Ushbu multimediali elektron darslik mualliflari



Download 1,63 Mb.
bet47/49
Sana11.06.2022
Hajmi1,63 Mb.
#653528
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
DEHQONCHILIQ QILIB ZIROAT EKISH FOYDAYU XAYR

4.8. LOVIYA (FASOL).

Halq xo’jaligidagi ahamiyati. Fasol yoki rus loviyasi kadimgi o’simliklardan biri bo’lib, oziq-ovqat sifatida keng foydalaniladi. Fasol dukkaklilar ichida eng kaloriyali o’simliklardan hisoblanadi.


Masalan, bir kilogramm donida 3450 kaloriya bor. Xazm bo’lish darajasi ham yuqori. Kavkazorti respublikalarida loviyaning pishmagan xom dukkaklaridan konserva sanoatida turli xil masalliq sifatida ishlatiladi. Oq donli fasol urug’laridan un tayyorlanib bug’doy uniga qo’shilganida uning to’yimliligi va xazm bo’lishi ortadi. Fasol uni qo’shilgan unlardan tayyorlangan nonlar yosh bolalar uchun parxez mahsuloti hisoblanadi. Urug’i tarkibida 28-33 foiz oqsil bo’lib, yaxshi xazm bo’ladi. Bargidan limon kislota va bir qator medisina preparatlari olinadi.
30-rasm. Loviya. 1,2-o’simlikning ikkinchi uchtalik bargini xosil bo’lishi va gullash, meva xosil qilish fazalari; 3-uchtalik barg va gul; 4-dukkaklar; 5-urug’

Amerika kit’asi ochilgandan sung fasol Yevropaga ma’lum bo’ladi. 18 asrning oxiridan ekila boshlandi. Kavkazorti jumxuriyatlariga Old Osiyo mamlakattalridan o’tib keldi. Sobik ittifoqda asosiy fasol ekuvchi tumanlar Ukraina, Gurjiston va Moldova davlatlari hisoblanadi. Fasolning don hosildorligi gektariga o’rtacha 12,5 sentnerni tashkil qiladi. Uni asosan don olish uchun yetishtiriladi.


Botanik tuzilishi. Fasolning tabiatda 230 ta turi mavjud bo’lib, madaniy o’simlik sifatida 17 ta turi ekiladi. Fasolning 5 turi eng ahamiyatli hisoblanadi. 1) oddiy, 2) kulgili, 3) tepari, 4) lim, 5) mosh. Don olish uchun fasolni ikki turi ekiladi. Ya’ni oddiy fasol va mosh. Ildizi o’q ildiz bo’lib, asosiy qismi yerning xaydalgan qatlamiga joylashadi. Bir necha yil ekilib kelingan joylarda ildizlarida tuganak hosil qiladi, 1,5 m chuqurlikka kirib boradi.
Oddiy fasol (Phaseolus vigarus Savi)ning ilashuvchi va zich bo’lib o’suvchi turlari bor. Ko’pgulli fasol (Phaseolus multilorus wiled) chirmashib o’sadi, gullari ok, qizil tusda bo’lib, urug’lari yirik. 1000 dona urug’ning vazni 700-1200 g, keladi. Lim fasoli (phaseoeus lunatus L) oziq-ovqat uchun ishlatiladi, dukkaklari nisbatan mayda tez yoriladi. O’tkir bargli fasol-(Phaseolus acutifolius A) chirmashmay o’sadi. Urug’ va dukkagi yassi, urug’lari mayda-mayda, boshqa turlariga qaraganda qurg’oqchilikka chidamli. 1000 dona urug’ning vazni 100-120 g.
Fasol poyasi o’tsimon poya bo’lib, pastidan boshlab shoxlanadi, poyalarning shoxlanishi uning turiga bog’liq. Uning shoxlaydigan va shoxlamaydigan turi mavjud, umuman olganda shoxlash miqdori turlicha: yirik, zich joylashgan, turlarida bo’yining uzunligi 25-45 sm. Poyasining uzunligi jingalaklashgan turlarining bo’yi 50-75 sm va yarim o’raluvchan turlarining bo’yi 1,5 m, o’raluvchan turlari 2,5 m gacha bo’ladi. Urug’palla barglari yashil, pushti va binafsha rangli bo’ladi. Birinchi ikkitasining chin barglari yuraksimon, xaqiqiy barglari uchtalik. Gul to’plami barg qo’ltig’ida joylashgan, 2-8 donagacha bo’ladi, gullari nisbatan yirik, 14-27 mm uzunlikda oq pushti, binafsha va och siyoxrang bo’ladi.
Dukkaklarning ko’rinishi turli shakl va uzunlikda, shakli to’g’ri bukilgan, qilichsimon, o’roqsimon, tekis g’adir-budir bo’lishi mumkin. Ba’zi dukkaklarning ichidagi don o’rtasida yupqa to’siqlar mavjud, ba’zi turlarida esa to’siqcha bilinar bilinmas, oq, binafsha, ba’zan qora rangda bo’lishi mumkin. Urug’larning shakli va xajmiga qarab hamma turida ham urug’ choki har xil tusda ko’rinib turadi. Urug’larning shakli va xajmiga qarab hamma turida ham urug’ choki har xil tusda ko’rinib turadi, 1000 dona urug’ining xajmi yirik donlarda 450-750 g. O’rtacha yirik donlar vazni 110-150 g, keladi. Urug’larining shakli sharsimon, buyraksimon, rangi oq-qora, jigarrang va to’q qizil, nuqtali dog’lar bo’ladi.
Biologik xususiyati. Fasol issiqlikka talabchan o’simlik bo’lib, urug’lari 100S haroratda una boshlaydi. Lekin bu jarayon sekin kechadi. Harorat 12-130S bo’lganda unib chiqadi. Harorat 21-240S bo’lganda urug’lar tez unib chiqadi. O’simlikning qulay rivojlanishi uchun 25-270S darajadagi harorat lozim. Tuproqning iqlim sharoitlari va navlariga qarab fasol unib chikqandan pishguncha 1400-30000S harorat zarur. Dukkaklari to’lishguncha 650-7500S, pishib yetilguncha 150-2000S harorat zarur. Maysalari 1-20S past haroratda darhol nobud bo’ladi. Issiqqa talabi yuqori bo’lgani uchun fasolni barcha sovuqlar o’tib ketganiga ishonch hosil kilgandan keyingina ekish mumkin. Fasolning barcha turlari yorug’likka talabchandir.
O’simlik qaysi muddatda ekilmasin, barcha turlari namga talabchan urug’lari o’z birligiga nisbatan 105 % namni singdirsa, 60-80 % namlikda unib chiqadi. Tuproq quruq bo’lsa, ayniqsa gullagan paytida gullari va hosil bo’lgan dukkaklari to’kilib ketadi. Qolgan dukkaklari ham yetilmay qoladi. Gullash va dukkak hosil qilish davrida tuproqning namligi 65-75 foiz bo’lishi lozim. Eng pastki dukkaklari sarg’aya boshlagandan so’ng sug’orish to’xtatiladi. Yer osti suvlari yuqori, zich, soz tuproqlarda fasol yaxshi o’smaydi. Fasol tuproqni boyituvchi o’simlikdir. Undan bo’shagan yerlarda o’rtacha 40-50 kg sof holdagi azot qoladi va kelgusi yil o’simlik uchun ham azot va organik chiqindilar qoldirib ketadi. Bir tup o’simlikning ildizida 50-60 donagacha tuganak hosil bo’ladi. Sho’rlangan dalalarda tuganak bakteriyalarning faoliyati juda sust bo’ladi. Tuproqda nam ko’p bo’lib, havo faoliyati past bo’lsa, ko’pgina nihollar nobud bo’lib ketadi. Pishish vaqtida tuproqda namlik kam bo’lishi dukkaklarning pishish jarayonini tezlashtiradi. Fasolning navlari ertapishar navlar 75-93 kun va undan ko’proq vaqtda pishib yetiladi. Havo harorati qancha yuqori bo’lsa o’suv davri nisbatan qisqarib boradi.
Yetishtirish usuli. Barcha dukkaklilar kabi fasol uchun donli va qator orasi ishlanadigan ekinlar eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Birinchidan, bu o’simlik azot to’plab qoldiradi, ikkinchidan undan bo’shagan dalalar begona o’tlardan toza bo’ladi. Barcha o’simliklar kabi kuzgi shudgor qancha sifatli o’tkazilgan bo’lsa olinadigan hosildorligi shuncha yuqori bo’ladi. Kuzgi shudgor paytida, albatta dalaga gektariga 10-15 tonna go’ng, 40 kg sof holda fosforli o’g’it solinadi. Erta bahorda ekilganda namni saqlash uchun borona va mola qilinadi. Begona o’tlar miqdori oshib ketgan bo’lsa, kultivasiya qilish mumkin. Kuzda yerni PYa-6-35 pluglar bilan 28-30 sm chuqurlikda xaydaladi. Bahorda BDT-7 markali borona, PRXN kultivator bilan kultivasiya qilinadi.
Boshqa dukkaklilarga qaraganda bu o’simlik mineral va organik o’g’itlarga talabchan. Beriladigan o’g’itlarning ta’sir kuchi tuproqda nam yetarli bo’lgandagina sezilarli bo’ladi.
Fasol o’suv davrining boshlaridayok azotli o’g’itlarga talabchan bo’ladi, lekin azotli o’g’itlarni ko’plab berish uning rivojlanish davrini cho’zib yuboradi. Ildizlari tuproqda erimay qolgan fosforli birikmalarni o’zlashtirib olish qobilyatiga ega. Shuning uchun fosforli o’g’itlarni ko’p solishga xojat yo’q. Azotli o’g’itni gektariga 30-60 kg, fosforni 60-70 kg, kaliyni 30-40 kg miqdorda berish kerak.
Don olish maqsadida ekilganda 1 sinf urug’lari ekilishi lozim. Urug’ning tozaligi 99,5 %, unuvchanligi 95 % dan kam bo’lmasligi kerak. Urug’ning unuvchanligi yuqori sifatlisidan hamisha yuqori hosil olinadi. Shuning uchun urug’ sifatini belgilovchi belgilardan biri uning unuvchanligidir. Zararlangan, chirigan, bujmaygan, to’liq pishib yetilmagan rangi boshqa bo’lgan urug’lar ekilmaydi. Urug’ni ekishdan oldin albatta 80 % TMTD 80 % preparati bilan ishlanadi. Urug’lar nitragin bilan ishlansa, bu ishni ekishdan 1,5-2 oy oldin bajarish kerak. Aks holda TMTD preparati nitragin bakteriyalarini kuydirib yuboradi. Urug’larni nitraginlab ekish hosildorlikni oshirishga, ko’plab miqdorda azotli o’g’itlarni tejab kolishga va har gektar yerni 40-60 kg sof azot bilan boyitish imkonini beradi. Urug’larni nitraginlash ishlari quyosh nuri tik tushmagan soya joylarda bajarish lozim. Tuganak bakteriyachalar quyosh nurida halok bo’ladi.
Fasol urug’-palla barglarini tuproq ustiga ko’tarib chiqadi, keyin birinchi ikkitalik chin barglari hosil bo’ladi. Birinchi kultivasiya birinchi uchtalik chin barglari hosil bo’lgach 7 sm chuqurlikda o’tkaziladi, unib chikqanining 20-25 kunlari birinchi suv beriladi. Sug’orish me’yori gektariga 400-500m3 mavsum davomida tuproq iqlim sharoitlariga va turlariga qarab 3-5 marta suv beriladi. Maysalari odatda 2-3 marta kultivasiya qilinadi. Begona o’tlarga qarshi entam, msimozin gerbisidlarini qo’llash mumkin. Fasolning hamma turlari qatorlab ekiladi. Qator oralari 60 sm kenglikda bo’lganda tup soni yetarlicha bo’lib, hosildorlik yuqori bo’ladi. Masalan, mayda urug’li bo’lsa gektariga 70-80 kg, yirik urug’li bo’lib 100-150 kg dan urug’ sarflanadi. Mayda urug’li turlarini esa chigit yoki makkajo’xori seyalkalarida ekiladi. Takroriy yoki ang’izga ekilsa, ekish me’yori bahorda ekilgandagiga qaraganda kamroq bo’ladi. Past bo’yli, shoxlanmaydigan fasol turlarini ekish normasi ko’proq.
Fasol urug’larining 75 % pishgandan keyin yig’ishtirishga kirishiladi. Pishish boshlangandan keyin barglari tabiiy ravishda to’kila boshlaydi. Pishish davrini aniqlovchi elementlardan biri urug’ pishganligini aniq bildirmaydi, hosilni bir yoki ikki fazali qilib ORA-4 kombayni bilan yig’ishtiriladi. Agarda maxsus kombayn bo’lmasa SK-5, NIVA kombaynlari barabanlarining aylanishi kamaytirib don kiruvchi va chiqaruvchi zazorlarni kengaytirilib foydalaniladi. Aks holda fasol donlari maydalanib ketadi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish