- 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015.
O‘simliklar bargi novdada ma’l um tartibda joylashadi. Ular, asosan, navbat bilan, qa rama-qarshi va halqa hosil qi lib joylashadi - O‘simliklar bargi novdada ma’l um tartibda joylashadi. Ular, asosan, navbat bilan, qa rama-qarshi va halqa hosil qi lib joylashadi
- 1–qarama-qarshi joylashgan; 2–navbat bilan joylashgan; 3–halqa hosil qilib joylashgan.
- Bargl ari novdada navbat bilan joylashadigan o‘simliklarga g‘o‘za, tok, pomidor, olma, o‘rik, terak, tut, atirgul, oqquray, do‘lana kabilar kiradi.
Poya yoki novdalarda har bir bo‘g‘imning ikki tomonida barglar bir-biriga qarama-qarshi joylashsa, bunday barglar qarama-qarshijoylashgan barglar deyiladi. Bularga ko‘pchilikka ma’lum rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko‘t, mavrak, gazanda, kampirchopon kabi o‘simliklar kiradi. - Poya yoki novdalarda har bir bo‘g‘imning ikki tomonida barglar bir-biriga qarama-qarshi joylashsa, bunday barglar qarama-qarshijoylashgan barglar deyiladi. Bularga ko‘pchilikka ma’lum rayhon, yalpiz, chinnigul, ligustrum, nastarin, dalachoy, kiyiko‘t, mavrak, gazanda, kampirchopon kabi o‘simliklar kiradi.
Novdaning har qaysi bo‘g‘imidan bir nechtadan barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi. Bunday bargli o‘simliklarga sambitgul, qirqbo‘g‘im, qumrio‘t kabilar misol bo‘ladi. - Novdaning har qaysi bo‘g‘imidan bir nechtadan barg chiqib halqa hosil qilsa, bunga halqasimon joylashish deyiladi. Bunday bargli o‘simliklarga sambitgul, qirqbo‘g‘im, qumrio‘t kabilar misol bo‘ladi.
Novdada barglar qanchalik ko‘p va qalin bo‘lmasin, ular hamma vaqt quyosh nuri bevosita tushib turadigan holatda joylashadi, barglar quyoshga qarab o‘girilib turadi. Bunday o‘simliklar yorug‘sevar o‘simliklar deyiladi. Bularga kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g‘o‘za kabilar kiradi. - Novdada barglar qanchalik ko‘p va qalin bo‘lmasin, ular hamma vaqt quyosh nuri bevosita tushib turadigan holatda joylashadi, barglar quyoshga qarab o‘girilib turadi. Bunday o‘simliklar yorug‘sevar o‘simliklar deyiladi. Bularga kungaboqar, yantoq, kartoshka, pomidor, g‘o‘za kabilar kiradi.
Tabiatda shunday o‘simliklar borki, ular soya joylarda, g‘orlarda, daraxtlar tagida va qalin o‘rmonlarda ham o‘sa oladi. - Tabiatda shunday o‘simliklar borki, ular soya joylarda, g‘orlarda, daraxtlar tagida va qalin o‘rmonlarda ham o‘sa oladi.
- Xina, binafsha, yovvoyi qulupnay kabi soyada o‘sadigan o‘simliklar soyasevar o‘simliklar deb ataladi.
Xulosa qilib aytganda, barglar ham kurtaklarga o‘xshab, novdada navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi. - Xulosa qilib aytganda, barglar ham kurtaklarga o‘xshab, novdada navbat bilan, qarama-qarshi va halqa hosil qilib joylashadi.
- Barglar novdada qanday joylashadi?
- O‘simliklar bargi nima uchun bir-biriga soya solmaydi?
- Qanday o‘simliklar yorug‘sevar o‘simliklar deyiladi?
- Qaysi o‘simliklar soyasevar o‘simliklar deyiladi? Ularga misollar keltiring.
Maktab tajriba dalasida, ko‘changizda va xo-nada o‘sib turgan o‘simliklar bargi novdada qanday joylashganligini aniqlab, nomlarini yozib oling. - Maktab tajriba dalasida, ko‘changizda va xo-nada o‘sib turgan o‘simliklar bargi novdada qanday joylashganligini aniqlab, nomlarini yozib oling.
- Xonalarda o‘stiriladigan gullardan ikkitasini olib, deraza yoniga qo‘ying. Ulardan bittasini har kuni qu yosh tushadigan tomonga qaratib aylantirib turing. Ikkinchisiga tegmang. Oradan bir necha kun o‘tgach ikkala gultuvakdagi o‘simliklarning barglari qanday holatda ekanligini taqq oslab ko‘ring. Natijasini izohlab, yozib qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |