Ingichka ichak
Ingichka ichak - odam va umurtqa li hayvonlar ichagining bir qismi; meʼda bilan yoʻgʻon ichak
oraligʻida joylashgan. Ingichka ichak hazm yoʻlining eng uzun qismi; u meʼdaning oxirgi chiqish
qismidan boshlanib, yoʻgʻon ichakning boshlangʻich qismigacha davom etadi; uz. 5–6 m. Ingichka
ichak oʻnikki barmoqichak, och ichak va yonbosh ichakdan iborat. Oʻn ikki barmoq ichak Ingichka
ichakning boshlangʻich qismi boʻlib, uz. 25—30 sm (taxminan 12 barmoq enicha), shakli taqaga
oʻxshash. Oʻn ikki barmoq ichakdan och ichak boshlanib, Ingichka ichakning 2/5 qismini tashkil
etadi. Och ichak yonbosh ichakka ulanib ketadi: u Ingichka ichakning 3/5 qismiga teng . Ingichka
ichakdevorlari seroz, seroz osti, muskul, shilliq parda osti va shillik, pardadan iborat. Shilliq parda
Ingichka ichakning eng ichki qavati boʻlib, burmalar hosil qilib joylashgan. Uning yuzasi juda koʻp
vor-sinkalar bilan qoplangan; vorsinkalarda limfa va qon tomirlar hamda nervlar bor. Ingichka
ichakning bu kavatida 4 mln. ga yaqin soʻrgʻichlar mavjud. Ovqat boʻtqasi meʼdadan oʻn ikki
barmoq ichakka oʻtgach, meʼda osti bezi shirasi, jigardan ajralgan oʻt va ichak shiralari bilan
aralashib shimilishga tayyor boʻladi va soʻrgʻichlar orqali qonga soʻriladi. Ingichka ichakning
hamma qismida ichak shirasi ishlab chiqaradigan bezlar boʻlib, ular ovqat parchalanishida muhim
rol oʻynaydi. Ingichka ichakning oʻn ikki barmoqichak qismi qorin devorining orqasida I— III bel
umurtqalari qarshisida joylashgan. Unga asosiy hazm bezlarining yoʻllari, jigar va oʻt pufagining
oʻt yoʻllari, meʼda osti bezining shira chiqarish yoʻli ochiladi. Och va yonbosh ichak boʻshligʻining
markaziy qismini egallaydi va bir tilay qovuzloqlar hosil qiladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ingichk
a_ichak&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Ingichka_ichak&oldid=180841
8
" dan olindi