So’nggi zuryodimni zaharlar qullar,
so’nggi chechaklarim aynib so’lajak77.
Ushbu she’rda zuryodimni zaharlar, so’nggi chechaklarim aynib so’lajak metaforalari ishtirok etgan bo’lib, xalq dardi, xalq armoni, inson qismati o’z ifodasini topgan, shu bilan bir qatorda quyoshim ulkan deya orzulari va umidlarini ham nazardan chetga qoldirmaydi shoir.
Metaforalar orqali o’z she’riyatini mazmunini yanada boyitgan shoirning quyidagi she’rida inson konseptiga oid misollarni chuqur mazmunga egaligini “Kenglik sog’inchi” she’ridan olingan parchada ko’rishimiz mumkin:
Ey, beklar,
Zahar icho’zbeking qolib,
O’zgaga bo’ysunding,
o’lganing shuldir.
Shundanmi, boshida teridan qolip,
saksovul singari mayishgan bugun78.
Shundanmi, boshida teridan qolipxalqning manqurtligiga ishora sifatida ishlatilgan bo’lib, o’zgaga bo’ysungan xalqga murojaat etadi. Keying misrada insonlarni qomatini tik tuta olmayotgan, o’zgaga qulluq qilishga o’rganib qolgan, boshini tik tuta olmaydigan xalqni saksovul singari mayishgan metaforasi orqali ifodalaydi.
Kognitiv metaforalar implikatsiyani yuzaga keltiruvchi omillardan biri sifatida soʻz, soʻz birikmasi, jumla yoki matnda oʻz “izi”ni qoldiradi. Metafora asosida ma’nosi (mazmuni) koʻchgan birliklar “kognitiv aysberg” (Fakkonier iborasi) ning yuza qismi boʻlib, uning asosiy qismi bizning lisoniy ongimiz tubida yashirin holda mavjud boʻladi.79 Shavkat Rahmon ijodida ham inson konsepti turli metaforalar yordamida ochib berilgan bo’lib, asosan shoir o’z davri odamlari taqdriridan norozi bo’ladi va buni oshkor etadi.
Bir sahro…
Samoga tikilar banda…
er yuzli xotunlar…
xotun yuzli er.
O’zlikni o’stiray,
bormi mahzanda
xoinlar siydigi sachramagan yer80
Insonda olamdagi har bir voqelikka nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabat shakillangan. Har bir insonning olamda tutgan o’rni mavjud bo’lib, bunda ayol-ayollarga xos, erkak-erkaklarga xos sifatlari mavjud. Shu qatorda, shoir she’rlarida erkak kishining ayollarga xos bo’lgan va ayol kishining erkakalarga xos bo’lgan sifatga ega bo’lishi salbiy baholanadi. Er yuzli xotunlar, xotun yuzli er ushbu metaforalar orqali shoir insonlar orasida uchraydigan toifalarni yoritgan. Ya’ni o’zini kimligini unutgan va o’ziga xos bo’lmagan ishlarni qiladigan xoin insonlar semasi ilgari surilgan. er bo’l, er bo’lmasang qaro yer bo’l maqoli ham ma’lum va mashhur bo’lgan o’zbek lingvomadaniyatida erkak kishining xotinga o’xshatilishi kuchli salbiylikka ega.
“Blending nazariyasi” deb nomlanuvchi qarashni yaratgan olimlar – M.Terner va J.Fokone fikriga koʻra, kognitiv metaforalar murakkab dinamik va integratsion jarayonni namoyon etib, yangi – qorishiq mental maydonlar yaratilishiga sabab boʻluvchi hodisadir81.
O’zbek tilida metaforik ma’no nafaqat so’z yoki so’z birikmalari, balki gap va matnlar orqali ham ifodalanadi degan fikrlarni keltirib o’tgan D. Xudoyberganova o’z tadqiqotlarida. Metaforik vaziyatda bir fikr ikkinchi fikrga asoslangan bo’lib, bunday gaplar ikki semantik tuzilishga ega bo’ladi: tashqi mazmun va ichki mazmun. Shavkat Rahmon she’riyatida inson qadri o’sha davr tuzumidan ichki g’alyonlar ufurib turadi. Buni “G’o’za” she’rida ko’rishimiz mumkin.
Bir parixon
kabi so’zladim
Do'stlaringiz bilan baham: |