’zilib ketadi. Bu o’simlik tuproqqa nisbatan talabchan emas, unumdorligi o’rtacha bo’lgan tuproqlarda burchoq hosildorligi yuqori bo’ladi.
Harorat quruq zonalarda o’stirilganda o’suv davri qisqaradi. O’suv davriga qarab burchoqning turli navlari bir-biridan deyarli farq kilmaydi. Burchoq urug’ining saqlanish muddati o’rtacha 5-6 yil, ma’lumotlarga ko’ra 10 yil saqlangan urug’lar ekilganda unuvchanlik 66 foizni, 6 yil saqlangan urug’larning unuvchanligi 97 % bo’lgan burchoqni oq rangli urug’lari unuvchanligi nisbatan yuqori hisoblanadi. Burchoq o’zidan changlanadi va ma’lum miqdorda xashoratlar bilan ham changlanadi.
Yetishtirish usullari. Burchoq uchun kuzgi don ekinlari va qator oralari ishlanadigan o’simliklar eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Burchoqning o’zi esa dukkaklilardan tashqari boshqa ekinlar uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Bizda burchoqning kuzgi yoki bahorgi don ekinlaridan so’ng takroriy ekin sifatida ang’izga joylashtirish ma’kuldir. Burchoq don ekinlaridan keyin ekilib yig’ishtirib olinsa, kelgusi yilgi paxta uchun eng yaxshi o’tmishdosh o’simlik hisoblanadi. Burchoq urug’lariga nitragin bilan ishlov berilsa, juda ko’plab tuganaklar hosil qiladi. Bu esa, kelgusi yilgi o’simlik uchun qulay sharoitlarni vujudga kiltiradi. Burchoqni ko’k poyasi uchun ekib, yana shu joyga oraliq kuzda PYa-3-35 markali plug bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi, har gektariga 40-45 kg fosforli o’g’it solinadi. O’simlik agarda ang’izga ekiladigan bo’lsa, yer darhol sug’oriladi va tobiga kelishi bilan chizellanadi.
Burchoq o’simligi asosan fosforli va kaliyli o’g’itlarga talabchan bo’ladi, azotli o’g’itlarni juda kam miqdorda berish lozim. Qora tuproqli zonalarda burchoq ekilgan dalalarga gektariga 2-2,5 s superfosfat berish tavsiya qilinadi. Burchoqqa kaliyli o’g’it solinadi. Mineral o’g’it to’liq berilganda, hosildorlik o’g’it solinmagan dalaga qaraganda 9-10 s ga oshadi. Burchoq boshqa dukkaklilar ichida o’zini nitraginga moslashishi bilan ajralib turadi. Agarda tuproqda muqim tuganak bakteriyalar bo’lsa, o’simlik ana shu bakteriyalarni o’zlashtirib oladi va tuproqda azot miqdorini oshiradi. Burchoq ana shu xussiyatlariga ko’ra ham ko’pgina o’simliklar uchun yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Tuproq va havo harorati quruq bo’lganda tuganak bakteriyalarning faoliyati sustlashadi. Sug’oriladigan sharoitda tuganak bakteriyalarning faoliyati oshadi.
Ekiladigan burchoq urug’i sifatli bo’lsa, hosildorlik yuqori bo’ladi. Shuning uchun xajmi yirik, tekis, sog’lom, unuvchanligi yuqori, turli begona o’tlarning urug’laridan tozalangan urug’lar ekilsa, ijobiy natijalar beradi. Ekiladigan urug’larning unuvchanligi 90-95 % dan kam bo’lmasligi, tozaligi esa 97-99 %, namligi 14 % bo’lishi kerak. Burchoq urug’i ekilganda don hosili nisbatan kamroq bo’ladi. Burchoq tor qatorlab ekiladi. Urug’ olish uchun qatorlab ekilganda hosildorlik birmuncha yuqori bo’ladi.
Burchoqni qaysi usulda ekilishi, tuproq iqlim sharoitiga bog’liq. Urug’ning mayda yirikligiga qarab ekish normasi gektariga 170-250 kg ni tashkil etadi.
Burchoqni ko’k massa olish uchun suli, arpa o’simliklari bilan aralash holda ekish mumkin, u holda urug’ normasi 25-30 % ga kamayadi. Bizning sharoitda burchoqni qator oralari 60 sm kenglikda qilib ekish lozim, unib chiqqan urug’lari pishguncha 3 marta sug’oriladi. Sug’orish normasi gektariga 300-400m3. Suvni juda sekin shimdirib, qator tashlab oqiziladi. O’suv davrida ikki marta, begona o’tlar ko’p bo’lsa uch marta kultivasiya qilinadi. Ikkinchi kultivasiya bilan bir qatorda fosforli va kaliyli o’g’itlar beriladi. Dukkaklari ko’k no’xatga qaraganda tez yorilmaydi, lekin shunga karamay tezroq yig’ishtirib olish zarur. Pishgan dukkaklari uzoq vaqt yorilmasa, chatnab yorilib to’kiladi. Burchoq ekilgan maydonlar ertalab yoki kechqurun SK-5 NIVA va KEYS kombaynlari bilan o’rib olinishi lozim.
Donni o’rishdan oldin kombaynlarga maxsus o’zgartirish kiritish lozim, buning uchun boronalarni aylanishi minutiga 400-500 marta tushirilishi kerak. Don kiruvchi va tishuvchi zazorlar kengaytirilib o’ruvchi o’roqlar eng pastki nuqtaga tushiriladi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish