Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet48/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

4.9. MOSH.

Moshning halq xo’jaligidagi ahamiyati. Markaziy Osiyo va Kavkaz orti respublikalarida moshdan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Moshdan tayyorlangan unni makaronga qo’shib, to’yimliligi oshiriladi. Moshning ko’k poyasi ham qurigan poyalari ham xayvonlar uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. Moshni makkajo’xori bilan aralash ekib oqsilga boy ko’k poya va silos tayyorlash mumkin. Urug’i tarkibida 25-27 % oqsil bor. Bu o’simlik juda qadimdan Markaziy Osiyo respublikalarida ekilib kelinadi. Turkiston va Ozarbayjon mamlakatlarining sug’oriladigan zonalarida ham qisman o’stirib kelinadi. Mamlakaimizda yaqin yillargacha mosh maydonlari faqatgina dexqonlarimizning tomorqa xo’jaliklarida mavjud edi. 1989 yildan boshlab bu ekin rejali ravishda takroriy ekin sifatida ekila boshlandi.


Botanik ta’rifi. Phaseolus aureus Piper mayda urug’li Osiyo loviyalari jumlasiga kiradi. Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, O’rta Osiyoda keng tarqalgan. O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarga birinchi va ikkinchi ekin sifatida (ang’izga) ekiladi. Amerika loviyalaridan farq qilib, moshning doni faqat oziq-ovqatga ishlatilmasdan, balki xayvonlarga va parrandalarga ham beriladi. Moshning ko’k poyasi, pichan, poholi xayvonlarga yaxshi ozuqa bo’ladi. Mosh eng yaxshi ko’kat o’g’itdir.
Mosh bir yillik o’t o’simlik. Ildizi o’q ildiz bo’lib, yaxshi rivojlanadi.
Poyasi qirrali, chirmashib yoki yer bag’irlab o’sadi, bo’yi 15-120 sm, o’rtacha 30-60 sm, yaxshi shoxlanadi. Tupining shakli ko’pincha yoyik bo’ladi, bu hosilni mexanizmlar yordamida o’rib-yig’ib olishni qiyinlashtiradi.
Barglari uch qo’shaloq (uchtali), yirik, uzun bandli bo’ladi.
Gullari yirik, binafsha rang yoki sariq, to’pgulga ya’ni 10-20 guldan iborat ko’p gulli shingilga to’planadi. Gullarining bir qismi rivojlanmasdan qurib qoladi.
Mevasi naysimon, to’g’ri yoki egilgan, ingichka dukkak, tumshuqsiz, bo’yi 5-18 sm ga yetadi va 7-15 ta don tugadi. Yetilgan dukkaklari jigar rang, deyarli qora, osilib turadi, yetilganda chatnaydi. O’simlik butunlay tuk bilan qoplangan bo’ladi.
Urug’i mayda, oval, uchlari kesik yoki yumaloq, yashil, sariq, qo’ng’ir, qora rangda, yaltiroq yoki hol-hol bo’ladi. Ekiladigan navlarida 1000 dona vazni 50-80 g keladi.
O’zbekistonda moshning Kaxrabo, Narvuz, Pobeda 104, Radost navlari ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Moshning O’zbekistonda ekiladigan navlari
Pobeda 104. Butunittifoq o’simlikshunoslik institutining O’rta Osiyo tajriba stansiyasi (O’zbekiston o’simlikshunoslik instituti) ning seleksion navi. Butun ittifoq o’simlikshunoslik instituti kolleksiyasining Xitoy namunasidan tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualiflar: Papova G.M., Papova A.M, Vedenskaya A.M.
1948 yilda Respublika bo’yicha sug’oriladigan yerlarda Davlat reyestriga kiritilgan.
Navning bosh poyasi tik o’sadi bo’yi 30-50 sm., tupi yoyiq shaklda, guli yirik, sariq tillarang. Pishgan dukkagi jigarrangli uzunligi 10-15 sm., doni naysimon yirik, tiniq yashil. 1000 ta donining vazni 50-60 g. O’rtacha hosildorlik gektaridan 18,6 s ga teng. Nav tezpishar, 102 kunda pishadi. Ta’m sifati yaxshi, oqsil miqdori 23,3 %. Qishloq xo’jalik kasalliklari va xashoratlari bilan zararlanmaydi.
Radost. O’zekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining seleksion navi. Butunittifoq O’simliklshunoslik institutida ? 4730 x 224501 namunalari chatishtirish yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Saltas M.M, Bur?gina O.V, Shadiyeva M, Yusupov V, Kuchkarov X.
1984 yildan Respublika bo’yicha sug’oriladigan yerlarda Davlat reyestriga kiritilgan.
O’simlik yarim buta shaklda, bo’yi 60-70 sm. Guli yirik sariq, shingilda 6-8 ta gul bo’ladi. Dukkagi silindirsimon, siyrak tukli, 10-14 donli. Doni o’rtacha kattalikda, uzunchoq, silindirsimon, xira-yashil, silliq, yaltiroq, pallasi va kertimi oq. 1000 ta donining vazni 39,0-49,0 g. Navning ta’m sifati yaxshi: oqsil miqdori 24,0-27,0 %.
O’rtacha hosildorlik gektaridan 17,2 sentnerga teng. Nav tezpishar, 101 kunda pishada. Qishloq xo’jalik kasalliklari va xashoratlariga chidamliligi bilan tavsiflanadi.
Biologik xususiyatlari. Mosh issiqqa talabchan o’simlik bo’lib, urug’lari 10-120S da una boshlaydi. Moshning urug’lari 20-220S da 4-5 kunda unib chiqadi. Bahorgi sovuqlarga chidamsiz. Yosh maysalari ham katta voyaga yetgan o’simliklari -1-20S sovuqda halok bo’ladi. Loviyaga qaraganda qurg’oqchilikka chidamli.
Mosh yorug’likka talabchan o’simlik hisoblanadi. Namga bo’lgan talabiga qarab mezafit o’simliklar gruppasiga kiradi. Qurg’oqchil sharoitda o’sa olmaydi. O’suv davrining ikkinchi davrida gullashdan keyin namga talabchan. Agarda tuproqda nam miqdori 65 % dan kam bo’lsa, hosildorlik kamayib ketadi. Mosh biologik xususiyatlariga ko’ra tuproqqa nisbatan talabchan emas. Qora, bo’z, o’tloq, qumoq, soz, sal sho’rlangan tuproqlarda yaxshi o’sib rivojlanadi. O’tloqi bo’z tuproqlar O’zbekistonda mosh uchun eng yaxshi tuproq hisoblanadi. Mosh o’zi-o’zidan changlanuvchan o’simlik. O’suv davri 80-120 kun. Takroriy ekilgan paytida o’suv davri bahorgiga qaraganda 10-10 kunga qisqaradi.
Agrotexnikasi. Mosh o’zining biologik xususiyatlariga ko’ra ko’pgina o’simliklar uchun eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Mosh uchun qator oralari ishlanadigan o’simliklar va don ekinlari yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. O’zbekistonda moshni, asosan takroriy ekin sifatida yoki ang’izga (bug’doy, arpadan bo’shagan dalalarga) ekiladi. Mosh ang’izga ekiladigan bo’lsa, don ekinlari somoni olib ketilgandan so’ng darhol dalaga suv qo’yiladi.
Yer tobiga kelganda 20-22 sm chuqurlikda chizellanadi, borona bosiladi va mola qilinadi. Yerni yaxshilab tayyorlangandan keyin moshni ekishga kirishiladi. Ekish moslashtirilgan don seyalkasi SZT-3,6 sabzavot SON-2,8 yoki SPCh-6 makkajo’xori seyalkalarida keng qatorlab ekiladi. Moshni eng kechi bilan 15 iyulgacha ekib bo’lish kerak.
Ekish me’yori keng qatorlab ekilganda gektariga 20-25 kg, tor qatorlab ekilganda 35-40 kg.ni tashkil etadi. Mosh erta bahorda ekilganda ekish me’yori takroriy ekilganga qaraganda ko’p bo’ladi. Bunda gektariga 25-30 kg urug’ sarflanadi. Tuproqda nam yetarli bo’lgan paytida urug’lar 3-4 sm chuqurlikda, tuproq quruq va qumoq bo’lsa yoki yozda takroriy ekilsa, urug’lar 5-6 sm chuqurlikda tashlanadi.
Moshning maysalari unib chiqqandan keyin qator oralariga ishlanadi ya’ni birinchi uchtalik barglari hosil bo’lishi bilan qator oralariga ishlov beriladi. Bu bilan begona o’tlarni yo’qotib, mosh ildizlarini normal rivojlanishiga erishiladi. Mosh mineral o’g’itlarga nisbatan talabchan. Fosforli va azotli o’g’itlar 2 marta beriladi. Birinchi xaydov davri, ikkinchisi kultivasiya davrida solinadi. Gektariga 60 kg azotli va 60 kg fosforli o’g’it solinadi. Urug’ nitraginlangan bo’lsa 30 kg azotli va 60 kg fosforli o’g’itlar beriladi.
Mosh organik o’g’itlarga juda talabchan gektariga 10-12 tonna go’ng solinadi. Mineral o’g’itlar kuzgi shudgorlash oldidan RUM-3, RKM-500 o’g’it sochuvchi mashinalar yordamida solinadi. Sug’orish tuproqning mexanik tarkibi, suv singdirish qobiliyati va nam sig’imini hisobga olgan holda belgilanadi. Mexanik tarkibi og’ir tuproqli yerlarda gektariga 500-600 m3 qumoq tuproqli yerlarda esa 400-500 m3 hisobidan suv beriladi.
Moshning dukkaklari pishish davri unchalik cho’zilmaydi, eng avvalo pastki dukkaklari pishish poyaning pastki qismidagi barglari sarg’ayib to’kila boshlaydi. Moshning dukkaklari 70-75 % pishgandan keyin yig’ishtirib olish mumkin. To’liq pishish davri kutilsa o’rib olinayotganda pastki dukkaklar chatnab yorilib ketadi. Mosh o’rilgandan so’ng, xirmonda quritiladi, don kombaynda yanchiladi, don Os-3, OS mashinalarida tozalanadi, keyin don quritiladi. Namligi 14-15 % bo’lsada don maxsus ajratilgan omborlarda saqlanadi.



Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish