Universiteti jurnalistika fakulteti


II BOB. SHAVKAT RAHMON IJODIDA “INSON” KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI



Download 162,48 Kb.
bet6/25
Sana08.12.2022
Hajmi162,48 Kb.
#881311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Baxranova M. DISSERTATSIYA TAYYOR

II BOB. SHAVKAT RAHMON IJODIDA “INSON” KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
Til – madaniyat ko‘zgusi, deya bejiz aytilmaydi. Chunki bu til har bir xalqning ijtimoiy holatini, milliy dunyoqarashini, yashash tarzini, an’analari-yu milliy qadriyatlarini, odob-axloqlari, umumiy urf-odatlardan tortib oilaviy urf-odatlarigacha aks ettirib turadi. Bundan tashqari insonning nutqi uning kasbini,
yoshini, yashash hududini va o‘sha insonning qanday xarakterga ega ekanligini ochib beruvchi vosita ham hisoblanadi. Bu borada talaygina tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, nutqi tez insonlar kirishimli va ishonsa bo‘ladigan insonlar, baland ovozda so‘zlovchi insonlar esa o‘ziga ishongan bo‘lar ekanlar. Shuningdek, E.Sepirning ta’limotiga ko‘ra, til – ijtimoiy borliqni o‘rganishda yo‘l ko‘rsatib turuvchi vosita. 66


2.1. Shavkat Rahmon ijodida “Inson” konsepti bilan bog’liq metafora va oʻxshatishlar
Konsept tushunchasi juda keng qamrovli birlik boʻlib, uni turli jihatdan tahlil etishimiz mumkin boʻlsa-da, birinchi navbatda u madaniyat bilan bog’liq lingvokulturologik atama sifatida namoyon boʻladi. Uni ma’lum bir matn bilan, amaliy jihatdan tahlil qilar ekanmiz, istalgan badiiy matn ichida ma’lum bir konseptni uchratishimiz mumkin. Chunki badiiy matnning asosi hisoblanadigan, har qadamda uchratishimiz mumkin boʻlgan koʻchma ma’no aynan konsept bilan aloqadordir.
Konsept tilning ijtimoiy-madaniy sathiga tegishli kognitiv, shu bilan birga, lingvokulturologik birlik boʻlib uning lingvistik ifodasini o`rganishda badiiy matnlarning o`rni beqiyos. Durdona Xudayberganovaning “Matnning antroposentrik tadqiqi ”67 monografiyasida keltirib oʻtilgan kognitiv metaforalar tushunchasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish jarayonida badiiy matn, uning ajralmas tarkibiy qismi boʻlgan metaforalar, ularga kognitiv semantik yondashuv toʻg’risida ham qimmatli ma’lumotlar olishimiz mumkin. Tabiiy bir savol tug’iladi: badiiy matn, metafora yoki kognitiv metafora tushunchalarining konseptga qanday aloqasi bor? Rus olimi N.S.Valgina esa metaforalar biridan-biriga oʻtib boruvchi uch xil ma’nolar yig’indisidan iborat, deb hisoblaydi: 1) toʻg’ri ma’no – faktual axborotni ifodalaydigan ma’no; 2) koʻchma ma’no – konseptual axborotni ifodalaydigan ma’no; 3) qayta anglangan ma’no (ramz) – ichki axborotni ifodalaydigan ma’no; tagma’no68. Berilgan tasnifdan bilishimiz mumkinki, uch xil ma’no birlashmasidan bizga tanish boʻlgan metafora yuzaga keladi. Uning bir qismi boʻlgan koʻchma ma’no esa aynan konsept bilan aloqador. Ya’ni biz metafora deb hisoblashimiz mumkin boʻlgan tushunchaning oʻz va koʻchma ma’nolari mavjud. Uchinchisi – qayta anglangan ma’no pragmatik jihatdan e’tiborga olinadigan qism boʻlsa, koʻchma ma’noni konseptual jihatdan koʻrishimiz mumkin boʻlar ekan. Hozirgi vaqtda kognitiv metaforalar nazariyasi koʻplab sohalarga tadbiq etilgan boʻlib, bilish, tushunchani kategoriyalashtirish, konseptuallashtirish, baholash va olamni tushuntirishning samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Oʻtgan asrning soʻnggi choragida kognitiv tilshunoslikning taniqli vakili boʻlgan J.Lakoff hamda mashhur faylasuf M.Jonson tomonidan yaratilgan metaforalar toʻg’risidagi tadqiqot69 bu boradagi qarashlarning tub burilishiga sabab boʻldi. Mazkur tadqiqotchilar kognitiv (konseptual) metaforalar nazariyasiga asos solib, metaforalar faqat til hodisasi boʻlibgina qolmay, inson tafakkurining ham ajralmas qismi ekanligini chuqur yoritib berdilar. J.Lakoff va M.Jonson: “Metaforalar nafaqat kundalik hayot, nafaqat til, balki tafakkur va faoliyatimizga ham kirib boradi. Bizning kundalik tushunchaviy tizimimiz ham oʻz mohiyatiga koʻra metaforikdir”, – deb ta’kidlagan edilar70.
Kognitiv metaforalar nazariyasiga koʻra, metaforalashtirish asosida bilim tuzilmalari (freym va ssenariylar) oʻrtasidagi oʻzaro aloqa jarayoni yotadi. J.Lakoff hamda M.Jonson fikriga koʻra, verbal tuzilmada eksplitsit ifodalanmagan mazmun freymlar haqidagi bilimlar asosida keltirib chiqariladi71.
Hozirgi vaqtda kognitiv metaforalar nazariyasi koʻplab sohalarga tatbiq etilgan boʻlib, bilish, tushunchani kategoriyalashtirish, konseptuallashtirish, baholash va olamni tushuntirishning samarali usullaridan biri hisoblanadi. Kognitiv metaforalar haqidagi nazariyalarga asoslanib, bu hodisaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: kognitiv metafora – shaxs kognitiv faoliyatiga xos hodisa boʻlib, bir tushuncha yoki hukm haqidagi bilim tuzilmalari asosida ikkinchi tushuncha yoki hukmni konseptuallashtirishdir72.
Taniqli oʻzbek tilshunosi M.Mirtojiyev “Oʻzbek tili semasiologiyasi” nomli monografiyasida metafora xosila ma’no yuzaga kelishi hodisalarining eng faoli hisoblanadi. U tilshunoslikda qayd etilishicha hosila ma’no yuzaga kelishing hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari oʻzaro oʻxshash kelishiga asoslangan koʻrinishidir, bu izoh deyarli tilshunoslar tomonidan tan olingan deya ta’rif bergan.
Metaforalarning matn yaratilishidagi oʻrnini tadqiq etishda, avvalo metaforik ma’noli soʻz yoki jumlaning mikro matn referensiyasiga munosabatini oʻrganish lozimligini D. Xudoyberganova oʻz ishida metaforik ma’noli birlik matn tarkibida asosan quyidagi holatlarda voqe boʻladi deya uch holatni koʻrsatib oʻtadi:
1) tushuncha ifodasi sifatida;
2) vaziyat ifodasi sifatida;
3) vaziyatlar yig’indisi ifodasi sifatida;
Metafora tushunchani ifodasi sifatida kelganda matn tarkibida soʻz yoki soʻz birikmasi sifatida namoyon boʻlib, matnda qoʻllangan biror jumla tarkibidagi predmet belgi yoki harakat-holatning boshqa bir predmet belgi yoki harakat-holat bilan qiyosiy munosabatini ifodalaydi. Shavkat rahmonning “Girya” she’ridagi parchada bunga amin bo’lishimiz mumkin:
G’aflatda kulganlar,
ko’ksin kerganlar,
yorlarin zulmatga qo’yib berganlar,
farishta buvaklar kulin terganlar

Download 162,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish