nomus dog’in yuvar mayxonalarda…
To’rt fasl osilgan kulfat arshiga, go’yoki mudhish bir manzilga keldim. Kuygan kechalarning qaltis avjida chirqirab yig’laydi bir to’da yetim73. Shoir o’z davri, ijtimoiy muhit adolatsizliklaridan iztirob chekib haqiqat va adolat uchun kurashgan. O’z misralarida xalqning umumiy qiyofasini aks ettirishga harakat qilgan. Nomus dog’in yuvar mayxonalarda, Kuygan kechalarning qaltis avjida, chirqirab yig’laydi bir to’da yetim kabi misralardagi metaforik obrazlar orqali xalq qismatini qalamga oladi. Xalqning fojiaviy ahvolini yoritar ekan qiyinchilik va xo’rlikda azoblanayotgan insonlar kechinmalarini ifodalashga harakat qiladi. Yetim leksemasida xalq farzandi yetimlik azobida qiynalayotganlik semasi ifodalangan. Inson konsepti Shavkat Rahmon uchun birinchi navbatda xalq hayoti mashaqqati sifatida o’z aksini topgan.
Shavkat Rahmon 70-yillarda o’zbek she’riyatiga kirib kelib, o’ziga xos ohang va ma’no yo’nalishi bilan ko’pchilikning e’tiboriga tushdi. U juda kuchli irodaga ega edi. Uning birinchi to’plami “Rangin lahzalar” deb nomlanadi. Shoirning barcha to’plamlarida joy olgan she’rlaridan uning istedodini anglash qiyin emas.
Ma’lumki she’riyatda poetik obrazlar muayyan badiiy tamoyillarga asoslangan bo’ladi. Bular orasida eng muhim poetik obrazlargina asar ruhi bilan uzviy bog’liqlikda taraqqiy etadi. Metaforik obraz ham badiiy asarda so’zni o’z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, ya’ni ko’chma ma’noda qo’llanishiga asoslanadi. Ayrim hollarda bu ikki ma’no o’zaro o’xsashday tuyuladi. Quyida Shavkat Rahmon “Munojot” she’ridan olingan parchada ko’rishimiz mumkin:
Qirqta tar gulimni ayladim xarob, qirqta gul ko’zila ko’rdim dunyoni. Qirqta qora gul yotar moziyda, qirqta cherigini yo’qotgan bekman. Abadiy ayrildim qirqta g’oziydan boshimni toshlarga ursammi deyman.74 “O’zbek tilining izohli lug’ati”da gul so’zining beshta ma’nosi keltirilib, bu ma’nolar quyidagicha izohlanadi: urug’lik o’simliklarning urchishi uchun xizmat qiladigan gulbarg, changdan va gulkosadan iborat qismi(1); atirgul va umuman, ziynat uchun ekiladigan yoki o’zi o’sadigan gulli o’simliklar yoki chechaklar(2); biror narsaga tushirilgan bezak(3); ko’chma(poetik): gul-gul ochilgan go’zal(4); ko’chma:yaxshisi, sirasi guli bilan(5)75 Yuqoridagi she’r misrasida “gul” so’zi o’z ma’nosida qo’llanayotgani yo’q. “Qirqta tar gulimni ayladim xarob” deganda insonning o’tgan umri nazarda tutilmoqda. Baxtsiz xalqning chuqur va tuganmas iztiroblari qirqta gul ko’zi-la hayotga qarashga majbur etadi. Gul inson umrining eng baxtli onlarini ifodalovchi metaforadir. Istibdod changalida yotgan xalqning axvolini ko’rib shoirning ko’ngli to’lmaydi, dardi arimaydi. Shuning uchun ham qirqta gul ko’zi-la hayotga boqadi. Istibdod tufayli hatto o’sha qirqta gul ham nobud bo’ldi. Bu lirik qahramonning qirq bahori edi. Biz qirqta gulni yo’qotgan inson konseptini ko’rishimiz mumkin. Demak, metaforaning metaforik obrazga aylanishi uchun birgina ko’chim vazifasida kelishi kamlik qiladi. Istiora bir misradan ikkinchisiga o’taroq rivojlanib boradi va dastlabki ko’chimlik tabiati asosiga qurilgan yangi obrazlar shakllanadi. Natijada tugal metaforik obraz orqali iztirob chekayotgan lirik qahramon kayfiyati, uning ruhiy kechinmalari mufassalroq ifodalanadi.76 Shavkat Rahmon o’z she’rlarida inson konseptiga takror-takror murojaat etadi chunki shoir o’z davri muhiti haqida insonlarning dard-u iztoblari haqida yozar ekan o’zining ichki tuyg’ularini yashira olmaydi. “Kenglik sog’inchi” she’rida:
Armonim ulug’dir… quyoshim ulkan, o’lsam jasadimga yurtim to’ljak.